Donoqulov Nodirbek Xolmurodovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tovarlarni masofadan rasmiylashtirishda axborot almashish jarayonlari algoritmlari va modellari», 05.01.10 – Axborot olish tizimlari va jarayonlari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3097
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Saidov Abdusobir Abdurahmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Sultanov Jamshid Baxodirovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Asqaraliyev Odilbek Ulug‘bek o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tovarlarni elektron bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlarini boshqarish va masofadan deklaratsiyalashda bojxona ma’lumotlarining ishonchliligini nazorat qilish model, algoritmlarini va dasturiy vositasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tovarlarni masofadan deklaratsiya qilishda bojxona ma’lumotlari ishonchliligini nazorat qilish va bojxona postlari faoliyatini baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
ko‘p bosqichli bojxona yuk deklaratsiyalarini rasmiylashtirish jarayonlarini boshqarishning matematik modeli hamda katta hajmdagi ma’lumotlarga onlayn rejimda ishlov berish orqali bojxona xavflarini boshqarish tizimining axborot modellari ishlab chiqilgan;
elektron deklaratsiyalashning axborot almashish tizimlarida axborot ishonchliligini kafolatli ta’minlashning karrali nazorat algoritmi ishlab chiqilgan;
eksport operatsiyalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda muddati o‘tgan debitor qarzdorlik mavjudligini nazorat qilish algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tovarlarni masofadan deklaratsiyalash jarayonida bojxona axboroti ishonchliligini nazorat qilish, bojxona postlari faoliyati samaradorligini baholash mezonlari va «EBR» (elektron bojxona rasmiylashtiruvi) AAT (avtomatlashirilgan axborot tizimi) algoritmlari hamda dasturiy vositalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirish hamda tovarlarni elektron bojxona rasmiylashtiruvi jarayonini boshqarish maqsadida 10 ta funksional bloklardan iborat «EBR» AAT boshqaruv algortimlari hamda dasturiy majmuasi ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining 2022 yil 28 noyabrdagi 6/05-22-00388-son ma’lumotnomasi). Mazkur dasturiy majmuaning amaliyotga joriy etilishi orqali yuk to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi hamda ishonchliligini ta’minlash oqibatida kunlik rasmiylashtirish uchun bojxona organlariga taqdim etilgan BYuDlarning (bojxona yuk deklaratsiyasi) 27 foizi xato rasmiylashtirilishining oldi olingan; bugungi kunga kelib eksport rejimidagi BYuDlarning 47,92 foizi import rejimidagi BYuDlarning 35,56 foizi inson omilisiz, tizim tomonidan avtomatik rasmiylashtirilishiga erishilgan; bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida BYuDlarni bojxona xodimlariga avtomatik taqsimlash natijasida ularning tadbirkorlar bilan bevosita muloqoti cheklanishi,
va oqibatda tizimda uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsiya elementlari oldi olinishiga erishilgan;
dasturiy majmua Davlat bojxona qo‘mitasining markaziy apparat, barcha hududiy bojxona boshqarmalari hamda barcha «Tashqi iqtisodiy faoliyat» bojxona postlari va «Masofaviy elektron deklaratsiyalash» bojxona postlarida amaliyotga joriy etilgan (Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini tashkil etish bosh boshqarmasining 2022 yil 5 noyabrdagi 6/7-22-036 - sonli dalolatnomasi). Dasturiy majmua amaliyotga joriy etilishi natijasida bojxona yuk deklaratsiyalarini masofadan turib rasmiylashtirish imkoni yaratilgan hamda mazkur faoliyat uchun sarflanadigan vaqt 36,15 soatdan 7,55 soatga qisqargan, yoki 4,78 marta samaradorlikka erishilganligini ko‘rsatdi.