Ziyamuxamedov Javoxirbek Ulugbekovichning 
dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti (seleksiya yutug‘i) asosida 
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft-gazni yig‘ish konstruksiyalarining ekspluatatsion ishonchliligini organomineral materiallar qo‘llash bilan oshirish», 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2773.
Ilmiy rahbar: Tadjixodjaev Zakirxodja Abdusattarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti: «Polimer kompozisiyasi» (№IAP 07000).
II. Tadqiqotning maqsadi polietilen (PENP va PEVP) bog‘lovchilar asosida nano o‘lchamli Angren kaolini va plastinasimon qatlamli  grafitni mexanik faollashtirib, qorishmani dispersiyalash usulida tabiiy ipak tolasi chiqindisi bilan sinchlangan yuqori mustahkamlikka ega va relaksatsiyaga bardoshli polimer kompozitlarni yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
polietilenning (PENP va PEVP) nanoo‘lchamdagi mexanik faollashgan mahalliy kaolin va plastinasimon qatlamli grafit qorishmasi bilan to‘ldirilganda olingan polimer kompozitning mustahkamligi va relaksatsiyaga barqarorligi aniqlangan;
neft` va gazni eltish quvurlari uchun polietilen (PENP va PEVP) bog‘lovchili kompozitlarni nanoo‘lchamdagi mexanik faollashtirilgan mahaliy kaolin va plastinasimon qatlamli  grafit qorishmasi bilan to‘ldirilgan va ipak chiqindisi tolasi bilan sinchlangan deformatsiyaga bardoshli tarkiblar yaratilgan;
mexanik faollashtirish natijasida dispers komponentlarning faol sirti hosil bo‘lishi tabiiy tolali to‘ldiruvchini strukturaviy modifikatsiyalash evaziga  organomineral kompozitlarda zarbiy qovushqoqligini 25%, cho‘zilishdagi mustahkamligini 1,6 martaga oshirish va bikirligining keskin ko‘payishiga olib kelishi aniqlangan;
yaratilgan tarkiblar neftgazni yig‘ish, saqlash va eltish texnologik vositalarining ekspluatatsion ishonchliligini oshirish va tribotexnik xossalarini yaxshilanishi isbotlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neftgaz mahsulotlarini yig‘ish, saqlash va eltish texnologik vositalarining ekspluatatsion ishonchliligini polietilen (PEVP va PENP) asosidagi organomineral materiallar qo‘llash bilan oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neft`, gaz va neftgaz mahsulotlarini yig‘ish konstruksiyalari uchun diametri 50-330 (Du42-300 mm)li quvurlar «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJning «Qarshitermoplast» sexida joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJ «Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJning 2023 yil 24 yanvardagi 9/23-131-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekspluatatsion xossalari bo‘yicha metall konstruksiyalarni almashtirishga imkon beradigan mahsulot ishlab chiqarish imkonini bergan; 
«Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi» MChJning  «Qarshitermoplast» sexida yangi yaratilgan polimer kompozitlar  ishlab chiqilgan diametri 50-330 mm (Du42-300)li neft`, gaz va neftgaz mahsulotlarini yig‘ish konstruksiyalari quvurlarini ishlab chiqarish sharoitida qo‘llash bo‘yicha «O‘zbekneftgaz» AJ «Sho‘rtan neft` va gaz qazib chiqarish boshqarmasi» korxonasida joriy etildi («O‘zbekneftgaz» AJ «Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi»ning 2023 yil 24 yanvardagi 11/2-1080-son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan yangi polimer kompozitlar tarkiblari asosida ishlab chiqarilgan neft` mahsulotlarini eltuvchi quvurlarning relaksatsion barqarorligi (σr)  1,2-1,6 marta, mexanik mustahkamligi 6,5 MPa dan 8,1 MPaga, eyilishga bardoshliligi 50-60 %ga oshirilgan, hajmiy elektr qarshiligi 25-30%ga kamayganligi «Neft` mahsulotlarini quyib jo‘natish» sexi rezervuarlarida qo‘llanilishi natijasida texnologik jihozlarning ekspluatatsion ishonchliligini ta’minlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish