Normamatova Maxsuda Nurmamatovnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Virtualistikada postnoklassik epistemologiya g‘oyalari», 09.00.01–Ontologiya,gnossiologiya va logika (falsafa fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Fal14

Ilmiy rahbar: Qo‘shoqov Shuxrat Solievich, falsafa fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti. DSc.27.06.2017.F.02.02.

Rasmiy opponentlar: Shermuxammedova Nigina Arslanovna, falsafa fanlari doktori, professor; Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: virtualistikada postnoklassik epistemologik g‘oyalarning mohiyati, ontologik va gnoseologik jihatlarini falsafiy refleksiya vositasida o‘rganish.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

yoshlarning milliy o‘zligini anglashi, ularga vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini singdirish, tarixiy xotirasini uyg‘otishda virtual axborot vositalardan foydalanishga oid tavsiyalar hamda virtual obraz, virtual model`, konstant reallik singari virtualistik tushunchalarning mazmunini ochuvchi definitiv (ta’riflovchi) qoidalar ishlab chiqilgan;

yoshlarning ma’naviy olamini boyitishda, ularga, milliy g‘oya va mafkura asoslarini, vatanparvarlik tuyg‘ularini singdirishda virtualistik texno-logiyadan foydalanishning samarador internet, telemuloqot, interfaol dars singari usullari va ularni amalga oshirishga oid metodologik tavsiyalar ishlab chiqilgan;

virtual kutubxonalardan foydalanishning samaradorligini oshiruvchi adekvatlik, obrazlilik, emotsionallik singari virtualistik usullar (kitoblar virtual javonda saqlanishi, qidiruv sistemasining mavjudligi, virtual katalogning qulayligi) takomillashtirilgan;

epistemologiya ustida falsafiy refleksiya (tanqidiy yondashuv, qayta ko‘rib chiqish, aksiologik baho berish, an’anaviylik va yangilanishda g‘oyaviy vorislik mexanizmini tahlil qilish) amalga oshirilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Virtualistikada postnoklassik epistemologiya g‘oyalarini tadqiq qilish asosida:

yoshlarning milliy o‘zligini anglashida, ularga vatanparvarlik va insonparvarlik tuyg‘ularini singdirishda, tarixiy xotirasini uyg‘otishda virtual axborot vositalardan foydalanish borasida olib borilayotgan bir qancha amaliy ishlar “Yoshlar ittifoqi” faoliyati doirasida tadqiqotning amaliy natijalaridan erkin tafakkur tarzini shakllantirishga bag‘ishlangan tadbirlarda foydalanildi (O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi 02-10/56-son dalolatnomasi). Bu barkamol avlodni tarbiyalash borasida ishlarning rejasiga kiritilgan bo‘lib, u mustaqil tafakkur yuritish jarayonida yoshlarimizga virtual olamdan foydalanishda tanqidiy yondashuv malakalari hamda shaxsiy fikrini ifodalashida ilmiy nazariy asos bo‘lib xizmat qilgan;

ushbu tadqiqot xulosalaridan virtual kutubxonalardan foydalanishning samaradorligini oshiruvchi adekvatlik, obrazlilik, emotsionallik singari virtualistik usullardan takomillashtirilgan virtual kutubxonalarning ilmiy va epistemologik asoslarini, virtual kutubxona afzalliklarini ko‘rsatishda foydalanilgan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2016 yil 15 noyabrdagi 33-8/6232-son va Samarqad viloyat axborot-kutubxona markazining 2016 yil 15 maydagi 01-09/48-son ma’lumotnomalari). Mazkur takliflarning markaz ish rejasiga kiritilishi kitoblarni virtual javonlarda saqlash, internetga kutubxonadagi kitoblarni joylashtirishda, kitobxonga bir muncha engilliklar keltirishda samarali natija bergan;

virtual muzey tashkil etishda virtualistika hodisasida foydalanish imkoniyatlari asosida xorijiy fuqarolarining mamlakatimiz tarixi va hozirgi kuni to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lishida virtual muzey faoliyatini kengaytirish, ushbu muzeylar orqali turizmni takomillashtirish asosida Mirzo Ulug‘bek muzeyi majmuasi hamda Afrosiyob muzeyida virtual muzeylarni takomillashtishda mazkur dissertatsiyaning ishlanmalaridan ilmiy va nazariy darajada foydalanilgan va amaliyotga tadbiq etilgan (Madaniyat va sport ishlari vazirligining 2016 yil 25 maydagi 1067-03-son ma’lumotnomasi). Mazkur tadqiqot natijalariga oid taklif va tavsiyalar 2016–2019 yillarga mo‘ljallangan madaniy-ma’rifiy, ilmiy-adabiy va targ‘ibot ishlarining ish dasturlariga kiritilganligi virtualistika to‘g‘risida ilk qarashlar va rivojlanish bosqichlarining yoshlar ma’naviy dunyoqarashining kengayishiga, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish