Azimova Ziyoda Ergashevnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tarbiyaviy ishlar tizimini integral diagnostik asosda takomillashtirish (oliy ta’lim muassasalari misolida)», 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam. B2017.3.DSc/Ped41.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, DSc.28.12.2017.Ped.58.01.

Rasmiy opponentlar: Taylakov Norbek Isakulovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Rahimov Baxtiyor Xudayberdievich, pedagogika fanlari doktori; Utebaev Tajibay Tileumuratovich pedagogika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Samarkand davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar tizimini integral diagnostik asosda takomillashtirish bo‘yicha uslubiy, amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

talabalarda ma’naviy-axloqiy munosabatlarning dinamik xususiyatlari  integral diagnostikaga asoslangan tarbiyaviy ishlar tizimini baholash  mezonlari va xaritasi, muloqot maydoni, shaxslararo masofa shkalasi va indeksi orqali takomillashtirilgan;

talabalar jamoasidagi ma’naviy muhit darajasini belgilovchi integral pedagogik ko‘rsatkichlar tarkibi shaxslararo muloqotda emotsional masofaning integral koeffisienti ta’sirini inobatga olib aniqlashtirilgan;

xalqaro tajribalardagi oliy ta’limda integrallashgan pedagogik imkoniyatlar va tarbiyaviy tizimning konseptual yo‘nalishlarini komparativ tahlili asosida talabalar ma’naviy-axloqiy munosabatlarini rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;

talabalarda ma’naviy-axloqiy munosabatlarning namoyon bo‘lish darajalarini aniqlash orqali  “ma’naviy begonalashuv” tahdidi va ta’sirini tahlil qilish imkonini beruvchi sotsiometrik shkalalar va integral diagnostik parametrlari  ishlab chiqilgan;

oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy-axloqiy munosabatlarini integral diagnostika vositasida rivojlantirish modeli sub’ektlar faoliyatiga oid funksiyalar mazmunini aniqlashtirish asosida takomillashtirilan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlar tizimini integral diagnostik asosda takomillashtirish bo‘yicha tadqiqtlar asosida:

Oliy ta’lim muassasalari talabalarida ma’naviy-axloqiy munosabatlarining xususiyatlari,  integral diagnostikaga asoslangan tarbiyaviy ishlar tizimini baholash mezonlari va xaritasi, muloqot maydoni, shaxslararo masofa shkalasi va indeksiga oid takliflari «O‘zstandart» agentligi tomonidan 2015 yil 15 fevral` 2-540-son Qaror bilan tasdiqlangan bakalavriatura mutaxassisliklari Davlat ta’lim standartining mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 22 fevraldagi 89-03-822-son ma’lumotnomasi). Mazkur integral diagnostika uslublaridan oliy ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarda mavjud muammolar sabablarini o‘rganish, tarbiya sub’ektlari funksional ta’minotini takomillashtirish uchun uslubiy qo‘llanmalar yaratishga xizmat qilgan;

talabalar jamoasidagi ma’naviy muhit darajasini belgilovchi integral pedagogik ko‘rsatkichlar, shaxslararo muloqotda emotsional masofaning integral koeffisienti ta’siriga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda oliy ta’lim tizimida tarbiyaviy ishlarga integrativ yondashuvni qo‘llash bo‘yicha tayyorlangan ko‘rsatmalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 22 fevraldagi 89-03-822-son ma’lumotnomasi). Mazkur ko‘rsatmalar  oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, “talaba-talaba”, ”talaba-guruh”, “talaba-pedagogik jamoa”, “pedagog-pedagog” ma’naviy-axloqiy munosabatlarini yaxshilash imkonini bergan;

xorijiy mamlakatlarning oliy ta’limda integrallashgan pedagogik imkoniyatlar va tarbiyaviy tizimning konseptual yo‘nalishlarini komparativ tahlili, talabalar ma’naviy-axloqiy munosabatlarini rivojlantirish mexanizmiga oid takliflaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 26 aprel` PQ-2909 qarori ijrosini ta’minlashga qaratilgan oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha chora-tadbirlar dasturlarini tayyorlash va ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 22 fevraldagi 89-03-822-son ma’lumotnomasi). Mazkur chora-tadbirlar dasturlari bakalavrlarga qo‘yiladigan odob-axloq qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirilgan tarbiyaviy ishlar reja, dasturlar va o‘quv-uslubiy majmualarini yaratishga xizmat qilgan;

talabalarda ma’naviy-axloqiy munosabatlarning namoyon bo‘lish darajalarini aniqlashdagi sotsiometrik shkalalar va integral diagnostik parametrlari,  “ma’naviy begonalashuv” tahdidi va ta’sirining mohiyatiga oid takliflari asosida Andijon viloyat hokimligining 2017 yil 4 iyundagi “Andijon viloyatida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishning kompleks chora-tadbirlari”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 27 mart 01/07-419-18-son ma’lumotnomasi). Ushbu kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirilishi ma’naviy-axloqiy munosabatlarning ijtimoiy-pedagogik monitoringini amalga oshirish, talaba yoshlarda o‘zaro mehr-oqibat, e’tiborlilik, daxldorlik, g‘oyaviy birlik kabi fazilatlar klasterini shakllantirishga xizmat qilgan.

oliy ta’lim muassasalari talabalarining ma’naviy-axloqiy munosabatlarini integral diagnostika vositasida rivojlantirish modeli hamda unda sub’ektlar faoliyati funksiyalariga oid takliflaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi ilmiy-tadqiqot ishlari doirasidagi ITD-2012-43 “Milliy g‘oya vositasida aholini turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilishning innovatsion metod va vositalari”, nomli OT-F-1-17-raqamli fundamental “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” nomli fundamental loyihalarini amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 27 mart 01/07-419-18-son ma’lumotnomasi). Ushbu loyihalar “xududlarning ma’naviy-ma’rifiy xaritasi”ni ishlab chiqishga, shuningdek  ijtimoiy ma’naviy-axloqiy malakalarni targ‘ib qilishga   xizmat qilishi nazarda tutilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish