Xusenov O‘tkir O‘ktamjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): Temir yo‘l stansiyasi infratuzilmasini rivojlantirish asosida manyovr ishlarini tashkil etishning transport jarayonlari texnologiyasini takomillashtirish, 05.08.03 – Temir yo‘l transportini ishlatish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3368
Ilmiy rahbar: Suyunbayev Shinpolat Mansuraliyevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi PhD.15/31.08.2022.T.73.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ilesaliyev Daurenbek Ixtiyarovich, texnika fanlari doktori, professor; Jo‘raboyev Kamoljon Abdumo‘minovich, texnika fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: temir yo‘l stansiyasi infratuzilmasini rivojlantirish asosida manyovr ishlarini tashkil etishning transport jarayonlari texnologiyasini takomillashtirish va uni amaliy qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
lokomotivlarning manyovr ishlaridagi bandligini aniqlash usuli qo‘shimcha texnologik operatsiyalar bajarilishi talablarini hisobga olib takomillashtirilgan;
ortish-tushirish obyektlarini vagonlar bilan uzluksiz ta’minlash texnologiyasi shoxobcha yo‘llarining joylashuv parametrlarini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan;
stansiya yo‘llarida tarkibni tarqatishda manyovr lokomotivining harakatlanish vaqtini minimallashtirishning matematik modeli vagonlar guruhlarini ketma-ketlikda joylashtirishning mumkin bo‘lgan variantlarini hisobga olib ishlab chiqilgan;
temir yo‘l stansiyasi infratuzilmasini rivojlantirishning mumkin bo‘lgan variantlarini baholash usuli manyovr ishlaridagi lokomotiv-soatlarni hisobga olgan holda takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Temir yo‘l stansiyasi infratuzilmasini rivojlantirish asosida manyovr ishlarini tashkil etishning transport jarayonlari texnologiyasini takomillashtirish bo’yicha olingan ilmiy natijalar asosida quyidagilar joriy etilgan:
shoxobcha yo’llarining joylashuv parametrlarini rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan ortish-tushirish obyektlarini vagonlar bilan uzluksiz ta’minlash texnologiyasi “O’zbekiston metallurgiya kombinati” AJ tasarrufiga kiruvchi zoldor prokatlash bo’limiga joriy etilgan (“O’zbekiston metallurgiya kombinati” AJning 2022-yil 23-noyabrdagi 01/06-01/04/508-sonli ma’lumotnomasi). Natijada zoldor prokatlash bo’limini metall ortilgan platformalar bilan uzluksiz ta’minlashda manyovr lokomotivlarining sutka mobaynida qo’shimcha amallarda band bo’lish vaqtini 20,8% ga va yurish vaqtini 23,3% ga qisqartirishga erishilgan;
qo’shimcha texnologik operatsiyalar bajarilishi talablarini hisobga olgan holda lokomotivlarning manyovr ishlaridagi bandligini aniqlash usuli, stansiya va shoxobcha yo’llari infratuzilmasini rivojlantirish bo’yicha kompleks amaliy tadbirlar “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tasarrufiga kiruvchi “Toshkent Mintaqaviy temir yo’l uzeli” Unitar korxonasiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 31-oktabrdagi 2/6728-sonli ma’lumotnomasi). Natijada qabul qilish-jo’natish, tortuv va vagonlarni tozalash punktlari yo’llarining foydali uzunligini aniqlash, yuk obyektlarining qayta ishlash qobiliyatini aniqlashda manyovr lokomotivlari bandligini hisobga olish, temir yo’l rekonstruksiyasi rejasini ishlab chiqishdagi noto’g‘ri loyihaviy yechimlarning oldini olish imkoni yaratilgan;
stansiya yo’llarida tarkibni tarqatishda manyovr lokomotivining harakatlanish vaqtini minimallashtirishning matematik modeli, temir yo’l stansiyasi infratuzilmasini rivojlantirishning mumkin bo’lgan variantlarini baholash usuli, vagonlar guruhini tarkibda joylashishining mumkin bo’lgan variantlarini hisobga olgan holda tarqatish vaqtini hisoblash uchun dastur “O’zbekiston temir yo’llari” AJ tasarrufiga kiruvchi “Toshtemiryo’lloyiha” MChJga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2022-yil 31-oktabrdagi 2/6728-sonli ma’lumotnomasi). Natijada stansiya yo’llarida tarkibni tarqatish mobaynida manyovr lokomotivining harakatlanish vaqtini 12% ga qisqartirish, stansiya yuklanganligini 11% ga kamaytirishga erishilgan, temir yo’l stansiyasini boshqaruv tizimiga o’tkazishning texnik-ekspluatatsion xarajatlarini hisoblashda manyovr ishlaridagi lokomotiv-soatlarni hisobga olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish