Xusanov Ulug‘bek Nishonovichning
fan doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Telekommunikatsiya tizimida moliyaviy hisobot auditini takomillashtirish», 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2. PhD/Iqt1016. 
Ilmiy rahbar: Xamdamov Bahrom Qosimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi DSc.09/31.08.2022.I.151.01.
Rasmiy opponentlar: Xasanov Baxodir Akramovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Axmedjanov Karimjon Bakijanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi telekommunikatsiya tizimi korxonalarida moliyaviy hisobot auditi jarayonlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy hisobot auditida qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini tekshirish asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati qonuniyligini baholash tartibi ishlab chiqilgan;
moliyaviy hisobotga firibgarlik va xatolar ta’siri oqibatlarini ko‘rib chiqish yuli bilan moliyaviy hisobotda buzib ko‘rsatish holatlarini aniqlash uslubiyati takomillashtirilgan; 
maxsus masala(savol)ni auditorlik tekshirish tartibi va uning natijalari bo‘yicha auditorlik hisobotini takomillashtirish orqali moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli axborot bilan ta’minlash yo‘nalishlari asoslangan;
korxonada moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyin amalga oshirilgan muomilalarni o‘rganish amallarini qo‘llash asosida moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi muomilalar auditini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Telekommunikatsiya tizimida moliyaviy hisobot auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maxsus masala(savol)ni auditorlik o‘rganish tartibi va uning natijalari bo‘yicha auditorlik hisobotini takomillashtirish orqali moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli axborot bilan ta’minlash bo‘yicha takliflari “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan tashqi va ichki auditorlik tekshiruvlarida qo‘llash uchun tavsiya etilgan “Radioaloqa, radioeshittirish va televidenie markazi” davlat unitar korxonasi 2022 yil 17 noyabrdagi 03-34/1271-son ma’lumotnomasi). Natijada, maxsus masala(savol)ni o‘rganishda bajariladigan auditorlik amallari aniqlashtirilib, maxsus masala(savol)ni o‘rganish natijalari bo‘yicha auditorlik hisobotini shakllantirish orqali soliq solish ob’ektlari va bazasi aniqlashtirilgan 2020-2021yillar davomida 560 mln. so‘mdan ortiqcha to‘langan soliq summasi qaytarilgan;
moliyaviy hisobot auditida qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishini o‘rganish asosida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyati qonuniyligini baholash tartibi bo‘yicha taklifi telekommunikatsiya tizimi korxonalari faoliyatida normativ-huquqiy hujjatlar me’yorlariga rioya etilishi va ular faoliyati qonuniyligini baholashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 29 noyabrdagi 33-8/8127-son ma’lumotnomasi). Natijada, auditorlik tekshiruvida telekommunikatsiya tizimi sub’ektning qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etish holatini o‘rganish tartibi takomillashtirilib, qonun va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar buzilish holatlari 2 baravar kamayishiga erishilgan;
moliyaviy hisobotga firibgarlik va xatolar ta’siri oqibatlarini o‘rganish orqali moliyaviy hisobotda buzib ko‘rsatish holatlarini aniqlash uslubiyatini takomillashtirish bo‘yicha taklifi auditorlik tekshiruvlari jarayonida firibgarlik va xatolar oqibatlarini baholash va moliyaviy hisobotda buzib ko‘rsatish holatlarini o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 29 noyabrdagi 33-8/8127-son ma’lumotnomasi). Natijada, amaliyotga joriy etilishi moliyaviy hisobot auditida firibgarlik va xatolar ta’sirini aniqlash hamda uni oldini olish yoki kamaytirishda auditor majburiyatlarini aniqlashtirish natijasida moliyaviy hisobotda buzib ko‘rsatishlar bo‘yicha auditorlik riskini kamaytirish hamda tovar moddiy boyliklardan maqsadli foydalanish imkonini bergan;
korxonada moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyin amalga oshirilgan muomilalarni o‘rganish amallarini qo‘llash asosida moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi muomalalar auditini takomillashtirish bo‘yicha taklifi auditorlik tekshiruvlarida moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyin amalga oshirilgan muomalalarni o‘rganish amallarini aniqlashtirish va tekshirilayotgan moliyaviy hisobotga moliyaviy hisobot tuzilgan sanadan keyingi muomalalarni ta’siri natijalarini baholashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2022 yil 29 noyabrdagi 33-8/8127-son ma’lumotnomasi). Natijada, majburiy audit yakunida o‘rganilayotgan hisobot davri tugagan va auditorlik xulosasi imzolanadigan sanagacha yoki xulosa rasmiylashtirilgandan keyingi davrda amalga oshirilgan muomilalar to‘g‘risidagi moliyaviy hisobot axborotlari ishonchligini baholash tartibi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish