Abdiev Zafarali Toshtemirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqxonalarda tomatdosh sabzavotlarni gidroponika usulda etishtirish texnologiyasini takomillashtirish”, 06.01.06 – Sabzavotchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Qx375.
Ilmiy rahbar: Asatov Shuxrat Ismatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx. 13.04.
Rasmiy opponentlar: Sanaev Sobir Toxirovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xoshimho‘jaev Begzod Muzaffarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tomatdosh sabzavotlarni gidroponika issiqxona-larida yuqori hosilli, kasalliklarga chidamli nav va duragaylarini ajratish, etishtirishda oziqali eritmalarni qo‘llash muddatlari shuningdek, istiqbolli substratlarni aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor gidroponika sharoitida shirin qalampirni sinalgan duragaylari ichida Orion F1, Klavdio F1 duragaylariga nisbatan ertapishar (7 kun) va hosil berish davomiyligi uzoq bo‘lgan (17 kun) Flamingo F1 duragayi ajralib chiqqan va achchiq qalampirni ertapishar (5 kun) hamda hosil berish davomiyligi uzoq bo‘lgan (13 kun) Shakira F1 duragayi Tillarang naviga nisbatan yuqoriligi aniqlangan;
shirin qalampirni Flamingo F1, Reyna F1 va Orion F1 duragaylari, achchiq qalampirni esa Shakira F1 duragayi gidroponika sharoitda kasalliklarga chidamli ekanligi aniqlangan;
pomidorni yuqori hosilli Dafnis F1, Torri F1 va Pink Paradaes F1 duragaylari (19,4-20,7 kg/m2) aniqlangan va tovarbop hosil ulushi esa 
93,6-93,9 % bo‘lib, nazoratga nisbatan 5-13 % yuqori ekanligi aniqlangan;
pomidorni kakos qipig‘i – 18,8 kg/m2, yog‘och qinidisi bilan go‘ng aralashmasi – 17,6 kg/m2 va mineral vata – 18,4 kg/m2 bo‘lgan substratlarda o‘sgan o‘simligi poyasi kuchli, tovarbop hosili eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan va rentabelligi nazoratga nisbatan (go‘ng va yog‘och qirindisi – 13,2 %, mineral vata – 10,9 %) yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gidroponikali issiqxonalar sharoitida tomatdosh sabzavotlarni etishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
pomidorni gidroponika issiqxonalari uchun istiqbolli Dafnis F1, Torri F1 va Pink Paradaes F1 duragaylarini etishtirish ishlanmasi Toshkent viloyati Bekobod tumani “Elyor Baxtiyor Ishonch” MChJda 2015-2017 yillar davomida umumiy maydoni 0,20 ga bo‘lgan gidroponika issiqxonasida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26 iyundagi 02/029-1885 son ma’lumotnomasi). Natijada har bir kvadrat metrdan 22-23 kg dan sifatli hosil olinib, tavsiya etilgan texnologiya asosida boshqa duragaylarga nisbatan 23% yuqori natijaga erishgan;
pomidor va qalampir turlarini maqbul substratda (kakos qipig‘i) etishtirish ishlanmasi 2016-2019 yillar davomida Sirdaryo viloyati Shirin shahar “Shirin Agro Nur” MChJda umumiy maydoni 1,0 ga bo‘lgan gidroponika issiqxonada joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26 iyundagi 02/029-1885 son ma’lumotnomasi). Natijada har bir kvadrat metrdan 18-20 kg dan sifatli hosil olinib, tavsiya etilgan texnologiya asosida boshqa substratlarga nisbatan 22% yuqori natijani tashkil etgan;
pomidorni istiqbolli Dafnis F1, va Torri F1 duragaylarini 2016-2019 yillar davomida Qoraqlopog‘iston Respublikasi Beruniy tumani “Kashfiyotchi yoshlar” xususiy korxonasining 2,0 ga maydondagi gidroponika issiqxonasida joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26 iyundagi 02/029-1885 son ma’lumotnomasi). Natijada har bir kvadrat metrdan 23-24 kg dan sifatli hosil olinib, tavsiya etilgan duragaylarni etishtirish asosida Lesli F1, Jalila F1, Lamiya F1 duragaylarga nisbatan 20% hosildorlik ortganligi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish