Dustova Nigora Kaxramonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Differensirovannie prediktori ul`trazvukovix i morfologicheskix narusheniy fetoplatsentarnogo kompleksa u beremennix, perenesshix koronavirusnuyu infeksiyu», 14.00.02 – Morfologiya; 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.DSc/Tib622.
Ilmiy maslaxatchilar: Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, DSc.04/30.04.2022.Tib.93.01.
Rasmiy opponentlar: Zakirova Nargiza Baxodirovna, tibbiyot fanlari doktori; Zufarova Shaxnoza Alimjanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Izranov Vladimir Aleksandrovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «N.N. Burdenko nomidagi Voronej davlat tibbiyot universiteti» (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: COVID-19 koronavirus infeksiyasini kechirgan homiladorlarda platsenta, homila va fetoplatsentar kompleksining ultratovush, morfologik prediktorlarini differensial taxlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba morfologik tadqiqotlar asosida SARS-CoV-2 infeksiyasidan keyin yo‘ldoshda struktur birliklarida so‘rg‘ichlarning tabaqalashish jarayonining buzilishi, to‘liq rivojlanmagan, tartibsiz joylashgan so‘rg‘ichlarning rivojlanishi hamda vaskulogenez, ya’ni qon tomirlari shakllanishining buzilishi kabi patologik holatlar rivojlanishi sababli fetoplatsentar tizim etishmovchiligi yuzaga kelishi isbotlangan;
immunogistoximiya tekshirishlar asosida ilk marotaba, SARS-CoV-2 infeksiyai bilan infisirlanish platsenta so‘rg‘ichlarida, kindik tizimchasi va amnionda virusning S-oqsiliga, angiotenzin-konvertatsiya qiluvchi ferment-2 (ACE2), shuningdek, transmembranali serin proteaza 2 (TMPRSS2) nisbatan paydo bo‘lgan antitanachalarga immunmusbat reaksiya borligi isbotlangan.
ilk marotaba mmunogistoximiya tekshirishlar asosida, SARS-CoV-2 infeksiyasi bilan infisirlanish natijasida kindik tizimchasi va so‘rg‘ichlararo qon tomirlarida fibrinoid massalarning to‘planishi, tromb paydo bo‘lishi bilan birga, maxalliy immun-yallig‘lanish holatlarining ham yuzaga kelishi aniklangan;
3D energetik doppleroangiografik tekshiruvlar koronavirus infeksiyasiga chalingan homiladorlarda platsenta tomirlarida qon oqimining 1,3 marotaba kamayishi, bachadon va kindik arteriyalarida dopplerometrik ko‘rsatkichining 1,2 marotaba ko‘payishi fetoplatsentar tizim qon aylanishi buzilishini bashorat qilish samaradorlini oshirishi aniqlangan;
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan homiladorlarda fetoplatsentar kompleksning funksional holati va gemostaz tizimi ko‘rsatkichlari darajasining o‘zgarishi bilan bog‘liq akusherlik asoratlari rivojlanishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlarni oldini olish tamoyillarini klinik va patogenetik asoslash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga asosida:
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan homilador ayollarda homila-platsenta etishmovchiligini davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan homilador ayollarda homila-platsenta etishmovchiligini prognoz qilish usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 5-apreldagi 8n-r/305-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma koronavirus infeksiyasiga chalingan homiladorlarda homila rivojlanishini boshqarish taktikasini ishlab chiqish imkonini berdi;
koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan homilador ayollarni davolash bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan “Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan homilador ayollarni davolash algoritmi” uslubiy tavsiyalari tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022-yil 5-apreldagi 8n-r/306-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma koronavirus infeksiyasiga chalingan homiladorlarda yuqori xavf omillari bilan bog‘liq homiladorlik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
tadqiqotning ilmiy natijalari koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan homiladorlarda akusherlik va perinatal asoratlarni tuzatishning oldini olish tamoyillarining klinik va patogenetik asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotga, jumladan, Buxoro viloyati Peshqun tuman markaziy shifoxonasi, Vobken tumani tibbiyot birlashmasi, Romitan tumani tibbiyot birlashmasi va Buxoro tumani markaziy shifoxonasi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 11 maydagi 8n-z/274 sonli xulosasi). Natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan homiladorlarda homiladorlik va tug‘ruqni boshqarish taktikasini ishlab chiqish, asoratlar rivojlanishini bashorat qilish, davolash taktikasini aniqlash, homiladorlikning asoratlarini kamaytirish, kasallikning asoratlanishini kamaytirish hisobiga akusherlik va perinatal yo‘qotishlarni kamaytirish, ularning statsionarda davolanish kunlarini qisqartirish hisobiga tibbiy yordam sifatini oshirish imkonini bergan.