Karimov Akmal Akbarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Takomillashtirilgan kartoshka kovlagichning parametrlarini asoslash», 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T2124
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Ilmiy rahbar: Mamatov Farmon Murtozevich, texnika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.06.2020.T.111.02. 
Rasmiy opponentlar: Norchayev Davron Rustamovich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Tovashov Rustam Xo‘jaxmat o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti» milliy tadqiqot universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ish unumini oshirish va yuqori sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlaydigan kartoshka kovlagichning parametrlarini asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
panjarali lemex va tebranuvchan xivichlardan tashkil topgan kartoshka kovlagichning konstruktiv sxemasi tuproq palaxsasini jadal parchalanishi va uni lemex oldida to‘planmasligini hisobga olinib ishlab chiqilgan;
kartoshka kovlagich panjarali lemexining parametrlari kartoshkani to‘liq kovlash va tuganakli tuproq palaxsasini lemex ishchi yuzasi bo‘yicha erkin sirpanishini hisobga olgan holda aniqlangan;
kartoshka kovlagich tebranuvchan xivichlarining parametrlari va ish rejimi tuproq massasidan kartoshkani shikastlamasdan talab darajasida ajratishini hisobga olgan holda aniqlangan;
panjarali lemex va tebranuvchan xivichlarlar bilan jihozlangan takomillashtirilgan kartoshka kovlagichning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlari uning parametrlari va agregat harakat tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarishini ifodalaydigan bog‘lanishlar asosida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Takomillashtirilgan kartoshka kovlagichning parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
kartoshka kovlagich quroliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (“Qazuvchi ishchi organ”, 
FAP №01208-2017 y). Natijada takomillashtirilgan kartoshka kovlagichning konstruksiyasini yaratish imkonini bergan;
kartoshka kovlagichga dastlabki talablar va texnik topshiriq tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 3-avgustdagi 07/24-04/5236-son ma’lumotnomasi). Natijada kartoshkani agrotexnik talablar darajasida kovlashni amalga oshiradigan ish sifati yuqori panjarali lemex va tebranuvchan xivichlar bilan jihozlangan kartoshka kovlagichning konstruksiyasini ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
takomillashtirilgan kartoshka kovlagich Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 3-avgustdagi 07/24-04/5236-son ma’lumotnomasi). Natijada kartoshkani kovlashda yonilg‘i sarfi 17,6 foizga, mehnat sarfi 21,4 foizga va foydalanishdagi xarajatlar 19,2 foizga kamaygan;
ishlab chiqilgan kartoshka kovlagichning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun dastlabki talablar, texnik topshiriq va loyiha-konstruktorlik hujjatlari (texnikaviy shartlar va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJ da loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022-yil 3-avgustdagi 07/24-04/5236-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega kartoshka kovlagichning sanoat nusxalarini ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish