Tolibayev Alpisbay Yerjanbayevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga minimal ishlov beradigan va takroriy ekinlar urug‘larini ekadigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqishning ilmiy-texnik yechimlari», 05.07.01 – Qishloq xo’jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo’jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro’yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/T550.
Ilmiy maslahatchi: Toshboltayev Maxamad Tojaliyevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko’rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Auezov Ongarbay Pirleshovich, texnika fanlari doktori, professor; Xudayarov Berdirasul Mirzayevich, texnika fanlari doktori, professor; Turdaliyev Voxidjon Maxsudovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «BMKB-Agromash» AJ.
Dissertatsiya yo’nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi takroriy ekinlar urug‘larini aniq miqdorlarda ekishda ish sifati va unumini oshirish hamda energiya-resurstejamkorlikni ta’minlash uchun bir o‘tishda pushtaning tepa qismiga yo‘l-yo‘l ishlov berish va urug‘larni aniq miqdorlarda uyalab va punktir usulda ekishni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kombinatsiyalashgan agregatning konstruktiv sxemasi pushta tepa qismini mayin qilib tayyorlanishi keyin urug‘larni aniq ekilishi hisobga olinib ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan agregat yassi diski, o‘qyoysimon panjasi, tekislagichi va rotatsion yumshatkichlari parametrlarining o‘zgarish chegaralari ularning tuproq bilan o‘zaro ta’sirlashish jarayonlarini ifodalovchi analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
kombinatsiyalashgan agregat pushta tepasiga ishlov beradigan va ekish seksiyalarining agrotexnik va energetik ko‘rsatkichlari ularning tuproqqa ishlov berish va ekish sifatiga ta’sirini baholovchi mos regressiya tenglamalarini birgalikda yechish orqali aniqlangan;
ekish diskining konstruktiv parametrlari va ish rejimlari hamda undagi so‘ruvchi teshiklarning joylashish sxemasi urug‘larning fizik-mexanik xossalari va o‘lcham-massaviy tavsiflarini hisobga olgan holda asoslangan;
agregatning harakat tezligi, ekish diskining so‘ruvchi teshiklari markazlari bo‘yicha diametrlari, ularning o‘zaro joylashishi, urug‘larning tushish burchaklari va teshiklar qadamlari ekish aniqligi, urug‘lar orasidagi masofa va sifatli uyalar hosil bo‘lishini hisobga olgan holda aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bug‘doydan bo‘shagan maydonlarga minimal ishlov beradigan va takroriy ekinlar urug‘larini ekadigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqishning ilmiy-texnik yechimlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Kombinatsiyalashgan agregatga dastlabki talablar va texnik topshiriq ishlab chiqilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 avgustdagi 07/24-04/5227-son ma’lumotnomasi). Natijada “Agregat zavodi” AJda pushta tepasiga minimal ishlov berib, takroriy ekinlar urug‘ini aniq miqdorlarda ekadigan kombinatsiyalashgan agregatning tajriba nusxasi tayyorlangan va uning sinovlari o‘tkazilgan.
Ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan agregatning tajriba nusxasi 2015-2020 yillarda Toshkent viloyati, Yangiyo‘l va Quyichirchiq tumanlari fermer xo‘jaliklari, institut tajriba xo‘jaligi dalalarida hamda Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatsiyalash va sinash markazida keng xo‘jalik sinovlaridan o‘tgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 avgustdagi 07/24-04/5227-son ma’lumotnomasi). Natijada takroriy ekinlarni ekishda mehnat sarfi 22,5 foizga va har bir gektar maydonga sarflanadigan ekspluatatsiya xarajatlari 16,7 foizga kamaygan.
Kombinatsiyalashgan agregatning sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) «BMKB-Agromash» AJda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 3 avgustdagi 07/24-04/5227-son ma’lumotnomasi). Natijada asoslangan parametrlarga ega bo‘lgan kombinatsiyalashgan agregatni sanoat usulida ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.