Sultanova Gulnoza Sabirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Postnoklassik ilmiy tafakkur tarzida g‘oyaviy vorislik va innovatsiya muammolari», 09.00.01–Ontologiya, gnoseologiya va mantiq (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2 PhD/Fal70.
Ilmiy rahbar: Qo‘shoqov Shuhrat Solihovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand Davlat Universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.F.02.02.
Rasmiy opponentlar: Tulenova Karima Jondorovna, falsafa fanlari doktori, professor; Berdimuradova Alima Karlibaevna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro Davlat Universtiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mamlakatimizda davlat ekologik siyosatining Orolbo‘yi mintaqasidagi ijtimoiy falsafiy mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
postnoklassik ilmiy tafakkur tarzining mohiyati, ijtimoiy zaruriyati, yosh mutaxassislar va olimlarning kasbiy malakani egallashidagi metodologik ahamiyati, uning nazariy (prognozlashtirishda) va amaliy (texnologik jarayonlardagi) o‘rni ko‘rsatib berilgan;
postnoklassik ilmiy tafakkur tarzining tabiiy, texnik va ijtimoiy-gumanitar bilim sohalarida shakllanishi bilan bog‘liq g‘oyaviy vorislik, innovatsion, epistemologik, metodologik xususiyatlari hamda uning amaliyotda namoyon bo‘ladigan kreativ va funksional samaradorligi ochib berilgan.
yoshlarimiz ongida tafakkur tarzining transformatsiyasi (o‘zgarishi), ijtimoiy-tarixiy tafakkur tarzining vujudga kelishi hamda takomil-lashuvi, uning g‘oyaviy, ma’naviy va innovatsion ahamiyati ko‘rsatib berilgan;
postnoklassik ilmiy tafakkur tarzining fan taraqqiyotida tanqidiy ratsionalizm, konstruktiv epistemologiya singari zamonaviy fan yo‘nalishlari ta’sirida vujudga keluvchi ichki evristik xususiyatlari, bilishdagi faol konstruktiv roli, uning istiqboldagi imkoniyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Postnoklassik ilmiy tafakkur tarzida g‘oyaviy vorislik va innovatsiya muammolarini tadqiq etish asosida:
yoshlarimiz ongida tafakkur tarzining yangilanishi va transformatsiyasi, ijtimoiy-tarixiy tafakkur tarzining vujudga kelishi hamda takomillashuvi, uning g‘oyaviy, ma’naviy va innovatsion ahamiyati Samarqand Davlat muzey qo‘riqxonasining “Mustaqillik davri” ekspozisiyasini yaratishda amalda qo‘llanilgan (Samarqand Davlat muzey qo‘riqxonasining 2017 yil 20 noyabrdagi 205-son dalolatnomasi). Ilmiy xodimlar va ekskursovodlar, xorijlik qiziquvchi fuqarolar yangi ma’lumotlar va fikrlar, yangicha nazariy mulohazalar, xulosalar olishda undan samarali foydalanishgan;
innovatsion-ilmiy tafakkur tarzining konseptual mazmuni, ijtimoiy zaruriyati, yosh mutaxassislar va olimlarning kasbiy malakani egallashidagi uslubiy va metodologik ahamiyati, uning nazariy, prognozlashtirish va amaliy-texnologik jihatlari Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashining 2017 yil faoliyatida keng foydalanilgan. Jumladan, ish rejasining 4.7 - “Yosh olimlar va iqtidorli yoshlar bilan ishlash” bandida o‘z aksini topgan (Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashining 2017 yil 20 oktyabrdagi 02.06/200-son dalolatnomasi). Buning oqibatida mazkur taklif yosh va iqtidorli ilmiy xodimlarning ilmiy tafakkur tarzini yuksaltirishga, ilmiy-ijodiy izlanish ko‘nikmasini hamda ilmiy-kasbiy layoqatini oshirishga samarali ta’sir qilgan.
texnik va ijtimoiy-gumanitar bilim sohalarida postnoklassik ilmiy tafakkur tarzining shakllanishiga oid g‘oyaviy vorislik, innovatsion, epistemologik, metodologik xususiyatlari, hamda uning bilim va amaliyotda namoyon bo‘ladigan kreativ va funksional samaradorligi Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining “Hayot sahifalarida”, “Assalom Samarqand!” ko‘r-satuvini tayyorlashda material bo‘lib xizmat qilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2018 yil 23 fevraldagi 09-02/81 ma’lumotnomasi). Bu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “Hayot sahifalarida”, “Assalom Samarqand!” ko‘rsatuvlarining sifati mazmunan yuksalgan. Shuningdek, tadqiqot natijalariga oid taklif va tasviyalar tarixiy tafakkur tarzi haqidagi qarashlar yoshlar tarixiy ongining yuksalishi va dunyoqarashining kengayishiga, ma’naviy o‘z-o‘zini anglashiga hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.