Shamsutdinov Husniddin Fazliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sharli tegirmonlarning asinxron elektr yuritmasini takomillashtirish», 05.05.02 – «Elektrotexnika. Elektr energiya stansiyalari, tizimlari. Elektrotexnik majmualar va qurilmalar».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T1626
Ilmiy rahbar: Rismuxamedov Dauletbek Amanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/10.12.2019.T.03.03.
Rasmiy opponentlar: Pirmatov Nurali Berdiyorovich, texnika fanlari doktori, professor; Boltaev Otabek Tashmuxammatovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sharli tegirmon elektr yuritmasini qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘amli elektr motorlarni qo‘llash orqali takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
magnit yurituvchi kuchlarini teng taqsimoti asosida diskret berilgan fazoviy funksiyalar usuli takomillashtirilgan;
diskret berilgan fazoviy funksiyalar usulini qo‘llash asosida yangi qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am sxemasi ishlab chiqilgan;
Park-Gorev tenglamalari asosida yakka chulg‘amli ikki tezlikda ishlovchi asinxron motorning matematik modeli ishlab chiqilgan;
ishga tushirish toki davomiyligining minimal qiymatlarini ta’minlash asosida ikki tezlikli asinxron motorning tezlikdan tezlikka o‘tkazish algoritmi tuzilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sharli tegirmonlarning asinxron elektr yuritmasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ikki tezlikli asinxron motorlari uchun qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am sxemasiga O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№ IAP 06203, 20.03.2020 y.). Natijada, stator pazlar soni 30 ga teng bo‘lgan magnit o‘tkazgich asosida qutblar nisbati 2/5 bo‘lgan hamda yaxshilangan elektromagnit xossalari va sodda tayyorlash texnologiyasiga ega qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘amli ikki tezlikda ishlovchi asinxron motor yaratilgan;
yakka cho‘lg‘amli ishlab chiqilgan qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am bilan jihozlangan ikki tezlikli asinxron motor “Olmaliq KMK” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli nodir metallar va qattiq qotishmalar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida o‘rnatilgan MSh-1 tipli sharli tegirmon yuritmasida joriy etilgan (“Olmaliq KMK” AJning 2022 yil 22-noyabrdagi SL-7359-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tegirmonning bir kunda qo‘shimcha 450 kg mahsulotni maydalashi hisobiga, yillik iqtisodiy samaradorlik 132 192 000 so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish