G‘aniev Muxamadjon Xalilovichning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion iqtisodiyotning shakllanish sharoitida aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishlari», 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.DSc/Iqt139. 
Ilmiy rahbar: Vaxabov Abduraxim Vasikovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Umurzakov Baxodir Xamidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Murodova Nodira Kullievna iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“kambag‘allik”, “kambag‘allik tuzog‘i” iqtisodiy kategoriyasining mohiyatini ochib berishda aholi daromadlari bilan mamlakatdagi ta’lim sifati, ishlab chiqarish infratuzilmalari, ekologik va siyosiy beqarorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda yondashish zarurligi asoslangan;
kambag‘allik darajasini qisqartirish mexanizmi ishchi kuchini takror hosil qilish nuqtai-nazaridan yondashish asosida ishlashni hohlagan ishsizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asosiy kapitalni harid qilishda davlat tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha subsidiya berish tizimini ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan; 
aholi farovonligini oshirishga erishishda har bir hududdagi “yetakchi” tadbirkorlik sub’ektlariga “og‘ir” mahallalarda kasanachilikni rivojlantirish va mahallalarni ixtisoslashtirish uchun uch yildan besh yilgacha, Markaziy bank asosiy stavkasining 75 foizidan oshmagan va bazaviy hisoblash miqdorining kamida 5000 baravarigacha miqdorda kredit ajratishning maqsadga muvofiqligi kreditlar kooperatsiyasi yondashuviga ko‘ra nazariy jihatdan asoslangan;
mamlakatda kam ta’minlangan xotin-qizlar faolligini oshirishga ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar va gender tengligi o‘rtasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda yondashish asosida “Ayollar daftari”ga kiritilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlarga ijara va asbob-uskuna uchun xarajatlarning 50 foizini davlat tomonidan qoplab berish orqali erishish taklifi ishlab chiqilgan;
mamlakatda aholining farovonlik darajasi bilan kam ta’minlanganlar soni, jon boshiga yalpi ichki (hududiy) mahsulot va yalpi daromad hajmi hamda bitiruvchilarning oliy ta’limga qamrovi darajasi o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda 2030 yilgacha bo‘lgan davrda kambag‘allikni qisqartirishning ko‘p omilli prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida aholi farovonligini oshirish va kambag‘allikni qisqartirishning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy va amaliy takliflar asosida: 
“kambag‘allik”, “kambag‘allik tuzog‘i” iqtisodiy kategoriyalari mohiyatini ochib berishda aholi daromadlari bilan mamlakatdagi ta’lim sifati, ishlab chiqarish infratuzilmalari, ekologik va siyosiy beqarorlik o‘rtasidagi bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda yondashish zarurligi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan «Mehnatni tahlil qilish va mehnat bozori monitoringni tashkil qilish dasturi»ning 4-bandiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 5 maydagi 01/00-03/09-4243-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi mamlakatda “kam ta’minlanganlik”, “kambag‘allik”, “qashshoqlik”, “kambag‘allik tuzog‘i” kategoriyalarining ilmiy-uslubiy jihatlarini to‘liq ochib berish va shu asosda sohada tegishli me’yoriy-huquqiy xujjatlarni samarali yuritish, ishsiz yoshlar va ayollarni faol dasturlar asosida manzilli ijtimoiy himoya qilish orqali oila daromadlarini oshirishga imkon bergan;
kambag‘allik darajasini qisqartirish mexanizmini ishlashni hohlagan ishsizlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun zarur bo‘lgan asosiy kapitalni harid qilishda davlat tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha subsidiya berish orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 3 dekabrdagi PF-31-son “Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchilari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori 3-ilovasi 8-bandining “Tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan «Temir daftar», «Ayollar daftari» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar ajratish” qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 5 maydagi 01/00-03/09-4243-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi respublikada ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlashga va ularning kambag‘allikka tushib qolishining oldini olishga xizmat qilgan;
aholi farovonligini oshirishga erishishda har bir hududdagi “yetakchi” tadbirkorlik sub’ektlariga “og‘ir” mahallalarda kasanachilikni rivojlantirish va mahallalarni ixtisoslashtirish uchun kreditlar kooperatsiyasi yondashuviga ko‘ra, uch yildan besh yilgacha, Markaziy bank asosiy stavkasining 75 foizidan oshmagan va bazaviy hisoblash miqdorining kamida 5000 baravarigacha miqdorda kredit ajratish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 avgustdagi 504-son “Hududlarda «mahallabay» ishlash asosida oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining doimiy daromad manbalarini ko‘paytirish orqali kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 4-bandiga “Tijorat banklari tomonidan kreditlar kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun «og‘ir» mahallalarga biriktirilgan «yetakchi» tadbirkorlik sub’ektlariga 3 yil muddatgacha yillik 10 foiz stavkada bitta mahalla uchun 2 milliard so‘mgacha miqdorda ajratiladi” deb kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 5 maydagi 01/00-03/09-4243-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi rivojlanishda orqada qolayotgan hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo‘lgan mahallalarda aholi bandligini ta’minlash orqali ularning daromad manbaini yaratish va farovonligini oshirishga erishiladi; 
mamlakatda kam ta’minlangan xotin-qizlar faolligini oshirishga “Ayollar daftari”ga kiritilib, tadbirkorlik faoliyatini boshlaganlarga ijara va asbob-uskuna uchun xarajatlarning 50 foizini davlat tomonidan qoplab berish orqali erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 oktabrdagi PF-596-son “Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining a) bandining “Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan tadbirkorlik sub’ektlariga “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoki “Ijtimoiy himoya yagona reestri”da bo‘lgan va kasanachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolarga asbob-uskuna xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratish belgilangan” qismiga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2022 yil 5 maydagi 01/00-03/09-4243-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotda qo‘llash kambag‘allik holatiga tushgan ayollar va yoshlarni kambag‘allikdan chiqarish va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga asos yaratgan;
mamlakatda aholining farovonlik darajasi bilan aholi va ular tarkibida kam ta’minlangan soni, jon boshiga yalpi ichki (hududiy) mahsulot va yalpi daromad hajmi hamda bitiruvchilarning oliy ta’limga qamrovi darajasi o‘rtasidagi korrelyasion-regression bog‘liqlikdan kelib chiqqan holda 2030 yilgacha bo‘lgan davr uchun ishlab chiqilgan kambag‘allikni qisqartirishning ko‘p omilli prognoz parametrlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 iyuldagi PF-175-son “O‘zbekiston Respublikasi aholisini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmonining 2-ilovasi 1-bandining maqsadli ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2022 yil 10 sentabrdagi 06/30-1/10-725-son ma’lumotnomasi). Ushbu maqsadli prognoz parametrlari mamlakatda kambag‘allik darajasini qisqartirishda budjet mablag‘laridan samarali foydalanishga asos bo‘lib xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish