Urinova Xulkar Shokirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qizilqum sharoitida Indigofera tinctoria L. o‘simligining bioekologik xususiyatlari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/V412.
Ilmiy rahbar: Allaberdiev Rustamjon Xamraevich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/27.02.2020.V.01.15.
Rasmiy opponentlar: Xojimatov Olimjan Kaxxorovich, biologiya fanlari doktori, professor; Duschanova Guljan Madrimbaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qizilqum sharoitida Indigofera tinctoria L. ning bioekologik xususiyatlarini aniqlash va etishtirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qizilqumning turli ekologik sharoitlarida atmosfera va namlikka bog‘liq holda I. tinctoria ning o‘sish va rivojlanish xususiyatlari ochib berilgan;
o‘simlikning suv rejimi iqlimning qurg‘oqchil kelgan yillarida barqaror bo‘lishi aniqlangan;
turning ekologik muhitga moslashish xususiyatlari suv rejimining ayrim ko‘rsatkichlari asosida ochib berilgan;
barg va poyaning anatomik tuzilishiga ko‘ra turning moslashish darajasi ekologik yashash sharoitiga bog‘liq holda aniqlangan;
turning turli ekologik sharoitlardagi bioekologik xususiyatlari asosida amaliyotda ko‘paytirishga doir tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qizilqum sharoitida Indigofera tinctoria L. ning bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Navoiy viloyati cho‘l hududlarida I. tinctoria L. ning iqlimlashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi faoliyati amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 27 sentyabrdagi  04-01/10-264 son ma’lumotnomasi). Natijada, I. tinctoria L. o‘simligi Navoiy viloyati iqlim sharoitiga to‘liq moslashtirilgan, tuproq ekologik holatining sifati yaxshilangan hamda viloyat hududining bioxilmaxilligini istiqbolli o‘simliklar bilan boyitish imkonini bergan;
I. tinctoria L. o‘simligidan  cho‘l hududlarida yuqori biomassa olinishi yuzasidan ishlab chiqilgan tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining Navoiy viloyati boshqarmasi faoliyati amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 27 sentyabrdagi  04-01/10-264-son ma’lumotnomasi).  Natijada, I. tinctoria L. o‘simligidan sanoat uchun biomassa etishtirib berish, sifatli xom-ashyo olish hamda hududlar ekosistemasini maqbullashtirish va barqarorligini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish