Abdullaev Botirjon Dadajonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qurg‘oqchilik hududlarida er osti suvlarining neft` mahsulotlari bilan ifloslanishi xususiyatlari va uning monitoring uslublari», 04.00.04–Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/GM6.
Ilmiy maslahatchi: Sherfedinov Lenzi Zeker`yaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.03.04 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Irgashev Yuldashbay, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor; Saloxiddinov Abdulxakim Temurxo‘jaevich, texnika fanlari doktori, professor; Xusanov Sultanboy To‘xtaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Seysmologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: qurg‘oqchilik hududlarida er osti suvlarining neft` mahsulotlari bilan ifloslanishini o‘ziga xos xususiyatlari va uning monitoring uslublarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor yirik basseyn tarkibidagi (gidrogeologik tizimdan katta) zamonaviy suv almashuvining strukturali yarusidagi er osti suvlarining neft` mahsulotlari bilan ifloslanishi xarakterlangan;
o‘zgaruvchan massa bilan oqim modeli shaklida neft` mahsulotlarining o‘zgarishi va harakatining yangi versiyadagi (tarkibiy qismlari ommaviy oqim va mahsulotlar og‘irligi bilan hisoblanadi) modeli ishlab chiqilgan;
katta Farg‘ona basseyni zamonaviy suv almashuv strukturali yarusining er osti suv tizimlarini ko‘rsatadigan, ifloslanish manbalarining joylanishi va ularning suv ob’ektlariga ta’sirini aks ettirgan miqyosi 1:200 000 o‘lchamda yangi uslubdagi xaritasi (sxemasi) ishlab chiqilgan;
Farg‘ona vodiysidan chiqayotgan neft` mahsulotlarining Sirdaryoning o‘rta oqimi suvlariga qo‘shilishining baliqchilik xo‘jaligi uchun mo‘’tadil me’yoriy ko‘rsatkichlardan oshishi zararlarining ahamiyati baholangan;
qo‘riqlanadigan ob’ektlarni va ifloslantirish manbalarini birgalikda boshqarish imkonini beruvchi neft` mahsulotlari bilan ifloslangan er osti suvlari tizimlari, er va suv manbalarini tozalash hamda ularni monitoring qilishni takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurg‘oqchil hududlarda er osti suvlarining neft` mahsulotlari bilan ifloslanishini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan o‘zgaruvchan massa bilan oqim modeli Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi MChJ amaliyotida joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2018 yil 13 martdagi 02-14/1-26-1496-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona viloyatining Oltiariq-Besholish er osti suvlari konlarining moyli neft` mahsulotlari bilan ifloslanish maydonlarining 4,5 km2, erigan neft` mahsulotlarining ifloslanish maydonlarining 25 km2 dan oshganligini aniqlash imkonini bergan;
neft` mahsulotlari bilan ifloslangan er osti suv tizimlari, suv ob’ektlari va erlarni monitoring qilish hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi MChJ amaliyotida joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2018 yil 13 martdagi 02-14/1-26-1496-son ma’lumotnomasi). Natijada zavod atrofi er osti suvlari ustidagi qalinligi 1–1,5 metrdan iborat bo‘lgan neft` mahsulotlari qatlamini 1 santimetrgacha qisqartirish imkonini bergan;
katta Farg‘ona basseyni zamonaviy suv almashuv strukturasi yarusining er osti suv tizimini ko‘rsatadigan, ifloslanish manbalari joylashishi va ularning suv ob’ektlariga ta’sirini aks ettiradigan miqyosi 1:200 000 o‘lchamdagi yangi uslubda ishlab chiqilgan harita sxemasi «Farg‘ona gidrogeologik ekspedisiyasi» DKning monitoring ob’ektlarida joriy etilgan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2018 yil 9 martdagi 04-640-son ma’lumotnomasi). Natijada ifloslantirish ob’ektlarining lokal monitoringi tizimini yaratish imkonini bergan;
neft` mahsulotlari bilan ifloslangan er osti suv tizimlari, suv ob’ektlari va ularni monitoring qilish bo‘yicha tavsiyalar «Farg‘ona gidrogeologik ekspedisiyasi» DKning monitoring ob’ektlarida joriy etilgan (Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasining 2018 yil 9 martdagi 04-640-son ma’lumotnomasi). Natijada er osti suvlarining neft` mahsulotlari bilan ifloslanishini dastlabki bosqichda aniqlash va ularning oldi olishning takomillashgan tizimini ishlab chiqish imkonini bergan.