Jamoldinov Xumoyun Baxtiyorbek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviyhuquq. Ma’muriyhuquq. Moliya va bojxonahuquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Yu416.
Ilmiy rahbar: Axmedova Soraxon Tolipjonovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Xudoyor Teshaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Yusupov Sardorbek Bahodirovich, yuridik fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash faoliyatini, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish tartibidagi muammolarni aniqlash, voyaga etmagan shaxslarning murojaatlarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
murojaatlar bilan ishlash muddatlarini hisoblashda murojaat muddati tugaydigan oxirgi kun dam olish va bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, navbatdagi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanishi lozimligi asoslantirilgan;
elektron murojaat ish vaqti tamom bo‘lganidan keyin tushgan taqdirda navbatdagi ish kunida ro‘yxatga olinishi lozimligi asoslantirilgan.
voyaga etmaganlarning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilish huquqi mavjudligini qonunda mustahkamlash zarurligi isbotlangan;
bolaning o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida vasiylik (homiylik) yoxud boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda qilgan murojaatini ko‘rib chiqmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmasligini qonunchilikda belgilash zarurati asoslantirilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
murojaatlar bilan ishlash muddatlarini hisoblashda murojaat muddati tugaydigan oxirgi kun dam olish yoki bayram kuniga to‘g‘ri kelsa, navbatdagi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanishiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risi”gi Namunaviy nizomning 38-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 23 maydagi 12/21-37-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi murojaatlar bilan ishlash muddatlarini hisoblash tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan;
elektron murojaat ish vaqti tamom bo‘lganidan keyin tushgan taqdirda navbatdagi ish kunida ro‘yxatga olinishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 maydagi 341-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat organlarida, davlat muassasalarida va davlat ishtirokidagi tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi to‘g‘risi”gi Namunaviy nizomning 38-bandi birinchi va ikkinchi xatboshilarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2022 yil 23 maydagi 12/21-37-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi murojaatlar bilan ishlash muddatlarini hisoblash tartibini takomillashtirishga xizmat qilgan;
voyaga etmaganlarning o‘z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat organlariga mustaqil ravishda murojaat qilish huquqi mavjudligini qonunda mustahkamlashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 11 sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son qonuni 241-moddasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 27 apreldagi 05/1-01-83-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi voyaga etmaganlarning murojaatlarga doir huquqlari qonuniy kafolatlarining yaratilishiga xizmat qilgan;
bolaning o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida vasiylik (homiylik) yoxud boshqa davlat organlariga mustaqil ravishda qilgan murojaatini ko‘rib chiqmasdan qoldirishga yo‘l qo‘yilmasligini qonunchilikda belgilashga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 10 martdagi “Bola huquqlarining qo‘shimcha kafolatlari belgilanishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-608-son qonuni bilan O‘zbekiston Respublikasining “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 11-moddasi 5-qismiga kiritilgan o‘zgartishlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2021 yil 27 apreldagi 05/1-01-83-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi vasiylik va homiylik organlari, davlat organlarining bola huquqlarini himoya qilishdagi rolini yanada oshirishga xizmat qilgan.