Rustamov Alisher Bahodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa sanoat tuzilmasini takomillashtirish”, 08.00.12 - Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Iqt2483.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudoyor Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Qarshi filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Boyxonov Baxodir Tursunbaevich, iqticodiyot fanlari doktori, professor; Tadjiev Timur Muratovich, iqticodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa sanoatini o‘ziga xos xususiyatlarini e’tiborga olgan holda raqamli tranformatsiyalash jarayonida mintaqa sanoat tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa sanoat tuzilmalarini natijadorligini oshirishning zamonaviy samaradorlik-muhimlik usuli asosida texnologik yondashuv taklif etilgan;
mintaqa sanoat tuzilmasini takomillashtirishda sanoatni tarkibiy diversifikatsiya qilish va uni jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi hududiy ishlab chiqarish klasterlar tarmog‘ini tashkil qilish taklif etilgan;
mintaqa sanoat tuzilmasida raqobat muhitini izchil shakllantirishga yo‘naltirilgan sanoat texnoparklarni doimiy aloqalar o‘rnatuvchi intelektual tizimi asosida ixtisoslashtirilgan texnologiyalar markazini tashkil etish taklif etilgan;
sanoat ishlab chiqarish sub’ektlari tomonidan yaratilgan mahsulot hajmini barqaror rivojlantirishda raqamli transformatsiyalash jarayonlarini amalga oshirishni ifodalovchi mezonlarning 2027 yilga qadar prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqaning sanoat tuzilmasini innovatsion rivojlantirish muhitini yaratish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqa sanoat tuzilmalarini natijadorligini oshirishning zamonaviy samaradorlik-muximlik usuli asosida texnologik yondashuv bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2022 yil 27 yanvardagi “Viloyatda kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir chora tadbirlar to‘g‘risida”gi VI-40-20-4-0-K/22 qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining 2022 yil 23 avgustdagi 11/05-15-8501-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqa sanoat tuzilmasini kengroq izohlashning nazariy yo‘nalishlari bo‘yicha mintaqa sanoati tarmoqlarida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim yo‘nalishlarining magistratura va bakalavr talabalarida nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni hosil qilish imkoniyati yaratilib, ushbu tushunchalar ularning bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
mintaqa sanoat tuzilmasini takomillashtirishda sanoatni tarkibiy diversifikatsiya qilish va uni jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiluvchi hududiy ishlab chiqarish klasterlar tarmog‘ini tashkil qilish bo‘yicha taklif Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2022 yil 27 yanvardagi “Viloyatda kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir chora tadbirlar to‘g‘risida”gi VI-40-20-4-0-K/22 qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2022 yil 23 avgustdagi 11/05-15-8501-son ma’lumotnomasi). Natijada ichki va tashqi imkoniyatlardan samarali foydalangan xolda mintaqa sanoat tuzilmasi samaradorligining oshishi, aholi daromadlarni ko‘payishi va turmush darajasi faravonligi oshish jarayonlarini ifodalovchi funksiyalar asosida olib borilgan tahlillar samaradorlikka erishish yo‘llari hamda sohani barqaror rivojlantirish uchun aniq chora-tadbirlarni belgilash imkonini bergan;
mintaqa sanoat tuzilmasida raqobat muhitini izchil shakllantirishga yo‘naltirilgan sanoat texnoparklarni doimiy aloqalar o‘rnatuvchi intelektual tizimi asosida ixtisoslashtirilgan texnologiyalar markazini tashkil etish taklifi Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2022 yil 27 yanvardagi “Viloyatda kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir chora tadbirlar to‘g‘risida”gi VI-40-20-4-0-K/22 qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2022 yil 23 avgustdagi 11/05-15-8501-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqa sanoat tuzilmasida raqobat muhitini izchil shakllantirishga yo‘naltirilgan institutsional iqtisodiy mexanizmi asosida raqobatbardosh muhit yaratilganlik xolatining iqtisodiy samaradorlikni oshirish modeli ishlab chiqilgan;
sanoat ishlab chiqarish sub’ektlari tomonidan yaratilgan mahsulot hajmini barqaror rivojlantirishda raqamli transformatsiyalash jarayonlarini amalga oshirishni ifodalovchi mezonlarning 2027 yilga qadar prognoz parametrlari Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining 2022 yil 27 yanvardagi “Viloyatda kichik sanoat zonalari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga doir chora tadbirlar to‘g‘risida”gi VI-40-20-4-0-K/22 qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasining 2022 yil 23 avgustdagi 11/05-15-8501-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qashqadaryo viloyatida sanoat ishlab chiqarish sub’ektlari tomonidan yaratilgan mahsulot hajmi 2027 yilda 2022 yilga nisbatan 1,78 barobar o‘sishi asoslangan.