Tursunov Kobul Beknazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Investisiyaviy salohiyatni oshirishda marketing strategiyalarini qo‘llash (Navoiy viloyati misolida)”, 08.00.11 – Marketing (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Iqt2624.
Ilmiy rahbar: Eshov Mansur Po‘latovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Ergashxodjayeva Shaxnoza Djasurovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Alijon Hojimamatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi marketing strategiyalarini maqsadli qo‘llagan holda hudud investisiyaviy salohiyatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy hokimiyat, iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy soha obyektlari hamkorligiga ko‘ra aholi, raqobat muhiti va tashqi investorlarda shakllangan obrazga yo‘naltirilgan “Navoiy” brend marketing arxitekturasi asoslangan;
mintaqani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishni prognozlashtirish yondashuvi hudud brend marketing arxitekturasini e’tiborga olgan holda takomillashtirilib, Navoiy viloyatiga jalb qilinadigan investisiyalar hajmining 2026-yilgacha bo‘lgan prognoz paramertlari asoslangan;
Navoiy erkin iqtisodiy zonasini tashkiliy-iqtisodiy jihatdan samarali boshqaruvini amalga oshirishda viloyat xokimligi qoshida "hududiy brendni boshqarish direksiyasi"ni tashkil qilish taklif etilgan;
erkin iqtisodiy zonaning xudud iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini oshirish, zona rezidenti maqomiga ega tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq-bojxona imtiyozlarini berishni e’tiborga olgan holda EIZ samaradorligini baholash yondashuvi rejalashtirilgan tadbir ijrosiga ko‘ra 5 balllik tizim asosida 90% dan yuqori bo‘lganda, 4 ball - 70% dan 90% gacha, 3 ball - 50% dan 70% gacha, 2 ball - 35% dan 50% gacha hamda 1 ball - 35% gacha baholash bo‘yicha takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Investisiyaviy salohiyatdan foydalanishda marketing strategiyalarini qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy takliflar hamda amaliy tavsiyalar asosida:
mahalliy hokimiyat, iqtisodiyotning real sektori va ijtimoiy soha obyektlari hamkorligiga ko‘ra axoli, raqobat muhiti va tashqi investorlarda shakllangan obrazga yo‘naltirilgan “Navoiy” brend marketing arxitekturasi asoslangan holda tashkiliy-iqtisodiy jihatdan viloyat xokimligi qoshida “hududiy brendni boshqarish direksiyasi”ni tashkil qilish bo‘yicha taklif Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Navoiy viloyatining 2023-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 02/21-3/10-7009-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy qilinishi viloyatda sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarni istiqbollari hamda hududlarning “o‘sish nuqtalari”ni belgilashning aniqlik darajasini oshirishga hamda ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni aniqlashga muayyan darajada xizmat qilgan;
hudud brend marketing arxitekturasini e’tiborga olgan holda mintaqani iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirishni prognozlashtirishning takomillashtirilgan yondashuvi va viloyatga jalb qilinadigan investisiyalar hajmining 2026-yilgacha bo‘lgan prognoz paramertlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-apreldagi 217-son “2022-2026-yillarda Navoiy viloyati hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan “2022-2026-yillarda Navoiy viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar parametrlari” hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kamba-g‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari”ni tayyorlashda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 02/21-3/10-7009-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar mintaqani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni prognolashtirish uslubiyotiga brend nuqtai-nazaridan aholi, raqobat muhiti va tashqi investorlarda shakllangan obrazga yo‘naltirilgan yondashuvni singdirish asosida mintaqada ishlab chiqarish hajmi, investision loyihalar soni va hajmini yanada oshirishga xizmat qilgan (14566 mln AQSH dollari miqdorida jami 3306 ta investision loyihalarni ishga tushurish ko‘zda tutilgan);
Navoiy erkin iqtisodiy zonasini tashkiliy-iqtisodiy jihatdan samarali boshqaruvini amalga oshirishda viloyat xokimligi qoshida "hududiy brendni boshqarish direksiyasi"ni tashkil qilish taklifi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Navoiy viloyatining 2023-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” va boshqa hududiy dasturlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 02/21-3/10-7009-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif erkin iqtisodiy zonani samarali boshqaruvga ko‘ra 2021-yilda sanoat tarmoqlariga yo‘naltirilgan investisiyalar hajmining 11,9 foizga oshishiga, sanoat sohasida 2,0 trln. so‘mlik 229 ta loyihaning ishga tushirilishiga va 4 867 ta ish o‘rinlarining yaratilishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
erkin iqtisodiy zonalar samaradorligini baholash yondashuvi rejalashti-rilgan tadbir ijrosiga ko‘ra 5 balllik tizim asosida 90% dan yuqori bo‘lganda, 4 ball - 70% dan 90% gacha, 3 ball - 50% dan 70% gacha, 2 ball - 35% dan 50% gacha hamda 1 ball - 35% gacha baholash bo‘yicha takomillashtirilgan yondashuv Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan “Navoiy viloyatining 2023-yilga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022-yil 22-dekabrdagi 02/21-3/10-7009-son ma’lumotnomasi). Erkin iqtisodiy zonalar faoliyati samaradorligini baxolash bo‘yicha uslubiy yondashuvdan foydalanish asosida Navoiy EIZning 2022-yildagi investision salohiyati 15,6 foizga va jalb etilgan investisiyalar 6,8 foizga oshgan.