Sattorov Shahzod Yarashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): Madaniy meros ob’ektlari davlat kadastrining geoaxborot bazasini shakllantirish uslubini takomillashtirish (Buxoro viloyati misolida), 06.01.10 – “Er tuzish, kadastr va er monitoringi”  (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2022.3.PhD/T2990
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: 
texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent Hamidov Fayzullo Ramazonovich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy Kengash,
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Safarov Eshkabul Yuldashovich, texnika fanlari nomzodi, professor Jo‘raqulov Doniyor Ochilovich.
Yetakchi tashkilot - Farg‘ona politexnika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi madaniy meros ob’ektlari davlat kadastrining geoma’lumotlar bazasini shakllantirish usulini GAT dasturlari asosida takomillashtirish, uch o‘lchamli modelini qurish va ularni geoportalda vizuallashtirish orqali virtual turini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
madaniy meros ob’ektlari davlat kadastrining geoma’lumotlar bazasini shakllantirish usuli dasturlash qoidalarini inobatga olgan holda takomillashtirilgan; 
madaniy meros ob’ektlari davlat kadastrini yuritishda insta360 qurilmasi asosida ob’ektlarni marshrutli s’yomka qilish uslubini takomillashtirilgan va virtual turi ishlab chiqilgan;
Sketch Up dasturi yordamida madaniy meros ob’ektlarining uch o‘lchamli modelini yaratish usuli takomillashtirilgan;
java Script ko‘p paradigmali dasturlash tili asosida atributiv ma’lumotlarni shakllantirish usulini inobatga olib madaniy meros ob’ektlari davlat kadastrining onlayn geoportali ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Madaniy meros ob’ektlari davlat kadastrining geografik axborot bazasini shakllantirish uslubini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
madaniy meros ob’ektlari uchun geoma’lumotlar bazasini shakllantirish usuli O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan. (Madaniy meros agentligining 2022 yil 29 sentyabrdagi 04-09/3071-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, madaniy meros ob’ektlarining mavzuli qatlamlarini shakllantirish, atributiv ma’lumotlar jadvallarini talab darajasida to‘ldirish va maxsus qisqartmalar yordamida mavzuli qatlamlarni axborot almashinuvi uchun integratsiya qilish imkoniyati yaratilgan; 
madaniy meros ob’ektlarini virtual turi va madaniy meros ob’ektlarining uch o‘lchamli modeli O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan. (Madaniy meros agentligining 2022 yil 29 sentyabrdagi 04-09/3071-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, madaniy meros ob’ektlarini marshrutli s’yomka qilish va ularga teksturalar berish orqali uch o‘lchamli model` bilan virtual turni integratsiya qilish imkoniyati yaratilgan; 
madaniy meros ob’ektlarini geovizuallashtiruvchi geoportal O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi amaliyotiga joriy etilgan. (Madaniy meros agentligining 2022 yil 29 sentyabrdagi 04-09/3071-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, geoportal orqali masofadan turib madaniy meros ob’ektlari bilan tanishish, ichki va tashqi turizm sohasini rivojlantirish yo‘lga qo‘yilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish