Abdusamatov Kamol Begalievichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Sanoat chiqindilari asosida olovbardosh va issiqlik izolyasiyalovchi devorbop materiallarni olish usullarini  takomillashtirish”, 05.10.02 –“Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” va 05.09.05 –“Qurilish materiallari va buyumlari”, dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.RhD/T2972.
Ilmiy rahbar: Azizbek Abdulazizovich Baxodirov, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan tashkilot nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi PhD 40/30.12.2020.T.129.01.
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, dotsent Xatamov Asadulla Toshtemirovich; texnika fanlari falsafa doktori (PhD) Karimov Muzaffar Shavkatovich. 
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi nam xrizotil asbestotsement va mikrokremnezem sanoat chiqindilari asosida olingan olovbardosh va issiqlik izolyasiyalovchi devorbop materiallar uchun samarador tarkiblarni tanlash va ishlab chiqish.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiliklari:
maxalliy xomashyo sifatida ishlatilgan Jizzax sement zavodining SEM II/A-I32,5 (PS400 D20) markadagi sementini gazobeton tayyorlanishida qo‘llanilganligi tufayli ohak komponentini gazobeton tarkibidan chiqarish va asbestotsement chiqindisini qo‘shish yo‘li bilan samarador tarkiblar ishlab chiqilgan;
mayda to‘ldiruvchi qumning o‘rniga ishlatilgan nam xrizotil asbestotsement chiqindisini  miqdori massaga nibatan 9,0-11,0% shuningdek, mikrokremnezyomni 5,0-10,0% gazobeton tarkibiga qo‘shish natijasida gazobetondi  issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisientini belgilangan me’yorga nisbatan 34,0-37,0% ortishi aniqlangan;
maxalliy mayda to‘ldiruvchi, nam xrizotil asbestotsement, mikrokremnezyom, alyuminiy kukuni PAP-1, kaustik soda, texnik soda hamda natriy sul`fatlardan foydalanib olingan optimal tarkibli gazobetonning muzlashga chidamliligi F30 siklgacha, siqilishga bo‘lgan mustahkamligi (1,8-1,9 MPa) yaxshilanganligi isbotlangan; 
nam asbestotsement chiqindisi 60-80% va mikrokremnezyomni 10-20% qo‘shib tayyorlangan tajriba-sinov g‘ishtning vaznini qurilish g‘ishtiga nisbatan engillik holati 2,0-2,5 baravargacha, issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffisienti 2,4-3,5 marotaba, olovga bardoshlilik xususiyatlari 1000 oSgacha oshirilganligi, olovbardosh va issiqlik izolyasiyalovchi devorbop qurilish materiallarini olish  usuli takomillashtirilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat chiqindilari asosida olovbardosh va issiqlik izolyasiyalovchi devorbop materiallarni olish usullarini  takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar  asosida:
to‘ldiruvchi sifatida ishlatiladigan qum o‘rniga nam xrizotil asbestotsement va mikrokremnezem chiqindilarini turli miqdorlarda qo‘shib tayyorlangan engil qurilish g‘ishti va gazobeton ishlab chiqarishni “OYBEK SUPER TRANS” MChJ va “MAGIC BRICKS IIS” MChJ xususiy korxonalariga 2022 yilning 25 aplel` kunidan bosqichma bosqich sanoat miqyosida  joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2022 yil 05 iyuldagi 04/15-1671-sonli ma’lumotnomasi, Qurilish Vazirligi ma’lumotnomasi 2022 yil 24 oktyabrdagi 09-06/12015-sonli ma’lumotnomasi). Natijada engil qurilish g‘ishti va gazobetonni MChJda elektr energiya sarfi bir yilda 1,07 barobarga tejashga va yillik jami 926,2 mln. so‘mlik iqtisodiy samaradorlikka erishish mumkinligi, engil qurilish g‘ishti va gazobetonning optimal tarkibining 1100 0S  haroratga bardoshli ekanligi aniqlangan. Sanoat chiqindilaridan foydalanish qurilish materiallarini ishlab chiqarish xarajatlarini tabiiy xom ashyodan ishlab chiqarishga nisbatan 10-30% ga kamaytirish imkonini berishi, kapital qo‘yilmalarni tejashi esa 35-50% ni tashkil etishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish