Mirzaev Bekzod Nuraliyevichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Movarounnahrdagi tarixiy jarayonlarda shayboniy hukmdorlarning tutgan o‘rni”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tar476.
Ilmiy rahbar: Agzamova Gulchehra Azizovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Hasanov Akram Mo‘minovich, tarix fanlari doktori, dosent, Zamonov Akbar Turg‘unovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dosent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Movarounnahrdagi tarixiy jarayonlarda shayboniy hukmdorlarning tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XVI asrda o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutgan Muhammad Shayboniyxon, Abulg‘ozi Ubaydulloh Bahodirxon, Navro‘z Ahmadxon ibn Sevinchmuhammad (Baroqxon), Abdullohxon ibn Iskandarxon kabi shayboniy hukmdorlarning islohotparvarligi, sarkardaligi, bunyodkorligi, ma’rifatparvarligi va shoirlik fazilatlariga oid qadriyatlar, mafkura va siyosatga ta’sir ko‘rsatadigan islom tasaffufining ta’siri keng tarqalganligi aniqlangan;
shayboniy hukmdorlar davrida mamlakatda tinchlik va tartib o‘rnatish, ko‘p yillik o‘zaro urushlar natijasida izdan chiqqan hayotni tiklash, xalq xo‘jaligi, fan va madaniyatni rivojlantirish, mintaqaning avvalgi mavqeini tiklashda muhim tadbirlar amalga oshirilganligi dalillangan;
Shayboniy hukmdorlar davrida Movarounnahrning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida yuz bergan ilm-fan va madaniyat, shaharsozlik hamda me’morchilik ravnaqi, shuningdek, she`riyat sohasidagi o‘zgarishlar Usmoniylar davlati, Hindiston Boburiylari, Sharqiy Turkiston xonliklari, Rossiya bilan samarali savdo-iqtisodiy aloqalari tufayli davlatning siyosiy ahvoli mustahkamlanishiga xizmat qilganligi dalillangan;
Shayboniy hukmdorlar davlat boshqaruvida naqib, ko‘kaldosh, otaliq, munshiy, parvonachi, shig‘ovullarning bir paytni o‘zida harbiy va davlat ishlarida mutasaddi bo‘lganligi, temuriylar davridagiga nisbatan vakolatlari kengayib borganligi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Movarounnahrdagi tarixiy jarayonlarda shayboniy hukmdorlarning tutgan o‘rnini o‘rganish mavzusiga doir olingan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
Shayboniy hukmdorlar hayoti va faoliyatini yorituvchi birlamchi manbalar, shu jumladan, O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan 5369, 8931 va 2731-raqamli qo‘lyozmalar asosida shayboniy hukmdorlar davrida mamlakatda tinchlik va tartib o‘rnatish, ko‘p yillik o‘zaro urushlar natijasida izdan chiqqan hayotni tiklash, xalq xo‘jaligi, fan va madaniyatni rivojlantirish, mintaqaning avvalgi mavqeini tiklashda muhim tadbirlar amalga oshirilganligi haqida olingan ma’lumotlar doirasida olingan natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O`zbekiston tarixi” telekanalida 2020 yil 20 oktyabrda efirga uzatilgan “Tarixiy savol” ko‘rsatuvining ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali” davlat muassasasining 2020 yil 26-oktyabrdagi 02-40-1000-son ma’lumotnomasi). Buxoro xonligi boshqaruvi tarixi ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi “Jizzax MTRK” telekanalida 2020 yil 14-fevralda efirga uzatilgan “Bobur va Muhammad Shayboniyxon munosabatlari” ko‘rsatuvining ssenariysini tayyorlashda, xususan, Muhammad Shayboniyxon, Ubaydullohxon Birinchi, Navro‘z Ahmadxon (Baroqxon) va Abdullaxon Ikkinchilarning o‘zbek davlatchilik tarixida tutgan o‘rnini yozma manbalar asosida ko‘rsatib berishda foydalanilgan (Jizzax viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 16 oktyabrdagi 01-01/401-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek davlatchilik tarixini o‘rganishda hal qiluvchi rol o‘ynashga xizmat qilgan va Shayboniy hukmdorlar shaxsi bo‘yicha aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan;
XVI asrda o‘zbek davlatchiligi tarixida muhim o‘rin tutgan Muhammad Shayboniyxon, Abulg‘ozi Ubaydulloh Bahodirxon, Navro‘z Ahmadxon ibn Sevinchmuhammad (Baroqxon), Abdullohxon ibn Iskandarxon kabi shayboniy hukmdorlarning islohotparvarligi, sarkardaligi, bunyodkorligi, ma’rifatparvarligi va shoirlik fazilatlariga oid qadriyatlar, mafkura va siyosatga ta’sir ko‘rsatadigan islom tasaffufining ta’siri keng tarqalganligiga oid ma’lumotlar ilmiy-amaliy tavsiyalar va nazariy manbalar (ilmiy maqola, tezislar, risola hamda mavzuga doir kitoblar) ni doimiy saqlash uchun № 106 dalolatnoma asosida Jizzax viloyat tarixi va madaniyati davlat muzeyiga topshirilgan va ular muzey ekspozisiyalarida o‘z aksini topib, gid sharhlovchilari, ekskursiya yetakchilari va shu yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatayotgan professional hamda oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlar yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 10-noyabrdagi 01-12-10-5007-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyuruvchilar shayboniy hukmdorlarning bugungi kun uchun ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lgan.