Baltashov Sultaniyaz Farxadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi qishloq xo‘jaligi misolida), 08.00.04 – Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Iqt1876.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Timur Uzakbergenovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Ubaydullaev Kayrulla, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xojaniyazov Polat Mnajatdinovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasini baholashni har bir turdagi mahsulot bo‘yicha ta’minlanish o‘rtacha koeffisientiga asoslangan holda tumanlarni yashil (Uk>1), ko‘k (0,9<Uk<1), sariq (0,65<Uk<0,9) va qizil (0<Uk<0,65) hududlarga ajratish orqali takomillashtirilgan;
hududlararo agrologistik markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, infratuzilmani yaratish, oziq-ovqat tovarlari sifati va narxlar barqarorligini saqlash hamda eksport hajmini oshirish taklifi asoslangan;
dehqon xo‘jaliklarining hududiy uyushmalarini tashkil etish va o‘zaro hamkorligini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va saqlash, bozordagi narxlar muvozanatini ta’minlash hamda bozor xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar bilan fyuchers shartnomalari tuzish asosida samaradorligini oshirish asoslangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari iste’mol hajmining 2027 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashning iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlanish darajasini baholashni har bir turdagi mahsulot bo‘yicha ta’minlanish o‘rtacha koeffisientiga asoslangan holda tumanlarni yashil (Uk>1), ko‘k (0,9<Uk<1), sariq (0,65<Uk<0,9) va qizil (0<Uk<0,65) hududlarga ajratish orqali takomillashtirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 noyabrdagi 03/016-3286-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikning vazirlik ish faoliyatiga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligida etishtirilayotgan mahsulotlarga qilinadigan xarajatlarni optimallashtirish va aholini oziq-ovqat mahsulotlariga talabini to‘liq qondirish imkonini bergan;
hududlararo agrologistik markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, infratuzilmani yaratish, oziq-ovqat tovarlari sifati va narxlar barqarorligini saqlash hamda eksport hajmini oshirish taklifi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 noyabrdagi 03/016-3286-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish oziq-ovqat sanoatini yanada rivojlantirish, uning eksport salohiyatini oshirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari yo‘qotilishini 25,0%ga kamaytirish imkonini bergan;
dehqon xo‘jaliklarining hududiy uyushmalarini tashkil etish va o‘zaro hamkorligini kengaytirish orqali qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish va saqlash, bozordagi narxlar muvozanatini ta’minlash hamda bozor xizmatlari ko‘rsatuvchi korxonalar bilan fyuchers shartnomalari tuzish asosida samaradorligini oshirish taklifidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 noyabrdagi 03/016-3286-son ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikning vazirlik ish faoliyatiga joriy etilishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilari dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklarning mahsulot etishtirish hajmining oshirilishi, ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini iste’molchiga “daladan dasturxongacha” tamoyili asosida etkazib berish natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan narxni 20% kamaytirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi asosiy turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari iste’mol hajmining 2027 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 14 noyabrdagi 03/016-3286-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish respublika aholisini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlashning uzoq muddatli istiqbol ko‘rsatkichlarini belgilashda ular o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlashga imkon yaratgan.