Fozilov Husniddin Temirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritida artroskopik debridement va proksimal fibulyar osteotomiya usulida davolashni optimallashtirish», 14.00.22–Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3062.
Ilmiy rahbar: Irismetov Murodjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi. DSc.04/30.12. 2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: O‘rinbaev Payzulla O‘rinbaevich, tibbiyot fanlari doktori; Xamroev Alisher Shaxobovich. tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartriti varusli deformatsiyasi bilan og‘rigan bemorlarda artroskopik debridement va proksimal fibulyar osteotomiya usulini kompleks qo‘llash orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizza bo‘g‘imi osteoartriti bo‘lgan bemorlarda varusli deformatsiyasi belgilarining namoyon bo‘lishi bo‘g‘imdagi degenerativ-distrofik o‘zgarishlar va varus og‘ish chizig‘ining biomexanik o‘qqa ta’siri bilan bog‘liq ekanligi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi osteoartritida jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasini belgilash uchun bo‘g‘im ichki strukturasi o‘zgarishlari xajmi bilan bir qatorda bo‘g‘im varus darajasi hajmini hisoblash muhimligi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi osteoartritida KSS shkalasi bo‘yicha varus og‘ish darajasi 5 gradusgacha va rentgenologik bo‘g‘im oraliq masofasi α burchagi o‘rtacha 7,8-8,4 gradus bo‘lganda diagnostik artroskopiya va bo‘g‘im debridementi amaliyoti uchun ko‘rsatma ekanligi isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi osteoartritida KSS shkalasi bo‘yicha varus og‘ish darajasi 5-10 va 10 gradusdan ortiq bo‘lganda va rentgenologik bo‘g‘im oraliq masofasi α burchagi o‘rtacha 4,2-7,6 gradusni tashkil etganda diagnostik artroskopiya, bo‘g‘im debridementi va fibulyar proksimal osteotomiya amaliyoti uchun ko‘rsatma ekanligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritida artroskopik debridement va proksimal fibulyar osteotomiyani kompleks qo‘llab davolashni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartriti davolash usulini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlar asosida «Tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi artrozini davolash usuli» Intellektual mulk agentligining foydali modeli tasdiqlangan (№FAP 01859, 07.08.2020). Olingan natijalar tizza bo‘g‘imi faoliyatini tiklashga imkon bergan;
tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartriti davolash usulini ishlab chiqish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Turli darajadagi tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritlarida kaminvaziv operativ davo taktikasini tanlash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 24 apreldagi 8n-r/402-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma turli darajadagi tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartritlarida kam invaziv operativ davo taktikasini tanlash imkonini bergan;
olingan natijalar amaliy sog‘liqni saqlashda, jumladan, Buxoro viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy tibbiyot markazi Samarqand filiali amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 7 iyundagi 8n-r\275-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartiritining og‘irligi va bo‘g‘im varus darajasini aniqlash, shunga ko‘ra davo taktikasini tanlash va bemorlarni davolanish muddatlarini hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlar (90%)ni oldini oladi va tizza bo‘g‘imi endoprotezlash (96,49%) ni kamaytirish imkonini bergan.