Urazbaev Ilxom Kenesbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Janubiy Qoraqalpog‘istonning sug‘oriladigan yerlarini gidromodul` rayonlashtirish va g‘o‘zanining maqbul sug‘orish tartibi”, 06.01.02-Meliorasiya va sug‘orma dehqonchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Qx889.
Ilmiy rahbar: Xamidov Muxammadxan Xamidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: “Toshkent irrigasiya va qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSs.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Mambetnazarov Bisenbay Satnazarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Xasanov Maqsud Ma’rifovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Irrigasiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubiy tumanlarining sug‘oriladigan yerlarini gidromodul` rayonlashtirish, zamonaviy GAT texnologiyasidan foydalanib, tumanlar kesimida gidromodul` rayonlashtirish elektron xaritalarini yaratish, asosiy gidromodul` rayon bo‘yicha g‘o‘zaning ilmiy asoslangan sug‘orish tartibini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Qoraqalpog‘iston Respublikasining janubiy xududini iqlim parametrlarini Birxillilik va T-testlaridagi taxlili asosida havo xaroratining 1,42°s ga oshganligi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubiy xududini 136,23 ming gektar sug‘oriladigan yerlarining tuproq va gidrogeologik sharoitlarini o‘rganish asosida 9 ta: I (0,55%), II (1,36%), III (0,28%), IV (4,98%), V (9,5%), VI (1,37%), VII (25,78%), VIII (34,37%) va IX (21,86%) gidpomodyl` payonlap bo‘yicha maydonlapi aniqlangan;
Zamonaviy GAT texnologiyasidan foydalanib, tumanlar kesimida sug‘oriladigan yerlarning gidromodul` rayonlari bo‘yicha elektron xaritalari yaratilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubiy xududidagi asosiy - VIII gidromodul` rayonda g‘o‘zadan 38,5 s/ga paxta hosili olish uchun g‘o‘zani sug‘orishdan oldingi tuproq namligini ChDNs ga nisbatan 70-80-60% da ushlab turib, 623-882 m3/ga sug‘orish me’yori bilan 4 marta 1-2-1 sxemada sug‘orish, bunda mavsumiy sug‘orish me’yori 2789-2867m3/ga bo‘lishi aniqlangan;
g‘o‘zani ilmiy asoslangan sug‘orish tartibida parvarishlashda uning hosildorligi 38,5 s/ga ni tashkil etib, hosilni sotishdan tushgan daromad 15549,7 ming so‘m/ga ni, jami xarajatlar 11459,0 ming so‘m/ga ni, shartli sof foyda 4090,7 ming so‘m/ga ni va rentabellik darajasi 35,7 % ni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Suv tanqisligi sharoitida Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubiy xududi sug‘oriladigan yerlarini gidromodul` rayonlashtirish, zamonaviy GAT texnologiyasi asosidagi gidromodul` rayonlashtirish elektron xaritalari va ishlab chiqilgan g‘o‘zani ilmiy asoslangan sug‘orish tartibini bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining natijalari asosida:
qishloq xo‘jaligida suv resyrslaridan samarali foydalanish maqsadida suvdan foydalanuvchilar va iste’molchilari uchun qo‘llanma sifatida “Janubiy Qoraqalpog‘istonning sug‘oriladigan yerlarini gidromodul` rayonlashtirish va g‘o‘zanining maqbul sug‘orish tartibi bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (QQR suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11 fevraldagi 02/11-3-36-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari, agroklasterlar, suvdan foydalanuvchilar va talabalar uchun suv tanqisligi sharoitida ulardan samarali foydalanishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi janubiy xududi sug‘oriladigan yerlarini gidromodul` rayonlar bo‘yicha maydonlari va zamonaviy GAT texnologiyasidan foydalanib yaratilgan elektron xaritalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidagi Qoraqalpog‘iston Meliorasiya ekspedisiyasi xamda “Nayman-Paxtaarna” ITB da tumanlar kesimida gidrogeologik xaritalarni va suvdan foydalanish rejalarini tuzishda foydalanilgan (QQR suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11 fevraldagi 02/11-3-36-son ma’lumotnomasi). Natijada xududning sug‘oriladigan yerlarida suv resurslarini boshqarish va ulardan samarali foydalanish hisobiga sug‘orish suvlarini 25% tejalishiga erishilgan;
g‘o‘zaning ilmiy asoslangan sug‘orish tartiblari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanidagi fermer xo‘jaliklarining 137,7 gektar sug‘oriladigan yerlarida joriy qilingan (QQR suv xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 11 fevraldagi 02/11-3-36-son ma’lumotnomasi). Natijada suv pesurslari 25 % tejalib, g‘o‘zadan 3-4 s/ga qo‘shimcha hosil olishga erishilgan.