Bo‘riyev Jamshid Parda o‘g‘li
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tijorat banklarining fond bozoridagi faolligini oshirish”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1358.
Ilmiy rahbar: Elmirzayev Samariddin Eshquvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Omonov Akrom Abdinazarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Kulliyev Istam Yangimuratovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent Davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi fond bozorida tijorat banklari faolligini oshirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklari resurs bazasini diversifikatsiyalash hamda aksiyalarni ochiq joylashtirishga tayyorlash maqsadida qo‘shimcha korporativ obligatsiyalar emissiya qilish va milliy fond bozorida ochiq joylashtirish amaliyotini joriy qilish taklif etilgan;
tijorat banklari tomonidan qo‘shimcha chiqariladigan oddiy aksiyalarga konvertatsiya qilish imkoniyatini berish orqali kredit liniyalari jalb qilish imkoniyatini asoslangan;
tijorat banklariga taqdim etilgan kredit liniyasi bo‘yicha qarzdorlikning jami summasi yoki bir qismini bankning qo‘shimcha chiqarilgan oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilish bo‘yicha opsion bitimi tuzish taklif etilgan;
fond bozorida banklar resurs bazasini mustahkamlashda qimmatli qog‘ozlarga dividend to‘lagandan so‘ng qoladigan taqsimlanmagan foydaning 15 foizi miqdorida har yili qo‘shimcha aksiyalar chiqarish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarining fond bozoridagi faolligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklari resurs bazasini diversifikatsiyalash hamda aksiyalarni ochiq joylashtirishga tayyorlash maqsadida qo‘shimcha korporativ obligatsiyalar emissiya qilish va milliy fond bozorida ochiq joylashtirish amaliyotini joriy qilish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yilga mo‘ljallangan investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 11 yanvardagi 17-06/190-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning korporativ obligatsiyalari «Toshkent» respublika fond birjasida ochiq joylashtirilishi hisobiga bank kapitali tarkibining diversifikatsiyalanishiga erishilgan, shuningdek, istiqbolda bank aksiyalarini ochiq joylashtirishga tayyorgarlikning muhim bosqichidan o‘tilgan;
tijorat banklari tomonidan qo‘shimcha chiqariladigan oddiy aksiyalarga konvertatsiya qilish imkoniyatini berish orqali kredit liniyalari jalb qilish bo‘yicha taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yilga mo‘ljallangan investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 11 yanvardagi 17-06/190-1-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bank 2021 yilda xalqaro moliya tashkilotlaridan 75,0 million AQSh dolari miqdorida kredit liniyasi jalb qilishga erishilgan;
tijorat banklariga taqdim etilgan kredit liniyasi bo‘yicha qarzdorlikning jami summasi yoki bir qismini bankning qo‘shimcha chiqarilgan oddiy aksiyalariga konvertatsiya qilish bo‘yicha opsion bitimi tuzish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yilga mo‘ljallangan investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 11 yanvardagi 17-06/190-1-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining bankni boshqarish bo‘yicha vakolatlari aniq ko‘rsatilgan aksiyadorlik bitimi tuzilgan;
fond bozorida banklar resurs bazasini mustahkamlashda qimmatli qog‘ozlarga dividend to‘lagandan so‘ng qoladigan taqsimlanmagan foydaning 15 foizi miqdorida har yili qo‘shimcha aksiyalar chiqarish taklifi «O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yilga mo‘ljallangan investisiya siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan («O‘zsanoatqurilishbank» aksiyadorlik tijorat bankining 2022 yil 11 yanvardagi 17-06/190-1-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida, bankning fond bozoridagi faolligi oshgan, 300 mln dollar xorijiy investisiya jalb qilishga erishgan hamda ustav kapitali oxirgi uch yilda 45 foizga oshgan va umumiy kapitali 2021 yilda 7 701 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish