Xikmatullaeva Aziza Saydullaevnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «HBV, HDV etiologiyali jigar sirrozi (klinika, tashxisot va iqtisodiy yukni inobatga olgan holdagi prognozi)», 14.00.10–Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/Tib157.

Ilmiy maslahatchi: Asilova Muxayyo Ubaevna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.

Rasmiy opponentlar: Kamilov Farxod Xaydarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Axmedova Mubaraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kasimov Ilxamdjan Asamovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali virusli B va D gepatitlarning JSga o‘tishida zo‘rayish omillari va prognostik qonuniyatlar ahamiyatini aniqlash, JSning klinik-diagnostik hamda profilaktik jihatlarini o‘rganish va haqiqiy tarqalishini va iqtisodiy yukini hisobga olgan holda aniqlashdan iboratdir.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

D genotipning yuqori tarqalish chastotasi va HBV infeksiyaning zo‘rayishida D genotipining ahamiyatliligi isbotlangan;

ilk bor virusli jigar sirrozini bashoratlashda WFA+-M2BP markyori  yuqori darajasining ahamiyati asoslangan;

HBV virusli yuklamasining va inson genetik omillarining bashoratlovchi marker sifatida surunkali gepatit  D zo‘rayishiga va JS shakllanishiga ta’siri aniqlangan;

ilk bor surunkali D gepatit zo‘rayishi va jigar sirrozi shakllanishida interleykin 28V bashoratlash markyori sifatida aniqlangan;

surunkali V va D gepatitlarini jigar sirrozi bilan taqqoslash asosida davolashning iqtisodiy xarajatlarini hisobga olgan holda bevosita ta’sir qiluvchi virusga qarshi dori vositalari-nukleotidlar va nukleozidlarning analoglari bilan erta davolash asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Surunkali virusli B va D gepatitlar zo‘rayishi omillari, JSga o‘tishining tashxisi, prognozi va klinik jihatlari qonuniyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:

«IL28B gen polimorfizmi yordamida jigar sirrozini prognoz qilish usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 12 yanvardagi 8n-d/94-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma surunkali virusli B va D gepatitlarda IL28B gen polimorfizmi  yordamida jigar sirrozini prognoz qilish imkonini bergan;

«Virus etiologiyali jigar sirrozi (klinikasi, tashxislash va davolash)» mavzusidagi uslubiy qo‘llanma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining  2017 yil 12 yanvardagi 8n-d/94-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma  virus etiologiyali jigar sirrozini erta tashxislash va samarali davolash imkonini bergan;

«Surunkali gepatitlar va virus etiologiyali jigar sirrozlarini aniqlash uchun dastur» tasdiqlangan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti va Chirchiq shahrining Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2017 yil 12 yanvardagi 8n-d/94-son ma’lumotnomasi). Mazkur dastur surunkali virusli V va D gepatitlarni o‘z vaqtida tashxislash va davolash orqali JSning oldini olish hamda erta tashxislash imkonini bergan;

surunkali virusli B va D gepatitlar zo‘rayishi omillari, JSga o‘tishining tashxisi, prognozi va klinik jihatlari qonuniyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasi, Toshkent shahar Respublika surunkali somatik kasalliklar markazi, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Samarkand viloyat yuqumli kasalxonalari amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 3 fevraldagi 8n-p/15-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar asosida jigardagi yallig‘lanish jarayoni darajasini kamaytirishga, jigar fibrozini aniqlashga, JS bashoratlashga, bemorlar hayot sifatini yaxshilashga imkon  yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish