Kurbonova Feruza Nurullayevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Apis Mellifera jonsiz asalaridan O- karboksimetilxitozan olinishi va ularning fizik-kimyoviy xossalarini o‘rganish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/K590.
Ilmiy rahbar: Ixtiyarova Gulnora Akmalovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasalar nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: «Toshkent innovatsion kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti» MChJ, PhD.23/30.07.2022.K/T.150.01.
Rasmiy opponentlar: Sidikov Abdujalol Sidikovich, kimyo fanlari doktori, professor; Maksumova Oyto‘ra Siddikovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo Apis Mellifera jonsiz asalaridan suvda eruvchan O- karbokimetilxitozan olish va uing fizik-kimyoviy xossalarini hamda biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor jonsiz Apis Mellifera xitozanidan suvda eruvchan O-karboksimetilxitozan sintez qilingan va uning optimal sharoitlari, natriy gidroksid konsentratsiyasi, alkillashtiruvchi vositaning nisbati, jarayonning harorati, davomiyligi va kinetik parametrlari aniqlangan;
Apis Mellifera O-karboksimetilxitozanning faza va elektron strukturasini o‘rganish yo‘li bilan birinchi marta xitozanning O-karboksimetillanish reaksiyasi mexanizmi yaratilgan;
ilk bor jonsiz Apis Mellifera xitozanidan ajratib olingan suvda eruvchan O-karboksimetilxitozanning molekulyar massaviy xususiyatlari viskozimetriya usulida aniqlangan va almashinish darajasi konduktometriya usulida isbotlangan.
Apis Mellifera O-karboksimetilxitozan asosida kuygan yaralar uchun import o‘rnini bosuvchi antioksidant xususiyatlarga ega bo‘lgan malhamlar tayyorlangan va oq zotsiz kalamushlarda sinovdan o‘tkazilgan hamda foydali modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Apis Mellifera jonsiz asalari asosida O-karboksimetilxitozan sintez qilish va uning fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Apis Mellifera nobud bo‘lgan asalaridan ajratib olingan xitozanning suvda eruvchan hosilasi- O-karboksimetilxitozan sintez qilish sharoitlari №PZ-202012254 “Xitozan metallokomplekslari asosida parrandalar osteoporoz va osteomalyasiya kasalligining oldini olish va davolash uchun preparatlar olish texnologiyasini ishlab chiqish” innovatsion loyihasida Bombyx moridan ajratib olingan karboksimetilxitozan bilan solishtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 23 dekabrdagi 4/1255-3229-son ma’lumotnomasi). Natijada, asalaridan olingan O-karboksimetilxitozanning biologik faolliginu oshlrish imkonini bergan;
O-KMXZ ning biologik faolligi hamda u asosida olingan plyonkalar №PZ-202012254 “Xitozan metallokomplekslari asosida parrandalar osteoporoz va osteomalyasiya kasalligining oldini olish va davolash uchun preparatlar olish texnologiyasini ishlab chiqish” innovatsion loyihada xitozan bilan qiyoslashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2022 yil 23 dekabrdagi 4/1255-3229-son ma’lumotnomasi). Natijada, tut ipak qurti Bombyx mori dan ajratib olingan xitozandan ko‘ra O-Karboksimetilxitozan qo‘llanilganda kuyish oqibatida kelib chiqadigan jarohatlar 2-3 kunda tezroq bitish imkoniyati yaratilgan.