Amonov Mahmud Idris o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tayyor unli mahsulotlarni kesish texnologik jarayonlarini o‘rganish va qurilmalarni takomillashtirish», 02.00.16 – Kimyo texnologiyasi va oziq-ovqat sanoati jarayonlari va apparatlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T1567.
Ilmiy rahbar: Barakaev Nusratilla Rajabovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Nasirova Shaira Narmuradovna, texnika fanlari doktori, professor; G‘afurov Karim Hakimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tayyor unli mahsulotlarni kesish texnologik qurilmasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tayyor unli mahsulotlarni sirpanib kesish pichoqli uskunalarida kesish natijasida material sarflarini 4-7% gacha pasaytirish, energetik xarajatlarini 3-5% ga tejash nazariy jihatdan isbotlangan;
tayyor unli mahsulotlarni yupqa plastinkasimon pichoqlar bilan kesish texnologik jarayonining solishtirma kesuvchanlik qobiliyati 3,8-5,210-3 sm2/Nsek va jarayon davomiyligi 3-6 sekundga teng bo‘lgan optimal parametrlar ishlab chiqilgan;
tayyor unli mahsulotlarni kesish texnologik jarayonining kirish omillari: kesish kuchlari, pichoq mikrogeometriyasi, kesuvchanlik qobiliyati, turg‘unligi ta’sir etuvchi chiqish omillariga: kesik sifati, aniqligi, energiya tejamkorligiga bog‘liqlik matematik modellari ishlab chiqilgan;
tayyor unli mahsulotlarni kesuvchi yupqa plastinkasimon pichoqning kinematik, geometrik va mikrogeometrik parametrlarining maqbul birikishi hisobiga sirpanib kesishning yuqori samaradorligini ta’minlash konsepsiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tayyor unli mahsulotlarni kesish texnologik jarayonlarini o‘rganish va qurilmalarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yuqori texnologik ishonchli yupqa plastinkasimon pichoqlar to‘plami bilan takomillashtirilgan kesish texnologiyasi “PASQUALE” MChJda ishlab chiqarishga tadbiq etilgan (“O‘zdon mahsulotlari” AKning 2022 yil 13 yanvardagi 10-1-11/352-sonli ma’lymotnomasi). Natijada, mahsulotlarni uzoq muddatda uzluksiz kesish jarayoni orqali ozik-ovkat maxsulotlarini yukori sifatli kesishga, kesuvchi asbobning turgunligi sezilarli darajada oshganligiga va yaroksiz maxsulotlar miqdori kamayishiga erishish imkonini bergan;
kesuvchi qirraning turli shakllanish rejimlarida plastinkasimon pichoqlar bilan yarimtayyor mahsulotlarini sirpanib kesish usuli “TANHO SHIRIN SERVIS” MChJda amaliyotga joriy etilgan (“O‘zdon mahsulotlari” AKning 2022 yil 13 yanvardagi 10-1-11/352-sonli ma’lymotnomasi). Natijada, tayyor mahsulotlarni yuqori darajadagi sifatini ta’minlash hamda xomashyoviy sarflarni kamaytirish imkonini bergan.