Mannanov Javlonbek Jamoliddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Ikkilamchi adentiyali koronovirus infeksiyasini kechirganlarga dental implantat o‘rnatishga kompleks yondashuv», 14.00.21-Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib2136
Ilmiy rahbar: Pulatova Barno Juraxanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01
Rasmiy opponentlar: Yusupov Ruslan Dokkaevich tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi-Pyatigorsk); Amanullaev Rustam Azimjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D.Asfendiyarov nomli Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Ikkilamchi to‘liq yoki qisman adentiyali koronovirus infeksiyasini kechirganlarga klinik, laborator va funsional mezonlar asosida davolashda tish implantatsiyasidan foydalanishning maqsadga muvofiqligini asoslash va samaradorligini baholashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ilk bor Covid-19 o‘tkazgan bemorlarda tish implantatsiya jarroxlik amaliyotini rejalashtirishda yuqori jag‘ning suyak zichligi 300 N birlikdan kamligi, imlantat stabilizatsiyasini ortimal nisbati 35 Nsm ga, pastki jag‘ning suyak zichligi 450 N birlikdan kamligi, imlantat stabilizatsiyasini ortimal nisbati 45 Nsm bo‘lishi asoslangan;
ilk marotaba engil va o‘rta darajada koronavirus infeksiyasini kechirgan adentiyali bemorlarda gemostaz ko‘rsatgichlaridan D-dimer 245 ng/ml, fon Villebrand omili 101% gacha pasayishi dental implantatsiyani o‘tkazish uchun asos bo‘lishini isbotlangan;
koronovirus infeksiyasini kechirgan bemorlarda o‘tkazilgan dental implantatsiya amaliyotidan keyin reabilitatsiya davrida kombinatsiyalashgan osteotrop terapiyani qo‘llanishi implantat atrofi mikrotomirlarning rekonvalissensiya xolatini me’yorlashishi asoslangan.
ilk bor koronovirus infeksiyasini kechirgan bemorlarda jag‘ suyaklarining zichlik darajalariga ko‘ra implantat atrofi osteointegratsiya sog‘lom bemorlarga qaraganda 1,2 marta sekin kechishi ilmiy isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ikkilamchi adentiyali koronavirus infeksiyasini kechirganlarga dental implantat o‘rnatishga kompleks yondashuv bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
koronavirus infeksiyasini kechirganlarni dental implantatsiyaga tayyorlashga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Koronavirus infesiyani kechirgan bemorlarni dental implantatsiyaga operatsiyadan oldingi tayyorlash” nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 26 sentabrdagi 8n-r/1033-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma ilgari koronavirus patologiyasini kechirgan ikkimlamchi adentiyali bemorlarda dental implantatsiyasini o‘tkazishga operatsiyadan oldingi tayyorlarlikni va kompleks yondashuvni takomillashtirish imkonini bergan;
Covid-19ni kechirgan ikkilamchi adentiyali bemorlarni implantatsiya oldidan tekshirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan “Covid -19 kechirgan ikkilamchi adentiyali bemorlarni implantatsiya oldidan tekshirish” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 29 sentabrdagi 8n-r/1043-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma implantatsiyadan oldingi tekshiruvni o‘tkazishda implantatsion davolash samaradorligini oshirish, davolash muddatini va jag‘larning ikkilamchi adentiyasili bemorlarni reabilitatsiyasini qisqartirish, bemorlarda yuz-jag‘ sohasining anatomik va funksional yaxlitligini tiklash va hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.
Covid-19 o‘tkazgan bemorlarda ikkilamchi adentiyani davolashda dental implantatsiyasini rejalashtirishga kompleks yondashuvni takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Qashqadaryo shahar stomatologiya poliklinikasi, shuningdek, Toshkent shahar “Beauty dent” MChJ amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 09 noyabrdagi 8n-d/599-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi koronavirus patologiyasini kechirgan adentiyali bemorlarni jarrohlik davolash sifatini oshirish, hayot sifatini yaxshilash, rejalashtirish, operatsiyadan oldingi tayyorgarlikda tavsiya etilgan kompleks yondashuvni qo‘llanilishi dental implantatsiyaning klinik samaradorligini oshirish, bemorlarni kelgusida muvaffaqiyatli protezlash uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish imkonini bergan.