O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasida 2022 yil yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari to‘g‘risida
MA’LUMOT

1. Moliyaviy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi. 2022 yil yakunlari bo‘yicha byudjet smeta xarajatlari 2797,3 mln. so‘m (2021 yilga nisbatan 121%) miqdorida tasdiqlanib, to‘liq moliyalashtirildi va mablag‘lar maqsadli o‘zlashtirildi. OAK bo‘yicha ish haqi tasdiqlangan smeta xarajatlari asosida 1967,2 mln. so‘m (116%) miqdorida moliyalashtirilib, to‘lovlar to‘liq amalga oshirildi. Ish haqi va nafaqalar bo‘yicha to‘lovlar to‘liq amalga oshirildi.
2. Samaradorlik ko‘rsatkichlari. Hisobot davrida samaradorlik ko‘rsatkichlari ilmiy darajalar bo‘yicha 103,7 foiz va ilmiy unvonlar bo‘yicha 102,9 foiz darajasida bajarildi. Shu davrda 3175 nafar talabgor ilmiy darajalarda (fan doktori (DSc) – 409, falsafa doktori (PhD) – 2766)  hamda 2117 nafar talabgor ilmiy unvonlarda (professor – 408, dotsent – 1548) tasdiqlandi.
3. Raqamlashtirish. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda ilmiy darajalar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish va davlat xizmatini ko‘rsatishdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida” hamda “Ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar bo‘yicha davlat namunasidagi hujjatlarni taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorlari ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.
4. Investisiya dasturining bajarilishi. Investisiya dasturi yo‘q.
5. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, ko‘rsatmalari va Vazirlar Mahkamasi qarori va topshiriqlarining ijrosi ta’minlandi, jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 20 apreldagi va PF-113-son 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son  farmonlari ijrosi bo‘yicha:
Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda ilmiy darajalar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish va davlat xizmatini ko‘rsatishdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali (ID 61300) kelishilgan, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (https://regulation.gov.uz/uz/d/62184) jamoatchilik muhokamasiga (ID 62184) joylashtirilgan. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlarda ilmiy darajalar olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish va davlat xizmatini ko‘rsatishdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi (25.06.2022 y.).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyuldagi PF-6269-son «Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillash-tirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni ijrosi bo‘yicha  oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish va sohaga oid attestatsiya jarayonlarini davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimi bilan integratsiyalashni rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar bo‘yicha davlat namunasidagi hujjatlarni taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi ishlab chiqilib, o‘rnatilgan tartibda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi orqali (ID 59520) kelishildi hamda normativ-huquqiy xujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (https://regulation.gov. uz/uz/d/61180) jamoatchilik muhokamasiga (ID 61180) joylashtirildi. Mazkur qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun Adliya vazirligiga kiritildi (30.06.2022 y.); Qaror loyihasi o‘rnatilgan tartibda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etildi (25.06.2022 y.).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan OAK bo‘yicha buyruq imzolanib (№13, 31.01.2022 y.), chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Farmon bilan tasdiqlangan Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini tashkil qilish maqsadida ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.
Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlashda OAK o‘z vakolati doirasida taalluqliligi bo‘yicha, jumladan urug‘chilik va ko‘chat etishtirish bo‘yicha milliy dasturni amalga oshirish, sohada faoliyat ko‘rsatadigan ilmiy muassasalar va urug‘chilik xo‘jaliklari salohiyatini mustahkamlash, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash va ekspertlarni jalb qilish bo‘yicha me’yoriy-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli ilmiy-tashkiliy ishlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, Davlat dasturida belgilangan davlat organlari xodimlari va aholi o‘rtasida tashkil etiladigan turli ommaviy sport tadbirlarida imkoniyatdan kelib chiqqan holda OAK xodimlari ishtirokini ta’minlash bo‘yicha xodimlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish ishlari olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144-son Farmoni ijrosi yuzasidan buyruq imzolanib (№52, 31.05.2022 y.), chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi va ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.
OAK Rayosatining 2022 yil 30 iyundagi 319/5-son qarori bilan: 1) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatidagi 01.02.03–«Gruntlar va tog‘ jinslari mexanikasi» va 05.09.02–«Asoslar, poydevor va er osti inshootlari. Ko‘prik va transport tonnellari. Yo‘llar, metropolitenlar» ixtisosliklari negizida «Geotexnika» ixtisosligi (fizika-metematika fanlari, texnika fanlari) tasdiqlanib, mazkur ixtisoslik oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga 05.09.02 raqami bilan kiritildi (05.09.02–«Geotexnika» (fizika-metematika fanlari, texnika fanlari)); 2) oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosliklari ro‘yxatiga 05.10.03–«Seysmik xavfsizlik» (texnika fanlari) ixtisosligi kiritildi. OAK Rayosatining tegishli qarorlari bilan 5 ta ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (2022 yil 3 noyabr`, №PQ-414) bilan tasdiqlangan 6-ilovasi “2022-2025 yillarda Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari (indikatorlari)ning
1.1 va 1.2-bandlari hamda 7-ilovasi “Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti faoliyatini yanada takomillashtirish dasturi”ning 6.2-bandi ijrosi ta’minlandi: jumladan: 6-ilovasining 1.1-bandi bo‘yicha: maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar) bo‘yicha institutning ilmiy salohiyati darajasini oshirishga uslubiy va ilmiy-tashkiliy yordam ko‘rsatish maqsadida OAK Rayosatining qarori bilan (1.02.2022 y., №311/2) Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti huzurida PhD.33/01.02.2022.Ped.146.01 raqamli ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzildi; 6-ilovasining 1.2-bandi bo‘yicha: maqsadli ko‘rsatkichlar (indikatorlar) bo‘yicha joriy yil davomida 9 ta falsafa doktori disssertatsiyalari (PhD) himoyasi tashkil qilinib, 5 nafar mutaxassis ilmiy darajada tasdiqlandi, 2 nafar talabgorning dissertatsiya himoyasi amalga oshirildi va 2 nafar izlanuvchining dissertatsiya himoyasini tashkil qilish uchun ilmiy kengashga hujjatlari qabul qilindi; 7-ilovasining 6.2-bandi bo‘yicha: «Sportda ilmiy tadqiqotlar» jurnali OAK Rayosatining 15.12.2022 yildagi 328-son qarori bilan “Dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxati”ga kiritilib, OAK veb-sayti https://oak.uz/pages/4802 bo‘limiga joylashtirildi. Tegishli ma’lumotlar Sport ishlari vazirligiga taqdim etildi (15.12.2022 y., №01-08/2819).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi" esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi farmonining (2022 yil 8 noyabr`. №PF-243) ijrosi yuzasidan Oliy attestatsiya komissiyasining uch nafar xodimi S.Zulunov, M.Masaidova va A.Yusupov “O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar. 2022 yilning 6 dekabr` kuni O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligida hamda Oliy attestatsiya komissiyasida esdalik nishonlarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. https://oak.uz/pages/11755.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbek imo-ishora tili va brayl` alifbosini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining (2022 yil 20 oktyabr`, №PQ-407) 6.1.3 va 6.1.1-bandlari ijrosi ta’minlandi, jumladan:
OAK rasmiy veb-saytida zaif ko‘ruvchi foydalanuvchilar uchun quyidagi imkoniyatlar yaratilgan: veb-saytning yuqori panel qismida veb-sayt kontentini oq-qora rejimga o‘tkazish/qaytarish imkoniyati yaratitildi (https://oak.uz): veb-saytning yuqori panel qismida veb-sayt matnlarni kattalashtirish / normallashtirish / kichiklashtirish imkoniyati yaratildi (https://oak.uz): veb-saytdagi matnlarni belgilagan holda ekran diktori yordamida eshitish imkoniyati yaratildi (https://oak.uz):
NVDA kompyuter ekranini sun’iy ovoz sintezatori hosilasi yordamida o‘qishga mo‘ljallangan dastur o‘rnatildi (14.12.2022 y., 10-xona). Mazkur dastur Musaev Dilshod Askardjanovich tomonidan sinovdan o‘tkazildi. NVDA kompyuter ekranini sun’iy ovoz sintezatori hosilasi yordamida o‘qishga mo‘ljallangan dastur ko‘zi ojizlarni kompyuterda barcha matnlarni va barcha ma’lumotlarni murojaatchiga ovoz tariqasida etkazib berish imkoniyatini beradi. Ma’lumot uchun: D.Musaev joriy yilning 3 dekabr` kuni “Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli ilmiy kengashda pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish bo‘yicha “Ko‘rishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarda geografiya o‘qitishni takomillashtirish texnologiyasi (8-sinf misolida)” mavzusidagi (13.00.03-“Maxsus pedagogik”) dissertatsiyasini himoya qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 avgustdagi PQ-357-son “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida belgilangan “Ilmiy darajalar beruvchi mustaqil ilmiy kengashlardagi ilmiy daraja berilganini monitoring qilish bo‘yicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish” loyihasi ijrosini sifatli va muddatida bajarilishini ta’minlash yuzasidan OAK bo‘yicha 23.08.2022 yildagi 65-sonli bo‘yruq asosida chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan. Loyihaning 1-bosqichi (2022 yil noyabr`) “Loyihaoldi o‘rganishlarni amalga oshirish va ma’lumotlarni tahlil qilish” bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlarning ijrosi to‘liq ta’minlandi, jumladan: a) ilmiy darajalar beruvchi mustaqil ilmiy kengashlardagi ilmiy daraja berilganini monitoring qilish bo‘yicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish yuzasidan mavjud (o‘xshash) axborot tizimlarini o‘rganish amalga oshirildi; b) yo‘nalish bo‘yicha ma’lumotlarni tahlil qilish ishlari uslubiy-texnik jihatdan o‘rganib chiqildi; v) axborot tizimini ishlab chiqishda xorijiy tajriba tahlil qilindi; g) tizimda ishtirok etuvchi ob’ekt ma’lumotlari tahliliga ko‘ra ilmiy darajalar beruvchi mustaqil ilmiy kengashlardagi faoliyat ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, ma’lumotlarni foydalanuvchiga qulay va sodda ko‘rinishda etkazib berish yuzasidan aniq yondashuvlar shakllantirildi. Axborot tizimini ishlab chiqish bo‘yicha o‘rganishlar va ma’lumotlarni tahlil qilishga ko‘ra ilmiy darajalar beruvchi mustaqil ilmiy kengashlardagi ilmiy daraja tasdiqlanganligini monitoring qilish bo‘yicha yagona axborot tizimini yaratish konsepsiyasiga asos yaratib berildi. “Ilmiy darajalar beruvchi mustaqil ilmiy kengashlardagi ilmiy daraja berilganini monitoring qilish bo‘yicha yagona axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish” loyihasining 2, va 3-bosqichlari ijrosi muddatida ta’minlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (2022 yil 7 may, №PQ-237) 12.1-bandi ijrosi ta’minlandi, jumladan: 1) Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tegishli xat kiritilib (13.12.2022 y., №01-14/2806), unda universitet huzurida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzish yuzasidan uslubiy yordam sifatida qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot fanlari va ekologiya ixtisosliklari bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarda tasdiqlangan mutaxassislar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi taqdim etildi (jami 103 nafar). 2) Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2022 yil 13 dekabrdagi 07/34-9346-sonli murojaatiga asosan OAK Rayosatining 2022 yil 15 dekabrdagi 328-son qarori bilan Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzurida iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.05/15.12.2022.I.155.01 raqamli ilmiy kengash tuzilib, uning 15 nafar a’zodan iborat tarkibi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori (2022 yil 7 may, №PQ-237) 12.1-bandi ijrosi yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga tegishli ma’lumot kiritildi (15.12.2022 y., №01-08/2824).
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 26 apreldagi PQ-221-son “Intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan OAK bo‘yicha buyruq imzolanib (№42; 29.04.2022 y.), chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Qaror 2-ilovasi bilan tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” 21-bandi ijrosi, mualliflik huquqlarini himoya qilish, shu jumladan ko‘chirmachilikka (plagiat) qarshi ayovsiz kurashish maqsadida zaruriy chora-tadbirlarni mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda amalga oshirishga OAK Bosh ilmiy kotibi (A.Shermuxamedov) va Raqamlashtirish bo‘yicha rais o‘rinbosari (j/a) (Z.Tadjixodjaev) mas’ul etib belgilandi. Topshiriq ijrosi bo‘yicha mualliflik huquqlarini himoya qilish, shu jumladan ko‘chirmachilikka (plagiat) qarshi ayovsiz kurashish maqsadida zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish, bunda ta’lim tizimininig barcha bo‘g‘inlari va bosqichlarida yosh avlodni o‘zganing intellektual faoliyati natijalariga hurmat bilan qarash ruhida tarbiyalash; ta’lim jarayonida o‘quvchi-talabalarning topshiriqlarni bir-biridan ko‘chirishning (plagiatning) oldini olishga qaratilgan zamonaviy yondashuvlarni amaliyotga joriy qilish; o‘quvchi-talabalarning nazorat ishlari, bitiruv ishlari, ilmiy va boshqa ishlar bo‘yicha ko‘chirmachilikni (plagiatni) aniqlashga qaratilgan dastur yordamida muntazam tekshirish tartibini joriy qilish; ilmiy ishlar va dissertatsiyalarni himoya qilishda va undan oldingi barcha bosqichlarda ko‘chirmachilikka (plagiatga) qarshi ekspertizadan o‘tkazish tartiblarini takomillashtirish; ko‘chirmachilikka (plagiatga) yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan bunday xatti-harakatlarni takrorlamasliklari uchun ta’sirchan choralar ko‘rishlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda OAK o‘z vakolati doirasida mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda tegishli ishlarni amalga oshirmoqda. Bir vaqtning o‘zida matnni bir qancha tillarga (o‘zbek, rus, ingliz va h.k.) tarjima qilgan holda plagiat holatini aniqlash imkonini beruvchi yangi dasturiy ta’minot amaliyotga joriy qilindi. Mazkur masala bo‘yicha tegishli takliflar Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasiga taqdim etildi (9.09.2022 y., №01-1/2066);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PQ-240-son “Davlat boshqaruvi sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish va ushbu sohada jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan OAK bo‘yicha buyruq imzolanib (№45; 12.05.2022 y.), chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash bo‘yicha “E-Antikorrupsiya” loyihasining ishga tushirilishi ma’lumot va ijro uchun qabul qilindi. 2022 yilning 1 sentyabridan boshlab tegishli ma’lumotlarning ushbu tizimga kiritilib borilishi ta’minlandi. OAKda vakant lavozimlarni e’lon qilishdan tortib, tanlov o‘tkazish va ishga qabul qilish natijalari bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirishgacha bo‘lgan jarayonlarni to‘liq elektron tarzda amalga oshirish; tarkibiy tuzilma, shtatlar, lavozimlar va xodimlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yagona elektron bazaga jamlagan holda axborotni to‘plash va unga ishlov berish; kadrlarga oid ish yuritish hujjatlarini elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda faqat tizim orqali elektron shaklda qabul qilish va yuritish; xodimlarning ish faoliyati samaradorligini avtomatik baholash va ularni masofaviy o‘qitish; kadrlar bo‘yicha ma’lumotlarning elektron arxivini yuritish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil PQ-330-son  2022 yil 22 iyuldagi “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha buyruq imzolandi (25.07.2022 y., №60), chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur qarorida belgilangan vazifalar ijrosini tashkil etish maqsadida quyidagi tarkibda ishchi guruhi tasdiqlandi. Ishchi guruhi tomonidan mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ijroga mas’ul manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muddatida bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tadbirlarni amalga oshirildi. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetiga ilmiy kengashlar tarkibini shakllantirish va faoliyatini tashkil qilish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi (8.08.2022 y., №01-08/1770);
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 22 avgustdagi PQ-357-son “2022-2023 yillarda AKT sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha buyruq imzolandi (24.08.2022 y., №68), chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Ilmiy darajalar beruvchi mustaqil ilmiy kengashlardagi ilmiy darajada berilganini  monitoring qilish  bo‘yicha yagona  axborot tizimini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish ishlari olib borilmoqda. Mazkur qarorning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish maqsadida raisning raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosari har oy hisobot oyidan keyingi oyning 5-sanasiga qadar ushbu qaror bilan tasdiqlangan «yo‘l xaritalari», loyihalar hamda idoraviy raqamli transformatsiya dasturlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi hisobotni «NIS.UZ» idoralararo avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritib borishni ta’minlashi tashkil qilindi. Ilmiy darajalar beruvchi mustaqil ilmiy kengashlardagi ilmiy darajada berilganini monitoring qilish  bo‘yicha yagona  axborot tizimini ishlab chiqish yuzasidan loyiha oldi o‘rganishlarni amalga oshirish va ma’lumotlarni tahlil qilish ishlari tashkil qilindi. Mazkur tadbir asosida loyihani bosqichma-bosqich joriy etish va elektron huqumat bilan integratsiya qilishi tashkil etiladi;
v) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 18 avgustdagi 458-son qarori “Atrof muhit va tabiatini muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha buyruq imzolandi (19.08.2022 y., №64), chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti  ilmiy salohiyatini oshirish yuzasidan ilmiy-tashkiliy va ma’lumotlar bazasi bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi so‘roviga asosan zaruratga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti huzurida ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash tuzildi;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 avgustdagi 469-son “Mualliflik huquqi ob’ektlarining elektron nazorat nusxalarini yagona bazada saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash xaqida” qarori ijrosi bo‘yicha buyruq imzolandi (25.07.2022 y., №60), chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Mualliflik huquqi ob’ekti sifatida bo‘lgan fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini elektron nusxalarini o‘z vaqtida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga etkazish o‘z muddatida tashkil etilmoqda;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 26 apreldagi 199-F farmoyishi ijrosi bo‘yicha buyruq imzolandi va chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Farmoyish ijrosi yuzasidan 2022 yilning 30 aprel` kuni “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” obodonlashtirish va ko‘klamzorlashtirish umumxalq xayriya hasharining o‘tkazilishi munosabati bilan mazkur xayriya hasharini tashkil etish bo‘yicha OAKda Ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazilib, muayyan vazifalar mas’ul xodimlarga yuklatildi. Joriy yilning 30 aprel` kuni hashar tashkil etilib, hududni obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. OAK xodimlarining o‘z xohishiga binoan bir kunlik ish haqi Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondiga 1 163 643 so‘m miqdoridagi mablag‘ o‘tkazildi.
6. Ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilib, yuqori tashkilotlardan kelib tushgan hujjatlar ijrosi to‘liq ta’minlandi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning barcha murojaatlariga o‘z vaqtida javob berildi.
Hisobot davrida tegishli hujjatlarda OAKga yuklatilgan vazifalarning ijrosi 100% ta’minlandi.
Shu davrda yuqori tashkilotlardan 159 (314 ta, 51%) ta hujjat kelib tushib, belgilangan topshiriqlarning ijrosi to‘liq ta’minlandi.
Jismoniy va yuridik shaxslarning 98 (288 ta, 34%) ta jumladan 5 (11 ta, 46%) ta og‘zaki hamda 93 (277 ta, 34%) ta yozma murojaatlari hisobga olindi. Barcha murojaatlarga o‘z vaqtida javob berildi.
2023 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar.
1) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, topshiriqlari va Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash; 2) Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar attestatsiyasiga oid nizomlarning yangi tahriri loyihasini tasdiqlashni tashkil qilib, amaliyotga joriy qilish; 3) Attestatsiya talablarining yagonaligini ta’minlash; 4) Attestatsiya jarayonini to‘liq raqamlashtirish.

To‘liq ma’lumotni yuklash

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish