Nurov Siroj Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aerotenk-tindirgich tizimida oqava suvdagi faol loyqaning sathi va konsentratsiyasini nazorat qiluvchi optik asbob», 05.03.01 ‒ «Asboblar. O‘lchash va nazorat usullari (texnika fanlari)».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/T1613
Ilmiy rahbar: Maxmudov Maxsud Idrisovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: 
Gulyamov Shuxrat Manapovich, texnika fanlari doktori, professor; Kadirov Omon Xamidovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muxandislari instituti» Milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oqava suvlardagi faol loyqaning sathi va konsentratsiyasini nazorat qiluvchi o‘lchov asbobini tadqiq qilish va yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
optik nurlanishning faol loyqa mikroorganizmlari bilan o‘zaro ta’siri grafik modeli asosida hira muhitda yorug‘likning yutilishi, sochilishi va aks etishining optik parametrlarini hisobga olgan holda faol loyqa sathi va konsentratsiyasini aniqlovchi birlamchi o‘lchash o‘zgartgichining matematik modeli ishlab chiqilgan;
bir vaqtning o‘zida yuqori aniqlikda faol loyqaning sathi va konsentratsiyasini o‘lchash qobiliyatigi ega, o‘tuvchi yorug‘likning optik yo‘li uzunligini rostlash orqali o‘lchash diapazonini kengaytirish imkonini beruvchi optik o‘lchash asbobi ishlab chiqilgan;
yorug‘lik nurlanishining faol loyqa mikroorganizmlari bilan o‘zaro ta’siri ostida kechuvchi optik hodisalarni hisobga olgan holda o‘tuvchi yorug‘lik oqimining quvvatini fotodiodlar fototokiga o‘zgartirishni aniqlash imkonini beruvchi regression tahlillar asosida emperik tenglama olingan;
eksperimental fotometrik tahlillar asosida ishlab chiqilgan o‘lchash asbobining yuqori o‘lchov aniqligini va sezgirligini ta’minolovchi optimal texnik-konstruktiv parametrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oqava suvlarni tozalash inshootlarida faol loyqa sathi va konsentratsiyasini o‘lchov va nazorat qilish asbobini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalari asosida:
bir vaqtning o‘zida faol loyqaning sathi va konsentratsiyasini o‘lchash imkonini beruvchi optik o‘lchov asbobi uchun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiroga patent olingan (№ IAP 06977). Natijada, faol loyqa sathi va konsentratsiyasini nazorat qiluvchi asbobning narxi amaldagi qurilmalardan 3 barovar arzon bo‘lishiga erishilgan;
ishlab chiqilgan faol loyqa sathi va konsentratsisiyasini nazorat qiluvchi optik asbob «Buxoro suv ta’minoti» MChJ oqava suvlarni tozalash inshootining o‘lchash nazorat jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy Kommunal Xizmat Ko‘rsatish Vazirligining 2022-yil 28 oktyabrdagi №02/02-5381-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘lchanayotgan parametrlar qiymati xaqida ma’lumotga ega bo‘lish 8 soatga qisqargan va joriy vaqt davomida ma’lumotga ega bo‘lgan xolda oqava suvlarni tozalash jarayonini optimal boshqarish imkoniyatiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish