Abdullaeva Dilafruz Gayratovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ovqat allergiyasida oziq-ovqat mahsulotlarida yashirin allergenlarning sensibilizatsiya xususiyatlarini aniqlashni takomillashtirish va gigienik asoslash» 14.00.07 – Gigiena va 14.00.36 –Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib557.
Ilmiy maslahatchi: Shayxova Guli Islamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Xamrakulova Muqaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Nabieva Umida Pulatdjanovna, tibbiyot fanlari doktori; Iskandarova Shaxnoza Tulkinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomli Qozoq milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ovqat allergiyasida oziq-ovqat mahsulotlarida yashirin allergenlarning sensibilizatsiya xususiyatlarini aniqlashni takomillashtirish va gigienik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
allergen-spesifik immunoglobulin E (sIgE)ni aniqlash uchun karbogidrat CCD antigeni qo‘shilgan oziq-ovqat, respirator va pediatrik allergenlari panellari ishlab chiqilgan;
karbogidrat CCD antigeni qo‘shilgan sIgE allergen panellaridan foydalangan holda, allergik kasalliklarga chalingan bolalar va katta yoshdagi bemorlarda oziq-ovqat va o‘simlik allergenlari orasida ACR (Allergy Cross-reactivity) mavjudligi isbotlangan;
qish-bahor va yoz-kuz mavsumlarida taomnoma taqsimotlari asosida allergik kasalliklarga chalingan bemorlarning haqiqiy ovqatlanishi asoslangan;
ovqat allergenlariga sezuvchanlikni inobatga olgan xolda allergik kasalliklarga chalingan bemorlar uchun giposensibilizatsiya xususiyatiga ega oziq-ovqat mahsulotlarni kiritish orqali kunlik taomnoma optimallashtirilgan;
tezkor tekshiruv usuli yordamida allergen komponentlarni aniqlash oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish va saqlash jarayonida ovqat allergenlari bilan kontaminatsiyasining oldini olishi isbotlangan;
allergenlarning jadal ta’siri mavjud hududlarda allergen yuklamani gigienik asoslash orqali oziq-ovqat allergenlarini tartibga solish va boshqarishning dasturiy modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ovqat allergiyasida ovqat mahsulotlarida yashirin allergenlarni sensibilizatsiya xususiyatlarini aniqlashni takomillashtirish va gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ovqat allergiyasi va ovqatni ko‘tara olmaslik zamonaviy tashxisoti bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Ovqat allergiyasi va ovqatni ko‘tara olmaslik qiyosiy tashxisoti» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8n-z/304-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ovqat allergiyasi va ovqatni ko‘tara olmaslik qiyosiy tashxisotini amalga oshirish imkonini bergan;
oziq-ovqat mahsulotlarida yashirin allergenlarni aniqlash bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Oziq-ovqat mahsulotlarida yashirin allergenlarni aniqlash usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 20 iyundagi 8n-z/304-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘simlik va hayvon mahsulotlarida yashirin allergenlarni tavsiflash hamda bemorlar uchun giposensibilizatsiya xususiyatiga ega oziq-ovqat mahsulotlari asosida etti kunlik taomnoma taqsimotini taklif etish imkonini bergan;
ovqat allergiyasida ovqat mahsulotlarida yashirin allergenlarni sensibilizatsiya xususiyatlarini aniqlashni takomillashtirish va gigienik asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya venerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Samarqand viloyat klinik kasalxonasi, Samarqand viloyat va Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi gigiena, pul`monologiya va klinik allergologiya, mikrobiologiya kafedralarning klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 16 noyabrdagi № 08-36290-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi oziq-ovqat mahsulotlarida yashirin allergenlarni aniqlash, oziq-ovqat allergenlarini tartibga solish va boshqarish dasturi modelini ishlab chiqish, bolalar va kattalarda ovqat allergiyasida parxez davolash taktikasini muqobillashtirish imkonini bergan.