Rajabov Furkat Turakulovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvi va hududiy tarkibini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)», 11.00.02–Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (geografiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/G18.

Ilmiy rahbar: Komilova Nilufar Qarshiboevna, geografiya fanlari doktori, dotsent.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.G.01.06.

Rasmiy opponentlar: Qayumov Abduxakim Abduxamidovich, geografiya fanlari doktori, professor; Azimov Shuhrat Akromovich, geografiya fanlari nomzodi, dotsent.

Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Qashqadaryo viloyati fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvi va hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

tabiiy sharoiti va demografik vaziyati turlicha bo‘lgan hududlarda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish (asosiy ixtisoslashgan tarmoq, ikkinchi va uchinchi darajali tarmoqlar, qayta ishlash sohalari) asoslangan;

fermer xo‘jaliklarining o‘rtacha er maydoni va aholi joylashuvi orasidagi korrelyasion aloqadorlik yuqori darajada (R=-0,85) ekanligi aniqlangan va shu asosda fermer xo‘jaliklarga biriktirilgan er hajmini belgilashda demogeografik omilni hisobga olish zarurligi ochib berilgan;

fermer xo‘jaliklarining rivojlanish sharoitlari nuqtai nazaridan rayonlashtirish mezonlari (er maydoni o‘rtacha hajmi, er fondi tarkibi, etishtirilayotgan mahsulotlarning o‘zaro nisbati) asoslangan;

fermer xo‘jaliklarida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarini o‘zaro uyg‘unlikda rivojlantirish, hududlarning tabiiy-iqlim sharoiti hamda er-suv resurslari salohiyatiga mos holda ixtisoslashuvini takomillashtirish, xo‘jaliklar faoliyatini qayta ishlash bo‘g‘inlari bilan to‘ldirish bo‘yicha Qashqadaryo viloyati qishloq tumanlari kesimida takliflar ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Fermer xo‘jaliklarining ixtisoslashuvi va hududiy tarkibini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:

tabiiy sharoiti va demografik vaziyati turlicha bo‘lgan hududlarda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 yanvardagi 03/15-31-son ma’lumotnomasi). Natijada Qashqadaryo viloyati tog‘ va tog‘ oldi, cho‘l va shahar atrofida fermer xo‘jaliklarini ixtisoslashuvi hamda hududiy tarkibini takomillashtirishga imkon bergan;

fermer xo‘jaliklari er maydoni hajmi va aholi joylashuvi orasidagi korrelyasion aloqadorlikka oid xulosalar «Inson geografiyasi» nomli o‘quv qo‘llanmaga singdirilgan  (28.06.2017 y., 434-077 raqamli guvohnoma). Natijada fermer xo‘jaliklariga biriktirilgan er hajmini belgilashda demogeografik omilni hisobga olish bo‘yicha taklif etilgan materiallar «Geografiya» yo‘nalishida bakalavrlarni qishloq xo‘jaligi geografiyasi haqidagi bilimlarini chuqurlashtirishga va o‘qitish sifatini oshirishga imkon bergan;

fermer xo‘jaliklarini rivojlanish sharoitlari nuqtai nazaridan asoslangan rayonlashtirish mezonlari O‘zbekiston Respublikasining «Yaylovlar to‘g‘risidagi» Qonunini ishlab chiqishda amaliy taklif sifatida qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari Qo‘mitasining 2017 yil 3 oktyabrdagi 04/4-05-100-son ma’lumotnomasi). Ushbu amaliy taklif turli tarmoqlarga ixtisoslashgan va ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida yaylovlardan oqilona foydalanishga imkon bergan;

fermer xo‘jaliklarida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarini o‘zaro uyg‘unlikda rivojlantirish, hududlarning tabiiy-iqlim sharoiti hamda er-suv resurslari salohiyatiga mos holda ixtisoslashuvini takomillashtirish, xo‘jaliklar faoliyatini qayta ishlash bo‘g‘inlari bilan to‘ldirish bo‘yicha Qashqadaryo viloyati qishloq tumanlari kesimida ishlab chiqilgan ilmiy asoslangan takliflar Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tizimida amaliyotga joriy qilingan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2018 yil 26 yanvardagi 03/15-31-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklarida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlarini o‘zaro uyg‘unlikda rivojlantirish, Qashqadaryo viloyatining tabiiy-iqlim sharoiti hamda er-suv resurslari salohiyatiga mos holda xo‘jaliklar ixtisoslashuvini tashkil etish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish