Mirzaolimov Elmurod Ismoilovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Ishemiya sharoitida yurak mitoxondriyasi disfunksiyasini ba’zi flavonoidlar bilan korreksiyalash istiqbollari», 03.00.08 – Odam va hayvonlar fiziologiyasi (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B488.
Ilmiy rahbar: Abdullayev G‘ofurjon Rahimjanovich, biologiya fanlari doktori.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.76.01.
Rasmiy opponentlar: Saidbayeva Lola Muhammedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Omonturdiev Sirojiddin Zoirovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: sog‘lom va eksperimental ishemiya modelida kalamush yurak mitoxondriyasi disfunksiyasini soforaflavonozid (SFL) va narsissin flavonoidlari bilan korreksiyalashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SFL va narsissinning ilk bor yurak mitoxondriyasida membranafaol xossalari aniqlangan;
in vitro tajribalarda SFL va narsissin flavonoidlari sog‘lom kalamushlardan ajratilgan yurak mitoxondriyasining mPTPga ingibirlovchi, mitoKATF-kanali hamda passiv ion o‘tkazuvchanligiga faollovchi ta’siri aniqlangan;
SFL va narsissin flavonoidlari eksperimental ishemiyali kalamushlar yurak mitoxondriyasi yuqori o‘tkazuvchan porasini ingibirlashi va mitoKATF-kanali faolligini qayta tiklashi aniqlangan;
ishemiya sharoitida SFL va narsissin flavonoidlarining yurak mitoxondriyasining Fe2+/sitrat bilan indusirlangan LPOga ingibirlovchi, MDA miqdorini kamaytirishi va antioksidant fermentlar faolligini qayta tiklashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Flavonoid birikmalarning ishemiya modelida kalamush yurak mitoxondriyasi membranaviy buzilishlarini korreksiyalash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
adrenalin bilan chaqirilgan ishemiya sharoitida kempferol-3-O--D-soforozid va narsissin flavonoidlarining yurak mitoxondriyasi membranasi o‘tkazuvchanligini qayta tiklovchi xususiyatlaridan Surgut davlat universitetining «Texnologii virashhivaniya i izvlecheniya biologicheski aktivnix soedineniy severnix yagodnix kul`tur i lekarstvennix trav (YugraBioFarm)» loyihasida flavonoidlarning antioksidant va kardioprotektor xossalarini aniqlash va baholashda foydalanilgan (Surgut davlat universitetining 2022 yil 13 sentabrdagi 03-01/337-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshga bog‘liq kasalliklarda flavonoidlarining antioksidant va kardioprotektor ta’sir mexanizmlarini yoritishga va muhim biologik faol tabiiy birikmalarni aniqlash imkonini bergan;
eksperimental ishemiya modelida soforaflavonozid va narsissin flavonoidlarining kalamushlar yurak mitoxondriyasi disfunksiyasini korreksiyalovchi xossalaridan №TA-FA-F7-008 «Tabiiy terpenoid va fenol birikmalarni o‘rganish hamda ular asosida tibbiyot, veterinariya va qishloq xo‘jaligi uchun dori vositalari yaratish» mavzusidagi fundamental loyihasida dori vositalar yaratish uchun Alhagi canescens va Crocus sativus o‘simliklaridan ajratilgan individual holdagi narsissin hamda soforaflavonozid glikozid holdagi flavonoidlar uchun strukturaga oid xususiyatlarini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 27 oktabrdagi 4/1255-2706-son ma’lumotnomasi). Natijada biologik faolliklari o‘rganilgan flavonoidlardan yuqori biofaol va antioksidant xusususiyatga ega bo‘lgan birikmalarni tanlab olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish