Norboeva Dilfuza Vaxobjon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxtanini yirik iflosliklardan tozalash zonasi elementlari konstruksiyasini takomillashtirish va parametrlarini asoslash” 05.02.03- Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/T739
Ilmiy rahbar: Rosulov Ro‘zimurad Xasanovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Qayumov Abdumalik Xamidovich, texnika fanlari doktori, professor; Daliev Shuxratjon Latibjonovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Paxtani yirik iflosliklardan tozalashda tozalash zonasi elementlarining konstruktiv parametrlarini takomillashtirish va parametrlarini asoslashdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani yirik iflosliklardan tozalagichda panjara kolosniklarining diametrini va kolosniklar orasidagi masofani oshishi sababli paxtaning harakati jarayonidagi tezligi, zichligi va bosimini aniqlash tenglamalari olingan hamda sonli echimlarga asosan kolosniklarning tozalash traektoriyasini ortishi aniqlangan;
paxtani panjara kolosniklariga urilishi natijasida paxta tarkibidan ajralgan bo‘lakcha massasining kamayishini ta’minlash maqsadida massa bilan uning zichligi orasidagi bog‘lanishning hisoblash formulasi aniqlangan;
tozalagich arrachali baraban yuritish mexanizmlarini, qayishqoqlik-dissipativ xususiyatlari va texnologik qarshiliklarni inobatga olib, mashina agregati dinamikasi masalasi echilgan hamda harakat qonunlari va bog‘lanish grafiklariga asosan tavsiya parametrlari aniqlangan;
panjaradagi kolosnik diametri hamda paxta xom ashyosining harakat yo‘nalishi bo‘yicha mos ravishda kamayib boruvchi kolosniklar orasidagi masofalarni maqbul qiymatlarini to‘liq omilli matematik rejalashtirish asosida adekvat regression tenglama olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinalari konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
paxtani yirik iflosliklardan tozalash mashinasining arrachali baraban atrofidagi kolosniklarning takomillashtirilgan konstruksiyasini “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli “Kosonsoy paxta tozalash” AJ ga ishlab chiqarishga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘zpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining 2020 yil 04 noyabrdagi 03-18/2593 son ma’lumotnoma). Natijada paxtani yirik iflosliklardan tozalashda tozalash samaradorligini 12-13% ga oshgan.