Xalimov Ravshan Djurabayevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pertes kasalligi bo‘lgan bolalarni tibbiy reabilitatsiyasi», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Tib1739.
Ilmiy rahbar: Djuraev Axrarbek Maxmutovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01
Rasmiy opponentlar: Asilova Saodat Ubayevna, tibbiyot fanlari doktori; Tilyakov Akbar Bo‘rievich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Navarro davlat universiteti (Ispaniya).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Pertes kasalligi bo‘lgan bolalarda tibbiy reabilitatsiya bosqichlarini takomillashtirish orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Pertes kasalligi bo‘lgan va faol reabilitatsiya usuli qo‘llanilgan asosiy gurux bemorlarida chanoq-son bo‘g‘imi tomirlarining qon aylanishi xolati, ya’ni dopplerografik oqim tezligi PSVning oshishi va rezistentlik indeksi Rining pasayishi ko‘rsatkichlari nazorat guruxiga nisbatan yuqori ekanligi xamda suyak boshchasi regeneratsiyasini faollashtirishi isbotlangan;
bolalarda Pertes kasalligini davolash va reabilitatsiya qilish imkonini beruvchi ortopedik moslama ishlab chiqilgan va uning biomexanik tekshiruvlar asosida chanoq-son bo‘g‘imiga tushadigan og‘irlikni 90%gacha kamaytirishi isbotlangan;
Pertes kasalligi bo‘lgan bemorlarda proksimal epifiz rivojlanishi rentgenologik va MSKT Mose sinamasi ko‘rsatkichlariga ko‘ra a’lo va yaxshi natijalarning asosiy guruxda (61,4%) nazorat guruxdan (31,7%) deyarli ikki barobar yaxshilanganligi isbotlangan;
Pertes kasalligi bo‘lgan va faol reabilitatsiya usuli qo‘llanilgan asosiy gurux bemorlarida qo‘llanilgan kompleks davolash va reabilitatsiya taktikasi asosida a’lo va yaxshi natijalarining 3,5 marta oshishi, qoniqarsiz natijalarning 5,1 marta kamayishi, shikastlangan son suyagining to‘liq funksional va anatomik tiklanishi an’anaviy usulga qaraganda 1.9 marta tezroq kechishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pertes kasalligi diagnostikasi va reabilitatsiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Pertes kasalligi bo‘lgan bolalarda reabilitatsiya taktikasini optimallashtirish maqsadida «Ortopedik moslama» foydali model`ga patent olingan (Intellektual mulk agentligining 2011 yil 28 iyunidagi patenti, FAP №00629). Olingan natijalar chanoq-son bo‘g‘imiga tushadigan og‘irlik kuchini kamaytirish imkonini bergan;
Pertes kasalligi bo‘lgan bolalarni kompleks reabilitatsion chora-tadbirlarini optimallashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Pertes kasalligi bo‘lgan bolalarni tibbiy reabilitatsiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 avgustdagi 8n-z/437-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar bemorlarni erta faollashtirish imkonini bergan;
Pertes kasalligi bo‘lgan bolalarda diagnostika, davolash va reabilitatsiya taktikasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan tadqiqotlar asosida «Pertes kasalligi bo‘lgan bolalarda diagnostika va davolash usuli hamda reabilitatsiyani optimallashtirish» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 28 avgustdagi 8n-z/437-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar taxlil qilinganda asosiy guruxda (61,4%) a’lo va yaxshi natijalar solishtirma guruxdan (31,7%) deyarli ikki barobar yaxshilash imkoni yaratilgan;
Pertes kasalligini tashxislash va tibbiy reabilitatsiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika bolalar ftiziatriya va tayanch-harakat tizimi kasalliklarini reabilitatsiya qilish markazi, Buxoro viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi amaliyotiga tadbiq qilingan (Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy tibbiyot markazi Ekspert kengashining 2023 yil 27 fevraldagi 03/1-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tatbiq etish patologik jarayonning bosqichiga qarab, Legga-Kal`ve-Pertes kasalligini tashxislash va reabilitatsiya qilish natijalarini 51,6 % yaxshilashga imkon bergan., bemorlar hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.