Tuxtarova Maftuna Yo‘ldashboy qizi
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon


I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonni innovatsion rivojlantirish sharoitida mulkiy sug‘urtalash amaliyotini takomillashtirish”, 08.00.07 - “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1804.
Ilmiy rahbar: Zoirov Laziz Subxonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘rayev Abdug‘affor Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Olimjonov Odil Olimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mulkiy sug‘urtalash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta hodisalari ro‘y berganda sug‘urta qoplamasini to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda bajarish maqsadida mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasining 0,13 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash taklif etilgan;
sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchiga sug‘urta xizmati uchun to‘lanadigan sug‘urta mukofotining 0,15 foizdan 4 foizgacha bo‘lgan miqdorda sug‘urtalanuvchining zarari uchun sug‘urta qoplamasini to‘lash muddatini 15 bank kunidan 10 bank kuniga qisqartirish asoslangan;
eksport shartnomalarini sug‘urta qilishda sug‘urtalanuvchi bankrot deb tan olinganligi isboti taqdim etilganidan so‘ng sug‘urta to‘lovini to‘lab berish muddatini 30 kun etib belgilash taklif etilgan;
transport vositasining ixtiyoriy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lash muddatini transport vositasi o‘g‘irlanish natijasida zarar yetkazilganda 30 bank kuni, boshqa holatlarda 20 bank kuni etib belgilash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida mulkiy sug‘urta amaliyotinitakomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
sug‘urta hodisalari ro‘y berganda sug‘urta qoplamasini to‘lash bo‘yicha majburiyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq miqdorda bajarish maqsadida mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasini belgilash taklifi «ALSKOM» aksiyadorlik jamiyati sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 18 maydagi mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasini belgilashda foydalanilgan («ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 21 iyundagi  04-990-son ma’lumotnomasi). Natijada 2020 yilda kompaniya tomonidan mulk sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasining 0,13 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilangan;
sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchiga sug‘urta xizmati uchun to‘lanadigan sug‘urta mukofotining foizini oshirish va sug‘urtalanuvchining zarari uchun sug‘urta qoplamasini to‘lash muddatini qisqartirish taklifi «ALSKOM» aksiyadorlik jamiyati sug‘urta kompaniyasining 2021 yil 18 maydagi sug‘urtalovchiga sug‘urta xizmati uchun to‘lanadigan sug‘urta mukofotining foizini hamda sug‘urtalanuvchining zarari uchun sug‘urta qoplamasini to‘lash muddatini belgilashda foydalanilgan («ALSKOM» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 21 iyundagi  04-990-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, sug‘urta qildiruvchi tomonidan sug‘urtalovchiga sug‘urta xizmati uchun to‘lanadigan sug‘urta mukofotining 0,15 foizdan 4 foizgacha bo‘lgan miqdorda sug‘urtalanuvchining zarari uchun sug‘urta qoplamasini to‘lash muddatini 15 bank kunidan 10 bank kuniga qisqartirishga erishilgan;
eksport shartnomalarini sug‘urta qilishda sug‘urtalanuvchi bankrot deb tan olinganligi isboti taqdim etilganidan so‘ng sug‘urta to‘lovini to‘lab berish muddatini belgilash taklifi «Euroasia Insurance» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 7 dekabrdagi eksport shartnomalarida foydalanilgan («Euroasia Insurance» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 15 iyuldagi 1003-son ma’lumotnomasi). Natijada, eksport shartnomalarini sug‘urta qilishda sug‘urtalanuvchi bankrot deb tan olinganligi isboti taqdim etilganidan so‘ng sug‘urta to‘lovini to‘lab berish muddatini 30 kun etib belgilangan; 
transport vositasining ixtiyoriy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lash muddatini belgilash taklifi «Euroasia Insurance» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 7 dekabrdagi sug‘urta tarif siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («Euroasia Insurance» sug‘urta kompaniyasi aksiyadorlik jamiyatining 2022 yil 15 iyuldagi 1003-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, transport vositasining ixtiyoriy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta tovonini to‘lash muddatini transport vositasi o‘g‘irlanish natijasida zarar yetkazilganda 30 bank kuni, boshqa holatlarda 20 bank kuni etib belgilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish