Xasanova Nigora Asqarovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish», 08.00.03-Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt1568.
Ilmiy rahbar: Teshabaev To‘lqin Zakirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.03.05.
Rasmiy opponentlar: Samatov Gaffor Allakulovich, iqtisod fanlari doktori, professor; Uralov Akbarali Babanazarovich, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
avtosanoat korxonalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish xarajatlarining chegaraviy qiymatlarini (65-67 foiz) innovatsion mahsulot tannarxiga nisbatan qo‘llash me’yorlarini kiritish asoslangan;
axborot-kommunikatsiya xizmatlari, ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar, innovatsiyalar uchun xarajatlar hamda bajarilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar hajmlari ko‘rsatkichlarni bog‘liqligi asosida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmining 2026-yilgacha prognozi ishlab chiqilgan;
axborot texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarni korxonada innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlariga ta’siri asosida sof foydaning 2024-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
axborot kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari xajmi bilan ishlab chiqariladigan innovatsion sanoat mahsulotlari hajmi o‘rtasida bog‘liqlik darajasini belgilash orqali ularni 2026 yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari shakllantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni axborot texnologiyalari asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
avtosanoat korxonalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish xarajatlarining chegaraviy qiymatlarini (65-67 foiz) innovatsion mahsulot tannarxiga nisbatan qo‘llash me’yorlarini kiritish taklifi “UzAuto Motors Powertrain” AJ tomonidan maxsulot ishlab chiqarish tannarxini me’yor shuningdek, “Biznes reja” ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“UzAuto Motors Powertrain” AJ 2022-yil 1-dekabrdagi 01-01-1673-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada innovatsion maxsulotlar ishlab chiqarish uchun amalga oshirilgan maqsadli xarajatlar bilan korxona faoliyatining natijaviy ko‘rsatkichlari o‘rtasida bog‘liklik ta’minlash asosida sof foyda miqdorini oshirish imkoniyati yaratilgan;
axborot-kommunikatsiya xizmatlari, ishlab chiqarilgan innovatsion mahsulotlar, innovatsiyalar uchun xarajatlar hamda bajarilgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalar hajmlari ko‘rsatkichlarni bog‘liqligi asosida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmining 2026-yilgacha prognozi taklifi “UzAuto Motors Powertrain” AJ tomonidan korxonani uzoq muddatli rivojlanish strategik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (“UzAuto Motors Powertrain” AJ 2022-yil 1-dekabrdagi 01-01-1673-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion mahsulotlar ishlab chikarishni maqsadli ko‘rsatkichlarini oldindan shakllantirish va rejalashtirish imkoniyati yaratilgan;
axborot texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarni korxonada innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlariga ta’siri asosida sof foydaning 2024-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari taklifi “UzAuto Motors Powertrain” AJ tomonidan korxonani uzoq muddatli rivojlanish strategik ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (“UzAuto Motors Powertrain” AJ 2022-yil 1-dekabrdagi 01-01-1673-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini oshirish orqali sof foyda miqdorini 303.10 mlrd.so‘mga yetkazilishiga erishilgan;
axborot kommunikatsiya texnologiyalari xizmatlari xajmi bilan ishlab chiqariladigan innovatsion sanoat mahsulotlari hajmi o‘rtasida bog‘liqlik darajasini belgilash orqali ularni 2026 -ilgacha prognoz ko‘rsatkichlari taklifi “UzAuto Motors Powertrain” AJ tomonidan korxonani uzoq muddatli rivojlanish strategik ko‘rsatkichlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (“UzAuto Motors Powertrain” AJ 2022-yil 1-dekabrdagi 01-01-1673-son ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion maxsulotlar ishlab chikarish xajmlarini yiliga o‘rtacha 5,3 foizga ustirish imkonini bergan va innovatsion maxsulotlar ishlab chikarish xajmini 5,207 mlrd.so‘mga yetkazish imkoniyati yaratilgan.