Irgashev Dilmurod Begmurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bog‘ qator oralariga ishlov beradigan plug-yumshatkichning parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3349 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02. 
Rasmiy opponentlar: Musurmonov Azzam Turdiyevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Toshtemirov Sanjar Jumaniyozivich, texnika fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bog‘ qator oralariga ag‘dargichsiz ishlov beradigan plug-yumshatkichning agrotexnika talablari darajasidagi ish sifatini kam energiya sarflagan holda ta’minlaydigan konstruksiyasi va parametrlarini asoslashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
 bog‘ qator oraliga ag‘dargichsiz asosiy ishlov beradigan yuqori va pastki bog‘ qator oraliga ag‘dargichsiz asosiy ishlov beradigan yuqori va pastki yumshatkichli qiya ustunli ishchi organlar bilan jihozlangan plug-yumshatkichning konstruksiyasi talablar darajasida tuproqni yumshatilishi va egat tubida kichik balandlikdagi o‘rkachlar hosil bo‘lishini ta’minlanishini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
plug-yumshatkichning ishchi organlari orasidagi ko‘ndalang va bo‘ylama masofalar keyingi ishchi organ iskanasi bilan deformatsiyalangan palaxsaning siljish tekisligi oldingi ishchi organning konstruktiv elementlariga yetib bormasligi shartidan aniqlangan;
qiya ustunli ishchi organ yuqori yumshatkichining qamrash kengligi va ishlov berish chuqurligi bog‘ qator oralari tuprog‘iga ishlov berishda kam energiya sarflagan holda tuproqni talab darajasida uvalanishini hisobga olgan holda aniqlangan;
qiya ustunli ishchi organ pastki yumshatkichining qamrash kengligi va uvalash burchagi tuproqni uvalanishi va egat tubidagi o‘rkachlar balandligini talab darajasida bo‘lishini hisobga olgan holda asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Bog‘ qator oralariga ishlov beradigan plug-yumshatkichning konstruktiv sxemasi va parametrlarini asoslash bo’yicha olingan natijalar asosida: 
bog‘ qator oralariga ag‘dargichsiz ishlov beradigan plug-yumshatkichga dastlabki talablar va texnik topshiriq tasdiqlangan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2022-yil 5-iyul № 07/35-04/4477 son ma’lumotnomasi). Natijada, bog‘ qator oralariga agrotexnik talablar darajasida ag‘dargichsiz ishlov berishni amalga oshiradigan ish sifati yuqori plug-yumshatkichning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan; 
bog‘ qator oralariga ag‘dargichsiz ishlov berish uchun ishlab chiqilgan plug-yumshatkich Qashqadaryo viloyati Qarshi va Kitob tumanlari fermer xo’jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2022-yil 5-iyul № 07/35-04/4477 son ma’lumotnomasi). Natijada bog‘ qatorlari oralariga ishlov berishda yonilg‘i sarfi 1,18 martaga va foydalanishdagi xarajatlar 23,7 foizga kamaygan;
bog‘ qator oralariga ag‘dargichsiz ishlov beradigan plug-yumshatkichni ishlab chiqarishni o’zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq, texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo’jaligi vazirligining 2022-yil 5-iyul № 07/35-04/4477 son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bog‘ qator oralariga ag‘dargichsiz ishlov beradigan plug-yumshatkichning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish