Kurbaniyazov Bakbergen Tanirbergenovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Janubiy Orolbo‘yi sharoitida manzarali daraxt o‘simliklarining bioekologik xususiyatlari (Nukus shahri misolida)», 03.00.10 – Ekologiya  (biologiya fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/B145.
Ilmiy rahbar: Safarov Karimjon Safarovich, biologiya fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Jumanov Muratbay Arepbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Ajiev Alisher, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Janubiy Orolbo‘yi sharoitida manzarali daraxt o‘simliklarining bioekologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Nukus shahri sharoitida ko‘kalamzorlashtirishda keng foydalanish uchun Fraxinus, Salix, Juniperus, Catalpa turkumlarining turlarining chidamliligi va moslashganligi isbotlangan;
manzarali daraxtlarning Nukus shahri sharoitida gullash biologiyasi, urug‘ unuvchanligida maqbul havo haroratlari va o‘ziga xos xususiyatlari ochib berilgan;
ilk bor Nukus shahri sharoitida manzarali daraxtlarning barglarida ifloslantiruvchi moddalar to‘planishining mavsumiylik omiliga, shu jumladan Nukus shahrining keskin kontinental iqlim sharoitiga bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor Nukus shahri sharoitida transport vositalaridan va sanoat korxonalari tomonidan avtomagistrallarda chiqariladigan zararli moddalarning manzarali daraxtlarning mavsumiy rivojlanish maromiga, tuproq va barglar tarkibidagi og‘ir metallarning miqdoriga ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida manzarali daraxt o‘simliklarining bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shahar muhitiga moslashgan daraxt o‘simliklarini tanlash va xududlarning geterogenligi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining amaliyotga joriy qilingan.  (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2021 yil 22 oktyabrdagi 01/18-2276-son ma’lumotnomasi). Natijada, Nukus shahrini ko‘kalamzorlashtirishda moslashgan turlardan foydalanish imkonini bergan;
Janubiy Orolbo‘yi sharoitida tuproq sho‘rlanishiga, qurg‘oqchilikka va texnogen ifloslanishga chidamli o‘simliklarni tanlash va ularning chidamligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi amaliyotga joriy qilingan. (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2021 yil 21 oktyabrdagi 408-son ma’lumotnomasi). Natijada, manzarali daraxt o‘simliklarining ko‘chatzorlarini etishtirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish