Nasurova Kamolaxon Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish», 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit» (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt522. 
Ilmiy rahbar: Mehmonov Sultonali Umaralievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirishga yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining hududiy qamrov
darajasini kengaytirishda oilaviy, davlat-xususiy sherikchilik va xususiy shakldagi maktabgacha ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan kafillik va kompensatsiya fondlarini tashkil etish taklif etilgan;
davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish dasturi 25 foizdan kam bo‘lmagan hajmda bajarilgan bitimlar bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari imtiyozli kreditlar (qarzlar)i hisobidan  tijorat banklariga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish taklif etilgan;
bolalarni maktabgacha ta’limga qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foizlik stavkada kreditlar ajratish taklif etilgan;
qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim
tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishni davlat kapitali ishtiro-kidagi yirik korxona va tashkilotlarga o‘tkazish orqali davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning yillik o‘sish sur’atini optimallashtirish asoslangan.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini rivojlantirishning moliyaviy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatining hududiy qamrov
darajasini kengaytirishda: oilaviy, davlat-xususiy sherikchilik va xususiy shakldagi maktabgacha ta’limni rivojlantirishga yo‘naltirilgan kafillik va kompensatsiya fondlarini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim  vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim  vazirligining 2022 yil 26 iyuldagi 03-03/2-2026-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif maktabgacha ta’limga xususiy sektor mablag‘larini jalb qilish orqali 7 mingdan ziyod yangi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish va qamrov darajasini 80 foizgacha oshirish imkoniyatlarini kengaytirish uchun xizmat qilgan;
davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish dasturi 25 foizdan kam bo‘lmagan hajmda bajarilgan bitimlar bo‘yicha kreditlarni moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari imtiyozli kreditlar (qarzlar)i hisobidan  tijorat banklariga qo‘shimcha mablag‘lar ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2020 yil 30 yanvardagi PQ-4581 –son « Maktabgacha ta’lim sohasida davlat-xususiy sheriklikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim  vazirligining 2022 yil 26 iyuldagi 03-03/2-2026-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga yo‘naltirilgan vazifalar ijrosi doirasida xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlarini jalb qilish bilan bog‘liq ta’rif va imtiyozlar tizimi shakllantirilib, hududlarda samaradorlik ko‘rsatkichi pastligi sababli moliyalashtirish imkoniyati cheklangan loyihalar doirasida 3,9 trln. so‘mlik shartnomalar imzolanib, kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish bilan bog‘liq 4,2 trln. so‘mlik samaradorlikka erishilgan;
bolalarni maktabgacha ta’limga qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish uchun 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 foizlik stavkada kreditlar ajratish taklifi O‘zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2021 yil 10 iyundagi PQ-5144 –son «Qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi Qarorida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim  vazirligining 2022 yil 26 iyuldagi 03-03/2-2026-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif natijasida kredit portfelining yillik tuzilmaviy tarkibini shakllantirilishi kredit oluvchilarning kredit qarzlarini qaytarish imkoniyatini kengaytirgan. Kredit imtiyozlari qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish bilan bog‘liq muammoli jarayonlarga nisbatan ta’rif tizimini shakllantirish orqali 10 yillik kredit shartnomalari imzolangan;
qamrov darajasi past bo‘lgan tumanlarda maktabgacha ta’lim
tashkilotlari faoliyatini moliyalashtirishni davlat kapitali ishtiroki-dagi yirik korxona va tashkilotlarga o‘tkazish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan maktabgacha ta’lim tashkiloti-korxona-davlat tizimi loyixasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim  vazirligining 2022 yil 26 iyuldagi 03-03/2-2026-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif hududlarda ta’lim tashkilotlari sonining optimal nisbatini ta’minlash,  maktabgacha ta’lim tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini shakllantirish maqsadida davlat byudjetidan ajratilayotgan mablag‘larning yillik o‘sish sur’atini optimallashtirish, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash maqsadida kadrlar tayyorlash-ning maktabgacha ta’lim tashkiloti-korxona-davlat tizimini yo‘lga qo‘yishga asos yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish