Odilova Guljamol Rustamovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet bilan kasallangan bolalarda ko‘z optik muhitlari va ko‘z tubi elementlarining morfometrik qiyosiy xarakteristikasi», 14.00.02 – Morfologiya; 14.00.08 - Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Tib733.
Ilmiy rahbar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlar doktori, professor; Baxritdinova Fazilat Aripovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori; Islomov Ziyoviddin Sadriddinovich, tibbiyot fanlari doktori; Kalashnikova Svetlana Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professori
Yetakchi tashkilot: «Boltiq Federal universiteti» (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: qandli diabet bilan kasallangan bolalar va o‘smirlarda ko‘z optik muhitlari va ko‘z tubi elementlarining morfometrik parametrlarini yoshga bog‘lik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sog‘lom bolalar va o‘smirlarda shox pardaning morfometrik parametrlari bemorning yoshiga va klinik refraksiyaga bog‘lik bo‘lmagan integral va barqaror parametr ekanligi isbotlangan;
gavxar va shishasimon tananing morfometrik parametrlari yuqori darajali miopiyaning erta tashhisi va rivojla-nishining prognostik belgilaridan biri ekanligi asoslangan;
miopiyasi bo‘lgan bemorlarda makula qalinligi miopiya darajasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri korrelyasion bog‘liklikda va bemorlarning yoshiga qarab teskari ekanligi isbotlangan;
miopiyasi bo‘lmagan va miopiyasi bo‘lgan bolalarda ko‘z tubi markaziy venalarining ko‘rsatgichlari bemorlarning yoshiga bevosita bog‘likligi, ikkinchi holda refraksiya darajasiga bevosita bog‘liklik mavjudligi aniqlangan.
to‘r parda markaziy arteriyasi, shuningdek miopiya va qandli diabet bilan kasallangan bolalarning yoshi bilan torayib, bu bolalarda qandli diabet va miopiyaning oldini olish va tashxislash uchun ma’lumot beruvchi ko‘rsatgichligi aniqlagan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qandli diabet bilan kasallangan bolalar va o‘smirlar ko‘z optik muhitlarini ul`tratovushli organometrik o‘lchamlari va ko‘z tubi elementlarini optik kogerent tomografiya bilan fundus kamerada tekshirilgan ko‘rsatkichlari ularning jismoniy rivojlanishi bilan bog‘liqligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qandli diabet bilan kasallangan o‘g‘il va qiz bolalarda ko‘z optik muhitlari va ko‘z tubi elementlarida ul`tratovush va optik kogerent tomografiya tekshiruvi asosida o‘zgarishlarni aniqlash yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari bo‘yicha «Qandli diabet va miopiyasi bo‘lgan bolalarda ko‘z optik muhitlari va ko‘z tubi elementlarining morfometrik xususiyatlari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 noyabrdagi 8n-r/1243-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanoma qandli diabet bilan kasallangan qiz va o‘g‘il bolalarda ko‘z olmasi parametri morfometrik o‘lchamlari xususiyatlarini baholash samaradorligini oshirishga imkon bergan;
qandli diabet bilan kasallangan o‘g‘il va qiz bolalarda ko‘z optik muhitlari va ko‘z tubi elementlarida ul`tratovush va optik kogerent tomografiya tekshiruvi asosida o‘zgarishlarni aniqlash yo‘nalishida olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari bo‘yicha «Qandli diabet 1-tipi va miopiyasi bo‘lgan bolalarda ko‘z optik muhitlari va ko‘z tubi elementlarining morfometrik parametrlarini tekshirish natijalari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 9 noyabrdagi 8n-r/1242-son ma’lumotnomasi). Uslubiy tavsiyanoma qandli diabet bilan kasallangan qiz va o‘g‘il bolalarda ko‘z olmasi parametri morfometrik o‘lchamlari natijalarini baholash samaradorligini oshirishga imkon bergan;
qandli diabet bilan kasallangan o‘g‘il va qiz bolalarda ko‘z olmasi parametrining morfometrik ko‘rsatkichlarini o‘rganish va baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotga, jumladan, Buxoro viloyati endokrinologiya dispanseri, Buxoro shaxar ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi, Vobkent tuman tibbiyot birlashmasi va Jondor tuman tibbiyot birlashmasi amaliy faoliyatiga tadbiq qilingan, (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 7 yanvardagi 8n-z/17-son ma’lumotnomasi).Olingan natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi qandli diabet bilan kasallangan bolalar ko‘z olmasidagi morfometrik ko‘rsatkichlarining yoshga oid o‘zgarishini erta aniqlash, nogironlikni oldini olish va davolash profilaktik yordam sifatini oshirish imkonini bergan.