Karshiboev Sherzod Begmaxamat o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Metallurgik ishlab chiqarish texnogen chiqindilaridan indiy ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.19 – Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar kimyoviy texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/T3048.
Ilmiy rahbar: Hasanov Abdirashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Umumiy va noorganik kimyo instituti, DSc.02/30.12.2019.K/T.35.01.
Rasmiy opponentlar: Vitaliy Pavlovich Guro, kimyo fanlari doktori, professor; Tolibov Begzod Ibrohim o‘g‘li, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rux ishlab chiqarish zavodi chiqindi texnologik eritmalaridan sof indiy metallini ajratib olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eritmada temir (III) oksidining jarayonga salbiy ta’siri, qizdirilib (70℃ gacha) uni temir (II) oksidi xolatiga o‘tkazish omillari asoslangan holda indiyli birikmalarining mineralogik tuzilish tarkibi aniqlangan.
indiy tarkibli eritmani ekstraksiya jarayonining asosiy fizik-kimyoviy qonuniyatlari ishlab chiqilib, eng maqbul ekstragent miqdorlari aniqlangan.
indiy metallini eritmalaridan yuqori ajralish darajasi va reekstratsiya jarayonidan so‘ng tayyor maxsulotda indiyning ulushi 99,90% soflikda olish kompleks texnologiyasi ishlab chiqilgan;
indiyli eritma tarkibidan zararli qo‘shimcha metallar temirni tozalashnining kompleks selektiv cho‘ktirish usullari va jarayonlarning optimal omillari aniqlangan;
tozalangan sof indiy metallini ajratib olishning 8 ta jarayondan iborat va 85 % ajralish darajasiga ega takomillashtirilgan texnologik sxemasi va dastgohlari zanjir sxemasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rux tarkibli eritmalardan sof indiy metallini ajratib olish usulini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
takomillashtirilgan yangi texnologiyani qo‘llagan holda chiqindi eritmalardan tozalangan sof indiy metallini ajratib olish texnologiyasi “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJda rux ishlab chiqarish zavodida joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2022 yil 7 dekabrdagi 12-22/01-0403-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindi eritmalardan indiy ajralish darajasini 85% oshirish imkonini bergan;
indiy metallini ekstraksiyalash texnologiyasi, indiyni selektiv cho‘ktirish usuli va indiy eritmasidan zararli qo‘shimchalarni kompleks tozalash va cho‘ktirish usuli texnologiyasi “Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati” AJda rux ishlab chiqarish zavodida joriy etilgan (“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJning 2022 yil 7 dekabrdagi 12-22/01-0403-son ma’lumotnomasi). Natijada, indiy metallini eritmalardan 85% li ajralish darajasi bilan yuqori tozalikdagi 99,9 % li sof indiy metallini ajratib olish imkonini bergan.