Turayeva Gulnoz Ergashevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3465.
Ilmiy rahbar: Mahmudov Yusup G‘aniyevich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Olimov Shirinboy Sharopovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Abdullayeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha predmetli-metodik tayyorgarlik darajasi sifati va samaradorligini oshirishning imkoniyatlari pedagogik dasturiy vositalar asosida takomillashtirish bosqichlari tashkiliy-tuzilmaviy komponentlarining didaktik imkoniyatlari integrativ yondashuv asosida tashkil etish xususiyatlariga bog‘liq holda aniqlashtirilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda elektron dasturiy vositalardan foydalanish samaradorligini, o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari (motivatsiyali, qadriyatli, kognitiv – faoliyatli, shaxsiy – refleksiv) hamda psixologik va motivatsiyali, faoliyatli yondashuvlar asosida takomillashtirilgan;
innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga oid axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modelining tuzilishi (kognitiv, texnologik, kreativ, konctruktiv) va bocqich (konseptual, texnologik, operatsion, amaliy)lari tayanch, texnologik hamda amaliy malaka darajasini baholash mezonlari improvizatsiya va refleksivlik prinsiplariga ustivorlik berish asosida ishlab chiqilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanib odob-axloq sifatlarini (imon, e’tiqod, sabr, qanoat, muhabbat, sadoqat, samimiyat, adolat) oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tuzilmasi muhaddis olimlarning ilmiy merosidagi pedagogik ta’sir vositalari tarkibini (hamkorlik, modulli, loyihalovchi, rivojlantiruvchi, faoliyatli) amaliyotga joriy etish mexanizmiga kiritish orqali takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha predmetli-metodik tayyorgarlik darajasi sifati va samaradorligini oshirishning imkoniyatlari pedagogik dasturiy vositalar asosida takomillashtirish bosqichlari tashkiliy-tuzilmaviy komponentlarining didaktik imkoniyatlari integrativ yondashuv asosida tashkil etish xususiyatlariga bog‘liq holda aniqlashtirishga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli amaliy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022-yil 3-dekabrdagi 04/11-7788-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanishga oid mavzularni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, sifati va samaradorligini oshirishga erishilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda elektron dasturiy vositalardan foydalanish samaradorligini, o‘zaro bog‘liqlik darajasini belgilovchi kasbiy pedagogik refleksiya ko‘rsatkichlari (motivatsiyali, qadriyatli, kognitiv – faoliyatli, shaxsiy – refleksiv) hamda psixologik va motivatsiyali, faoliyatli yondashuvlar asosida takomillashtirilgan tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 15-iyundagi 02-07-1618/04-son ma’lumotnomasi) Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanishni maqsad va vazifalari, sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalash samaradorligini oshirish imkoniyatlarini tashkil etishga erishilgan;
innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashga oid axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish modelining tuzilishi (kognitiv, texnologik, kreativ, konctruktiv) va bocqich (konseptual, texnologik, operatsion, amaliy)lari tayanch, texnologik hamda amaliy malaka darajasini baholash mezonlari improvizatsiya va refleksivlik prinsiplariga ustivorlik berish asosida ishlab chiqilgan takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 15-iyundagi 02-07-1618/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning psixologik-pedagogik jihatlarini va zaruriyatini tadqiq etish imkoni yaratilgan;
bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda axborot texnologiyalaridan foydalanib odob-axloq sifatlarini (imon, e’tiqod, sabr, qanoat, muhabbat, sadoqat, samimiyat, adolat) oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tuzilmasi muhaddis olimlarning ilmiy merosidagi pedagogik ta’sir vositalari tarkibini (hamkorlik, modulli, loyihalovchi, rivojlantiruvchi, faoliyatli) amaliyotga joriy etish mexanizmiga asoslangan holda takomillashtirilgan ma’lumotlar O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan PZ-20170929789 raqamli “O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni takomillashtirish mexanizmlarini ishlab chiqish” nomli loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2022-yil 15-iyundagi 02-07-1618/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak o‘qituvchilarni sog‘lom tarbiyalashga oid murakkab mavzularni axborot texnologiyalari asosida o‘rganishga sharoit yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish