Xasanov Sardor Xazratkulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Mintaqa iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati misolida)», 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2287.
Ilmiy rahbar: Mamatov Axmetjon Atajanovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Xidirova Gavxar Rustamovna, iqticodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot:  Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotning beqarorligi, ichki va tashqi muhit dinamizmini o‘sishi sharoitida Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy xavfsizligi ta’minlash mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning moliyaviy, ijtimoiy, kadrlar, resurslar, sanoat, innovatsion xavfsizlik jarayonlarini o‘zaro kelishuv asosida integratsiyasini ta’minlashning innovatsion yondashuvi taklif qilingan;
Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash dasturlarining nano, mini, mikro, mezo, makro, meta, multi darajadagi tarkibiy tuzilmasi natijadorlik-muhimlik usuli asosida takomillashtirilgan;
Qapshi tumani yuqopi, Kocon tumani normal, Mipishkop tumani depressiv va qolgan tumanlap inqiroz oldi darajada ekanligi tarkibiy o‘rtacha darajalardan foydalanib  kichik va o‘rta biznes, sanoat, agroklasterlar, xizmatlar sohasini rivojlantirishning kompleks-integratsion yondashuvi taklif qilingan;
Qashqadaryo viloyati iqtisodiy xavfsizligini ta’minlovchi asosiy ko‘rsatkichlarining 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqada iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning moliyaviy, ijtimoiy, kadrlar, resurslar, sanoat, innovatsion xavfsizlik jarayonlarini o‘zaro kelishuv asosida integratsiyasini ta’minlashning innovatsion yondashuvi Qashqadaryo viloyati hokimining 2022 yil 7 apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 259-4-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 15 noyabrdagi 80-39-12957-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqaning iqtisodiy, siyosiy, huquqiy mexanizm va instrumentlari asosida uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning shart-sharoitlari, mezonlari va mazmun-mohiyatini ifoda etuvchi ilmiy-nazariy konsepsiyalar rivojlantirilgan;
Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash dasturlarining nano, mini, mikro, mezo, makro, meta, multi darajadagi tarkibiy tuzilmasi natijadorlik-muhimlik usuli asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimining 2021 yil 7 iyundagi “Ilm-fan sohasida davlat siyosati va innovatsion rivojlantirishdagi davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 251-4-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 15 noyabrdagi 80-39-12957-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning yalpi zaruriy shart-sharoitlarini ilmiy-amaliy asoslari ochib berilgan;
Qapshi tumani yuqopi, Kocon tumani normal, Mipishkop tumani depressiv va qolgan tumanlap inqiroz oldi darajada ekanligi tarkibiy o‘rtacha darajalardan foydalanib  kichik va o‘rta biznes, sanoat, agroklasterlar, xizmatlar sohasini rivojlantirishning kompleks-integratsion yondashuvi Qashqadaryo viloyati hokimining 2022 yil 2 fevraldagi “Viloyatda ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 72-4-0-Q/22-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 15 noyabrdagi 80-39-12957-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyatning inqiroz oldi tumanlarida kichik va o‘rta biznes, sanoat, agroklasterlar, xizmatlar sohasini rivojlantirish bo‘yicha yo‘l xaritalari ishlab chiqilgan; 
Qashqadaryo viloyati iqtisodiy xavfsizligini ta’minlovchi asosiy ko‘rsatkichlarining 2023-2027 yillarga mo‘ljallangan prognoz qiymatlari yuzasidan takliflar Qashqadaryo viloyati hokimining 2021 yil 21 avgustdagi “Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishda iqtisodiy tadqiqotlar sifati va rolini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 433-4-0-Q/21-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2022 yil 15 noyabrdagi 80-39-12957-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi O‘zbekiston Strategiyasida belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari doirasida  Qashqadaryo viloyatining 2022 yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini shakllantirishda 7 trln. 114 mlrd.so‘mlik 908 ta innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish jarayonida foydalanilgan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish