Maxmudova Shaxnoza Abduvalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Texnologik mashinalar yuqori massali vallari egilishlarini kamaytirish uchun konstruksiyalarini va parametrlarini hisoblash metodlarini takomillashtirish” 05.02.03- Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2867
Ilmiy rahbar: Kenjaboev Shukurjon Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Safarov Nazirjon Muxammadjonovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Bobomatov Abdug‘ani Xusainovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: arrali jin mashinasidagi yuqori massali vallari egilishini kamaytirish uchun yangi konstruksiyadagi kombinatsiyalangan podshipnikni qo‘llash va hisoblash usulini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
arrali jin vali va podshipnik tayanchlarining ish resurslarini oshirilishini, paxta tolasi va chigitlar shikastlanishlarining kamayishini ta’minlaydigan, vallarning tebranishlarini sezilarli ravishda so‘ndirishga imkon beruvchi arrali jin valining konstruktiv va dinamik parametrlari hisoblab aniqlangan hamda ratsional qiymatlari asosida kombinatsiyalangan podshipnik tayanchlarining samarali konstruksiyasi ishlab chiqilgan;  
kombinatsiyalangan podshipnik tayanchlarining aylanma bikrlik koeffisientlari ortishi bilan vertikal yo‘nalishda arrali jin vali tayanchlarining reaksiyasi va siljishi kamayish qonuniyatlari aniqlangan hamda valni siljish amplitudalarini hisoblash formulasi olingan;
arrali silindr validagi burovchi moment, taqsimlangan ko‘ndalang kuch ta’siridagi valni egilishini ifodalovchi matematik model olingan hamda sonli echim asosida mavjud konstruksiyasida arrali jin valining maksimal chegaralarda egilishi, kombinatsiyalangan podshipnik tayanchlariga o‘rnatilgan arrali jin valining egilishi, amortizatorlar hisobiga seriyali konstruksiyadagiga nisbatan 12 baravar kam egilishi aniqlangan;
arrali jin vali burchak tezligining o‘zgarish qonuniyati asosida podshipnik tayanchlari qayishqoqlik koeffisientining oshishi va jin ish unumdorligining oshishidan arrali jin valining egiluvchi tebranishlari amplitudasi o‘zgarishiga bog‘liqlik grafiklari olingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Arrali jin silindri kombinatsiyalangan qayishqoq elementli podshipnikli tayanchlari konstruksiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
arrali jin silindri kombinatsiyalangan qayishqoq elementli podshipnikli tayanchlari konstruksiyalari "Namangan to’qimachi cluster” OAJ ga qarashli “To’raqo’rg’on paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy qilingan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ma’lumotnomasi № 02-22/563 12sentyabr, 2022 yil). Natijada valni egilishini kamaytirish hisobiga toladagi nuqsonlar yig‘indisini o‘rtacha 0,4 % ga, chigitlarning mexanik shikastlanishini 0,4% kamaytirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish