Umarov Nurali Shermatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Davlat er kadastrini GAT texnologiyalari asosida kartografik ta’minlashning ilmiy asoslarini yaratish”, 11.00.06 – “Geodeziya. Kartografiya” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2174
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Muradullaev Nasriddin, texnika fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Dissertatsiya Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy Kengash.
Rasmiy opponentlar: geografiya fanlari doktori, professor Abbasov Subxon Burxonovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent Abdullaev To‘lqin Mansurovich.
Yetakchi tashkilot: Islom Karimov nomidagi Toshkent texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat er kadastrini GAT texnologiyalari asosida geodezik va kartografik ta’minlashning ilmiy asoslarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
masofadan zondlash, GAT texnologiyalari va kartografik usullar asosida raqamli er kadastr kartalarini yaratish va yangilashning texnologik jarayonlari takomillashtirilgan;
er kadastri ob’ektlarining geoma’lumotlar bazasidagi vektor qatlamlarni KML va KMZ format birligi asosida “Google Earth Pro” dasturiga integratsiya qilish orqali onlayn er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazish va er monitoringini yuritish tartibi ishlab chiqilgan;
geodezik dala o‘lchash natijalari va uch o‘lchamli er kadastr kartalari asosida qavariq hamda botiq yuzalarni hisoblashning matematik modeli yaratilgan; 
er maydonlarining uch o‘lchamli modelini yaratish va miqdor ko‘rsatkichlarini hisoblash jarayoni “ArcGIS” dasturining “Model Builder” modulini qo‘llash orqali avtomatlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Davlat er kadastrini GAT texnologiyalari asosida kartografik ta’minlashning ilmiy asoslarini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
masofadan zondlash, GAT texnologiyalari va kartografik usullar asosida raqamli er kadastr kartalarini yaratish va yangilash texnologiyasidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining Samarqand viloyati boshqarmasida va Bulung‘ur tuman bo‘limida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 06-09226-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu texnologiya asosida uch o‘lchamli er kadastr kartalarini tezkor ravishda yaratish va yangilash imkoniyati paydo bo‘lgan;
er kadastri ob’ektlarining geoma’lumotlar bazasidagi vektor qatlamlarni KML va KMZ format birligi asosida “Google Earth Pro” dasturiga integratsiya qilish orqali onlayn er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazish va er monitoringini yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi  Kadastr agentligining Samarqand viloyati boshqarmasida va Bulung‘ur tuman bo‘limida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 06-09226-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, er maydonlarini yo‘qlamadan o‘tkazish va er monitoringini yuritishning iqtisodiy samaradorligi oshirilgan;
geodezik dala o‘lchash natijalari va uch o‘lchamli kadastr kartalari asosida qavariq va botiq yuzalarni hisoblashning matematik modeli O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi  Kadastr agentligining Samarqand viloyati boshqarmasida va Bulung‘ur tuman bo‘limida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi  Kadastr agentligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 06-09226-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu matematik modelni tatbiq qilish natijasida er hisobini yuritish uslubi takomillashtirilgan;
er maydonlarining uch o‘lchamli modelini yaratish va miqdor ko‘rsatkichlarini hisoblash jarayoni “ArcGIS” dasturining “Model Builder” modulini qo‘llash orqali avtomatlashtirilganligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi  Kadastr agentligining Samarqand viloyati boshqarmasida va Bulung‘ur tuman bo‘limida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2022 yil 24 oktyabrdagi 06-09226-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu avtomatlashtirilgan tizim er hisobi to‘g‘risidagi tezkor ma’lumotlarni olish samaradorligini oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish