Abduraxmanov Farrux Furkatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Erkaklardagi barvaqt eyakulyasiyani davolashning al`ternativ usullari», 14.00.31 – Urologiya (tibbiyot fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib702.
Ilmiy rahbar: Maxmudov A’zamjon Talatovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Furkat Raufovich, tibbiyot fanlari doktori; Yuldashev Fayzulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: «M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti» Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasining tibbiy tadqiqot va ta’lim markazi (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II. Tadqiqotning maqsadi: nazal sprey shaklidagi trisiklik antidepressantni (klomipramin gidroxlorid 2,5 mg) qo‘llash orqali barvaqt eyakulyasiyali erkaklarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
markaziy asab tizimida serotoninni qayta egallanishini ingibirlovchi klomipramin gidroxlorid dori vositasini intranazal yuborish orqali barvaqt eyakulyasiyani davolashning muqobil usuli ishlab chiqilgan;
klomipramin gidroxloridni intranazal yuborish terapevtik samaraning paydo bo‘lish davrini sezilarli darajada qisqartirishni, intravaginal eyakulyasiyaning yashirin vaqtini, shuningdek, barvaqt eyakulyasiyaning o‘zbek indeksini yaxshilanishini ta’minlashi aniqlangan;
klomipromin gidroxloridni intranazal yuborish usuli, dozani minimallashtirish hamda farmakologik samaraning boshlanish davrini tezlashtirish orqali, serotoninni selektiv qayta egallanishini ingibitorlari bilan solishtirganda, nojo‘ya ta’sirlar rivojlanishi ehtimolini kamaytirishi va jinsiy aloqa chastotasini oshirishi aniqlangan;
nazal sprey shaklidagi klomipromin gidroxloriddan foydalanish antidepressantlarni qo‘llash bilan birga keladigan nojo‘ya ta’sirlar sonining sezilarli darajada kamayishi bilan birga bemorlar uchun dozani minimallashtirishga imkon berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Barvaqt eyakulyasiyani davolashning muqobil usulini ishlab chiqish va klinik amaliyotga joriy etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Barvaqt eyakulyasiyani davolash usuli” ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2020 yil 16 dekabrdagi IAP 06388-sonli ixtiro uchun patenti). Taklif etilgan usul dori vositalarining terapevtik dozasini kamaytirish va mos ravishda ularning samaradorligini kamaytirmagan holda nojo‘ya ta’sirini kamaytirish imkonini bergan;
barvaqt eyakulyasiyali erkaklarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida ishlab chiqilgan “Klomipromin burun spreyi bilan erta eyakulyasiyani davolash” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 2 fevraldagi 08-02415-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar barvaqt eyakulyasiyani davolash uchun nazal spreylarni qo‘llash bo‘yicha ko‘rsatmalarni kengaytirishga, shuningdek, nojo‘ya ta’sirlar xavfini kamaytirish uchun turli yoshdagi shaxslarda klomipramin gidroxlorid dozalarini optimallashtirishga imkon bergan;
barvaqt eyakulyasiyani davolash sifatini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, “Respublika ixtisoslashtirilgan urologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi” davlat muassasasi Xorazm filialiga hamda Surxondaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 2 fevraldagi 08-02415-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy etish barvaqt eyakulyasiyani davolash usulini takomillashtirishga, preparatning dozasini minimallashtirishga, terapevtik ta’sirning boshlanish davrini qisqartirishga, nojo‘ya ta’sirlar chastotasini kamaytirishga va umuman olganda, davolash sifatini oshirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish