Saidov Jaxongir Egamberdievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Epixlorgidrin bilan geterohalqali birikmalar asosida depressant prisadkalar olish texnologiyasi», 02.00.08 – Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/T1512.
Ilmiy rahbar: Urinov Ulugbek Komiljonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, DSc.03/28.02.2022.T.101.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Olim Rustamovich, texnika fanlari doktori, professor; Azimova Shodiyaxon Abrarovna, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: “O’ZLITINEFTGAZ” AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: dizel yoqilg‘isining quyi haroratli xossalarini yaxshilovchi epixlorgidrin va geterohalqali birikmalar asosida prisadkalar sintez qilish va ularning sanoat miqyosida ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor N-morfolin-3-xlorizopropilakrilat va stirol asosidagi sopolimerlar sintezi ilmiy asoslangan;
dizel yoqilg‘isi uchun depressor xususiyati namoyon qiluvchi prisadka olishda sopolimerlanish jarayonining maqbul rejimi – N-morfolin-3-xlorizopropilakrilat va stirol 1:1 mol` nisbatda, harorat 75oS va vaqt davomiyligi 3 soatga tengligi aniqlangan;
sopolimer unumi va molekulyar massasiga turli omillar ta’siri orasidagi bog‘liqliklar qonuniyatini nazariy baholashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
N-morfolin-3-xlorizopropilakrilat va stirol asosidagi sopolimerlarning dizel yoqilg‘isiga ta’sir qilishi ilmiy asoslangan;
dizel yoqilg‘isining quyi haroratli xossalarini yaxshilovchi N-morfolin-3-xlorizopropilakrilat va stirol asosida prisadka olishning ilmiy-texnologik aspekti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Dizel yoqilg‘isining quyi haroratli xossalarini yaxshilovchi N-morfolin-3-xlorizopropil-akrilat bilan stirol va metakril kislota asosida depressor prisadkalar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sintez qilingan sopolimer prisadkalar «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi» MChJda amaliyotga joriy qilingan (Sanoat Energetika Guruhi (Saneg)ning 2022 yil 6 sentyabrdagi 001/2089-son ma’lumotnomasi). Natijada, namuna sifatida olingan prisadkaning 0,3% li eritmasi dizel yoqilg‘isining qotish haroratini -14 dan -25 oS gacha, fil`trlanish chegaraviy haroratini -10 dan -23 oS gacha tushirish imkonini bergan;
N-morfolin-3-xlorizopropilakrilat bilan stirol va metakril kislota asosidagi prisadkalar «Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi»ning “amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli rejalar ro‘yxati”ga kiritilgan (Sanoat Energetika Guruhi (Saneg)ning 2022 yil 6 sentyabrdagi 001/2089-son ma’lumotnomasi). Natijada, O`zDTs 1134:2018 standarti asosida tekshirilganda dizel yoqilg‘isining fizik-kimyoviy xossalariga salbiy ta’sir etmasdan faqat qotish haroratini -14 dan -25 oS gacha pasaytirish imkonini beradi.