Annaeva Nazokat Rajapbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ayollar tadbirkorligining genezisi, nazariyasi va amaliyoti», 09.00.04–Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2017.2.PhD/Fa185.
Ilmiy rahbar: Xajieva Maqsuda Sultanovna, falsafa fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti. DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Xuseynova Abira Amanovna, falsafa fanlari doktori; Samarov Rustam Sadriddinovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish, iqtisodiyotni liberallashtirish jarayonida ayollar tadbirkorligining mohiyati va mazmuni, immanent xususiyatlari hamda ijtimoiy ahamiyatini falsafiy asoslash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda ayollarni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali jamiyatni modernizatsiyalashning faol sub’ektlariga aylantirishdagi omillari (huquqiy, moddiy, ma’naviy) va etnopsixologik (tadbirkorlik faoliyatini loyihalash, tadbirkor sifatida o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish ehtiyoji) transformatsiya jarayoni ochib berilgan;
ayollar tadbirkorligining differensial xususiyatlarini aniqlash va uning immanent ya’ni ichki belgilarini chuqurroq bilish asosida tadbirkorlikni tashkil etish va boshqarishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan;
o‘zbek ayollari tadbirkorligi ilg‘or xorijiy tajribalar bilan qiyoslanib, biznes va raqobat muhitida ishlash, oilaviy tadbirkorlikda ayollar rolini rivojlantirishning o‘zbek oilasi qadriyatlari bilan bog‘liq, oila sha’ni, farzandlar istiqboli, erning oriyati, mahalladagi mavqei singari etnopsixologik omillari ochib berilgan;
o‘zbek tadbirkor ayolining ijtimoiy portretida ma’naviy-axloqiy va tadbirkorlik faoliyatidagi uyg‘unlik, uni shakllantirishda nodavlat uyushmalari va biznes tashkilotlari (tadbirkor ayollar uyushmasi va b.)ning mavqei bilan bog‘liqligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayollar tadbirkorligining genezisi, nazariyasi va amaliyoti tadqiqoti bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ayollarni ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga keng jalb etish orqali ularni jamiyatni modernizatsiyalashning faol sub’ektlariga aylantirish masalalari “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining 2017 yil uchun amalga oshiriladigan chora tadbirlarrejasining3-bandida ko‘rsatilgan viloyatlarda ayollar tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hisobiga ishsiz ayollar uchun ish o‘rinlari yaratish, 13-bandida ko‘rsatilgan kasb-hunar kollejlarni bitiruvchi va o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lgan qizlar bilan ish o‘tkazish, 27-bandida ko‘rsatilgan ilmiy faoliyat yuritib, muvaffaqiyatga erishgan tadbirkor ayollar bilan hamkorlik o‘rnatish kabi chora-tadbirlarida tadqiqotchining taklif va tavsiyalaridan keng foydalanilgan (“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining 2017 yil 28 avgustdagi 194-son ma’lumotnomasi);
ayollar tadbirkorligining immanent (fluktatsion xususiyati, tashqi stimulga muxtojligi, ixtiyoriyligi) belgilari, funksional xususiyatlari, etnomadaniy an’analar va etnostereotiplar (oilaviy hayotdagi osoyishtalik, bolajonlik) bilan bog‘liqligi borasidagi tavsiyalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2016 yil davlat Dasturida rejalashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil – apreldagi 49-bayoni asosida, fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika Kengashi majlisining 2015 yil 23 dekabrdagi 73 sonli bayoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida 2016 yilda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar Dasturi”ning 12-bandida barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila – mahalla – ta’lim muassasasi” hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilgan. (Respublika ma’naviyat va ma’rifat kengashi milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2017 yil 30 iyundagi 245/1-son dalolatnomasi) ;
o‘zbek tadbirkor ayolining ijtimoiy portreti “sobitqadamlik”, “qat’iyatlilik”, “beg‘arazlik” kabi ma’naviy-axloqiy va tadbirkorlik (kasanachilik, pazandalik) faoliyati asosida ochib berilganligi masalalaridan “Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining Xorazm viloyat bo‘limi tomonidan yozilgan va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan ajratilgan “Xiva shahrida turizmni rivojlantirishga ko‘maklashish” deb nomlangan 47-02/52-29-raqamli grant loyihasida foydalanilgan (“Tadbirkor ayol” O‘zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining Xorazm viloyati bo‘linmasining ma’lumotnomasi).